К содержанию
РецензированоUZ2026

SUN’IY INTELLEKT BILAN KOD YOZISH SAN’ATI: MICROSOFT COPILOT VA VS CODE YORDAMIDA DASTURLASHNING YANGI BOSQICHI

Malikova Ozodaxon

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

This article analyzes the impact of Microsoft Copilot and VS Code integration on the programming process. It highlights the possibilities of automating the code writing process, increasing efficiency, and creating convenience for programmers using artificial intelligence. It examines how Microsoft Copilot’s code generation, error prediction, and optimization features are affecting the programming industry. It also discusses what innovative solutions this technology can create for programmers and future development trends. Keywords: artificial intelligence, Microsoft Copilot, VS Code, coding, technology, programmer. 38 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Bugungi kunda Sun’iy intellekt atrofida juda ko‘p shov-shuv, hayajon va ba’zi xavotirlar mavjud. O‘zgarishlar deyarli har kuni sodir bo‘lmoqda, unga ergashish qiyin. Ammo sinab ko‘rganingizdan so‘ng, milliondan ortiq Copilot foydalanuvchilari har kuni nima ko‘rishini, bu texnologiya, ayniqsa OpenAI GPT- 3.5/4 kabi katta tilli modellar (LLM) bilan umidsizlikka tushmasligini tezda tushunasiz. Microsoft Copilot – bu sun’iy intellekt asosida kod yozishni avtomatlashtiruvchi AI yordamchisi bo‘lib, GitHub Copilot’ning yanada rivojlangan varianti hisoblanadi. U VS Code va boshqa Microsoft ekotizimi vositalariga chuqur integratsiya qilinib, dasturchilar va muhandislar uchun kod yozish jarayonini tezlashtiradi. Copilot dasturchilarga kod yozish, optimallashtirish va testlash jarayonlarini samarali amalga oshirishda katta yordam beradi. VS Code bilan Microsoft Copilot integratsiyasi dasturlashni tezlashtirish va soddalashtirishga qaratilgan. Ushbu imkoniyat quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Kod yozishda tavsiyalar beradi – ya’ni funsiya yiko blok yozyotganizda, Copilot avtomatik ravishda kodni davom ettirish yoki takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar beradi. Kodlarni optimallashtiradi – sizning kodingizni tahlil qilib, samaraliroq va optimal yechimlarni tavsiya qiladi. Avtomashtirilgan test kodlarini yaratadi – unit testlar yoki dasturiy xavfsizlik testlarini yozishda yordam beradi. Muhandisllik hisob- kitoblari uchun algoritmni hosil qiladi – masalan, muhandislikda ishlatiladigan matematik modellarni yozishda sun’iy intellekt yordam berishi mumkin. Dasturlashda samaradorlik qanday oshadi? Keling buni Flutter da kichik dasturida ko‘ramiz: Copilot bilan suhbatni boshlash uchun quyidagi klaviatura yorliqlaridan foydalanamiz: 1-rasm. Klaviatura yorliqlari 1. Yozayotganingizda kod takliflarini oling: 39 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Rasmda GitHub Copilot yokida Microsoft Copilot qanday vaziyatlarda yordam berishi mumkinligi haqida ma’lumot berilgan. Keling, har bir punktni kengroq tushuntirib beraman: Kod yozayotganda, Copilot sizning niyatingizni tushunib, avtomatik ravishda funksiyalar, kod bloklari yoki butun algoritmlarni taklif qiladi. 2-rasm. Masalan, siz biror funksiya yozishni boshlaganingizda, Copilot uning davomiga mos keluvchi kodni yaratib beradi: 3-rasm. 2. Bir nechta fayllarda katta o‘zgarishlar qiling: 40 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Agar siz loyiha bo‘ylab katta o‘zgarishlar qilmoqchi bo‘lsangiz, masalan, funksiyalarning nomlarini o‘zgartirish yoki eski kodni yangilash kerak bo‘lsa, Copilot bu jarayonda yordam beradi. 3. Kodingiz haqida savollar bering: Copilot AI chat funksiyasi orqali kodingiz haqida savollar berishingiz va aniq tushuntirishlar olishingiz mumkin. 4-rasm. Copilot’dan so‘rov 4. Kodingizni qayta tuzing va yaxshilang Copilot sizning kodingizni tahlil qilib, uni samaraliroq, aniqroq va toza yozilgan holatga keltirish uchun tavsiyalar beradi. 5. Kod muammolarini va nosozliklarni tuzatish Kod yozishda xatoliklar yoki bug‘lar bo‘lsa, Copilot ularni aniqlab, tuzatish yo‘llarini taklif qiladi. Masalan, noto‘g‘ri ishlayotgan funksiya yoki noto‘g‘ri yozilgan sintaksisni topib, to‘g‘ri variantni ko‘rsatishi mumkin. Microsoft Copilot – bu sun’iy intellekt yordamchisi bo‘lib, kod yozish, optimallashtirish va testlash jarayonlarini avtomatlashtirish orqali dasturchilarning samaradorligini oshiradi. U kod yozishda tavsiyalar beradi, katta loyihalarda o‘zgarishlar kiritishni yengillashtiradi va xatolarni aniqlab, tuzatish yo‘llarini taklif qiladi. Copilot AI chat funksiyasi orqali kodingizni tushunishga yordam beradi, uni qayta tuzish va optimallashtirish uchun tavsiyalar beradi. Shuningdek, yangi loyihalar yaratishda, test kodlarini yozishda va kod hujjatlarini avtomatik shakllantirishda yordam beradi. 41 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 VS Code bilan chuqur integratsiyalashgani tufayli dasturchilar kod yozish jarayonini tezlashtirib, yanada samarali va sifatli ishlashlari mumkin. Natija

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the impact of Microsoft Copilot and VS Code integration on the programming process.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the impact of Microsoft Copilot and VS Code integration on the programming process. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
artificial intelligence, Microsoft Copilot, VS Code, coding, dasturchi., texnologiya, sun’iy intellekt, kod yozish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники