American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024
QORA ZIRANING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI
Ne’matova Gulafruz Nasrulloyevna
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada biz qora ziraning dorivorlik xususiyatlari, xalq tabobatidagi o‘rni haqida ma’lumotga ega bo‘lishimiz mumkin. Shuningdek, bu maqola orqali sintetik kimyoviy dorilardan farqli ravishda inson organizmiga tabiiy foydali ta’sir ko‘rsatadigan qora ziraning turli qismlaridan foydalanish, hamda, damlamalar va qaynatmalar tayyorlashni bilib olishimiz mumkin. Kalit so‘zlar. Allergiya, toksikomaniya, Carum carvi, Umbrelliferae, efir moyi, mushaklar spazmi, diurez. MEDICINAL PROPERTIES OF BLACK CUMIN Annotation. In this article, we can learn about the medicinal properties of black cumin and its role in folk medicine. Also, through this article, we can learn about the use of different parts of black cumin, which have a natural beneficial effect on the human body, as well as the preparation of infusions and decoctions, unlike synthetic chemical drugs. Keywords: Allergy, toxicomania, Carum carvi, Umbrelliferae, essential oil, muscle spasm, diuresis. KIRISH. So‘nggi yillarda dorivor giyohlarga bo‘lgan talabning keskin oshishi natijasida butun dunyoda sintetik kimyoviy dorilardan voz kechib, tabiiy giyohlarga o‘tish jarayoni ro‘y beryapti. Chunki, sintetik yo‘l bilan sanoat asosida olinadigan dorilar har doim ham kasalga tom ma'noda davo boʻlolmaydi. Ular ayrim kasalliklarni davolagani holda, ko'pgina yangi kasalliklarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Jumladan, allergiya, narkomaniya, toksikomaniya va boshqalar shular qatoriga kiradi. Xalq tabobati tarixi juda uzoq-uzoq zamonlarga borib taqaladi. Inson tabiat ne'matlaridan bahramand boʻla boshlaganidan buyon dorivor giyohlardan foydalangan. O‘zbekiston tabiati oʻzining betakror goʻzalliklari, quyoshi, havosi,tuprog'i va suvi bilan alohida ajralib turadi. Shuning uchun ham uning o'simliklar dunyosi g'oyat boy. Qora zira (Carum carvi) soyabondoshlar Umbrelliferae oilasiga kiruvchi ikki yillik o‘t o‘simlik. Bo‘yi 30-80 sm ga yetadi. Birinchi yili ildizidan ildizoldi barglar, ikkinchi yili esa ildizoldi barglar hamda poya o‘sib chiqadi. Poyasi tik o‘suvchi, 84 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 silindrsimon, ko‘p qirrali, yuqori qismi shoxlangan. Ildizoldi bargi uzun bandli, poyadagilari esa qisqa bandi bilan ketma-ket joylashgan. Bargi 2 va 3 marta chiziqsimon barg bo‘laklariga ajralgan. Gullari mayda bo‘lib, murakkab soyabonga to‘plangan. Kosachabarglari aniq bilinmaydigan, tojbargi oq yoki pushti rangda, otaligi 5 ta, onalik tuguni 2 xonali, pastda joylashgan. Mevasi-cho‘ziq qo‘shaloq pista. Iyun-iyul oylarida gullaydi, mevasi iyul-avgustda pishadi. Qora zira yovvoyi holda Yevropa, Shimoliy Afrika, Osiyoda uchraydi. U Kichik Osiyoda eramizga qadar bo‘lgan ko‘hna zamonlardayoq madaniylashtirilgan. O‘simlik XIX asrga kelib Yevropa mamlakatlarida yetishtirila boshlandi. Hozirda qora zira keng tarqalgan o‘simliklardan biri bo‘lib, Angliya, Gollandiya, Daniya, Polsha, Vengriya, Norvegiya kabi Yevropa mamlakatlarida hamda AQShda, shuningdek o‘rmonlarda, o‘rmon chetlarida va o‘tloq yerlarda yovvoyi holda o‘sadi. Asosan Ukraina, Belorus, Rossiyaning Yevropa qismining o‘rmon va o‘rmon cho‘l zonalarida, Sibirning janubida, Kavkaz va O‘rta Osiyoning tog‘li tumanlarida uchraydi. Rossiya, Ukraina, Belorus davlatlarida o‘stiriladi. Carum carvi - oddiy qora zira KIMYOVIY TARKIBI. Meva tarkibida 3-7% efir moyi, 14-22% yog‘, 20-23% oqsil moddalar, flavonoidiar (kversetin va kemferol) hamda oshlovchi moddalar bo‘ladi. Efir moyi maydalangan mevadan suv bug‘i yordamida haydab olinadi. Qora ziraning efir moyi sarg‘ish suyuqlik bo‘lib, zichligi 0,905-0,915; refraksiya soni 1,4840-1,4890. Qora zira tarkibida moddalar iqlim sharoiti va tuproq strukturasiga qarab o‘zgarib turishi mumkin. O‘zbekiston sharoitida yetishtirilgan qora zira Yevropa hududida madaniy ravishda yetishtirilganiga nisbatan kimyoviy tarkibi bo‘yicha farq qiladi. 85 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Qora zira xalq tabobatida atroflicha qo‘llaniladi. Chunonchi, zira urug‘ining qaynatmasi kamqonlikda, me’da og‘riganda, dizenteriya, surunkali jigar kasalliklarida, ona suti kamligida, qabziyatda iste’mol qilish tavsiya etiladi. Abu Ali ibn Sino qora ziraning mevasini yurak bezovtalanishini to‘xtatuvchi, hiqichoq qoldiruvchi, yel va gijja haydovchi, ovqatni hazm qilishga yordam beruvchi, terlatuvchi omil sifatida tavsiya etgan. Xalq tabobati amaliyotida qora zira qaynatmasi bachadon kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi, u ko‘zga quvvat bag‘ishlovchi omil silatida ham ishlatiladi. Qora ziraning balg‘am ko‘chiruvchilik xususiyatidan ham foydalaniladi. QORA ZIRA GULLARI. Tibbiyot amaliyotida zira mevasi odamning me’da-ichak sistemasi faoliyatini yaxshilash, bezlar sekretsiyasining ishini uyg‘unlashtirish uchun tavsiya qilinadi. Qora zira moyi organizmdagi zararli mkroblarga qiron keltiradi. Uning ijobiy tomonlaridan yana biri - ovqat hazm
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada biz qora ziraning dorivorlik xususiyatlari, xalq tabobatidagi o‘rni haqida ma’lumotga ega bo‘lishimiz mumkin.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada biz qora ziraning dorivorlik xususiyatlari, xalq tabobatidagi o‘rni haqida ma’lumotga ega bo‘lishimiz mumkin. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Allergy, toxicomania, Carum carvi, Umbrelliferae, essential oil, Allergiya, diurez., efir moyi, toksikomaniya, mushaklar spazmi
Смежные источники
American Journal of Philological SciencesShakhlo Kurbonova2024
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025