Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языковScientific supervisor: B.M.Nematov, Student: K.A.Abdukhakimova2016
MUHAMMAD HAKIMBIY OTALIQ VA NODIRSHOH O‘RTASIDAGI MUZOKARALAR (MUHAMMAD VAFO KARMINAGIYNING “TUHFAT UL-XONIY” ASARI ASOSIDA)
Dilshodbek Qurbonov · Hakimbiy Otaliq (Tarix instituti kichik ilmiy xodimi)
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
В данной статье анализируются дипломатические отношения между Мухаммадом Хакимбием Оталиком и Надир-шахом на основе произведения «Туҳфат ул-Ҳоний». Этот исторический источник дает представление о переговорах между сторонами, их причинах и последствиях, а также о политической ситуации в Бухарском ханстве того времени. В исследовании приводятся научно обоснованные выводы по этим аспектам. Ключевые слова: Мухаммад Вафо Карминагий, «Туҳфат ул-Ҳоний», Мухаммад Хакимбий Оталик, Надир-шах, Абулфайзхон. Annotation: This article analyzes the diplomatic relations between Muhammad Hakimbiy Otaliq and Nadir Shah based on the work Tuhfat ul-Honiy. This historical source provides insights into the negotiations between the two sides, their causes and consequences, as well as the political situation of the Bukhara Khanate at that time. The study presents scientifically grounded conclusions on these aspects. Keywords: Muhammad Vafo Karminagiy, Tuhfat ul-Honiy, Muhammad Hakimbiy Otaliq, Nadir Shah, Abulfayz Khan. Tarixiy jarayonlarni chuqur o‘rganish va tahlil qilish, muayyan davrning siyosiy, ijtimoiy va madaniy xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. 18-yuzyillikning birinchi yarmida O‘zbek davlatchiligi ijtimoiy-siyosiy hayotida tub burilish davri bo‘ldi. Tarixiy manbalar, ayniqsa, o‘sha davr hodisalari guvohi bo‘lgan asarlar, o‘tmish siyosiy jarayonlarini chuqur anglashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday bebaho manbalardan biri bu Muhammad Vafo Karminagiyning “Tuhfat ul-xoniy” 16 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 asaridir. Mazkur maqolada Muhammad Hakimbiy Otaliq 5 va Nodirshoh o‘rtasidagi diplomatik aloqalar “Tuhfat ul xoniy” asari asosida tahlil qilinadi. Aynan ushbu tarixiy manba orqali ikki tomon o‘rtasidagi muzokaralar, ularning sabab va oqibatlari, shuningdek, Buxoro xonligining o‘sha davrdagi siyosiy ahvoli haqida ilmiy asoslangan xulosalar chiqariladi. Tarix – bu nafaqat o‘tgan voqealar majmuasi, balki kelajakni anglash kalitidir. “Tuhfat ul-Honiy”asari haqida. “Tuhfat ul-xoniy” tarixiy asari, ba'zan “Tarixi Rahimxoniy” deb ham ataladi, mang‘itlar sulolasining dastlabki tarixiy asari hisoblanadi 6 . A.Semenov, A.M.Mirzoev, A.M.Boldirev, N.D.Mikluxo-Maklay, B.Ahmedovlar “Tuhfat ul-xoniy” ikki muallif tomonidan yozilgan deb ko‘rsatadilar7. Oʻzbek tarixshunosligida “Tuhfat ul-xoniy” asari nafaqat muhim manba, balki 18-yuzyillik Buxoro xonligi siyosiy-madaniy jarayonlarini yorituvchi fundamental tadqiqot obyekti hisoblanadi. Ushbu asar mualliflarining bevosita siyosiy voqealarga guvoh boʻlganligi uning tarixiy ishonchliligini oshiradi. Asarning asosiy va katta qismi, ya’ni 1722 – 1769-yillardagi voqealarni Muhammad Vafo Karminagiy qalamiga mansub bo‘lsa, 1769 – 1782-yillardagi hodisalarni yorituvchi qismi Olimbek Niyozqulibek Eshon tomonidan yozilgan 8 . Bu asar Mang‘itlarga bag‘ishlangan tarixiy manbalar orasida eng mashhurlaridan biri bo‘lgan. Hozirda ushbu asarning 29 ta qo‘lyozma nusxasi yirik shaharlarning qo‘lyozma merosi xazinalarida – Sankt-Peterburg, Qozon, Toshkent, Madina, Dushanbe va boshqa joylarda saqlanmoqda9. O‘zbek davlatchiligi tarixining ajralmas qismi hisoblangan Mang‘itlar sulolasi (1756 – 1920) davriga oid manbalar nafaqat son jihatidan, balki turi bo‘yicha ham juda keng qamrovli sanaladi. Ushbu davrning yozma manbalari va ularning mualliflari haqida so‘z yuritilganda, tadqiqotchilar avvalo Muhammad Sharif, Muhammad Yoqub Doniyolbiy, Mirzo Sodiq Munshiy, Humuliy, Mirza Abduazim Somiy kabi tarixchilarni e’tirof etadilar 10. 1735 – 1740 yillarda Buxorodagi siyosiy jarayonlar. “Tuhfat ul-xoniy” Mang‘itlar sulolasining shakllanishi, Ashtarxoniylar va Afshoriylar bilan munosabatlari, ichki va tashqi siyosat yo‘nalishlari hamda harbiy- 5 Otaliq mansabi o’rta asirlarda joriy etilgan. Otaliq so’zi turkiycha bo’lib, ota o’rnini bosuvchi ,otaliq qiluvchi degan ma’nolarni anglatadi. Turkiy sulolalartda otaliq unvoni odatda valiahd shahzodalarni tarbiyalovchi mashxur beklar va yirik sarkardalarga berilgan. Buxoro mang’it amirlari [Matn] Qahramon Rajabov.-Toshkent:”Fan”- ”Ochun”nashriyotlari, 2025. – 257 bet. 6 Анке фон Кюгельген. Легитимация Среднеазиатской династии мангитов в произведениях их историков (XVIII-XIX вв.). Алматы. 2004. 110 bet. 7 Mamadjanov A. Muhammad Vafo Karmanagiy – Buxoro amirligi tarixchilik maktabining ilk vakili. Volume 30 Issue 3, 2024-yil. 379. 8 Жамшид Чўризода, Нурилло Ғиёсов “Tуҳфат ул-хоний”. Тожикистон. 2017. 2 bet 9 Жамшид Чўризода, Нурилло Ғиёсов “Tуҳфат ул-хоний”. Тожикистон. 2017. 2 bet 10 Mamadjanov A. MUHAMMAD VAFO KARMANAGIY – BUXORO AMIRLIGI TARIXCHILIK MAKTABINING ILK VAKILI. Volume 30 Issue 3, 2024-yil 379. 17 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 siyosiy harakatlari haqida ma’lumot beradi. Asarning qimmatli jihati shundaki, uning muallifi o‘sha davr siyosiy jarayonlarining bevosita isht
Доказательный фрагмент
«В данной статье анализируются дипломатические отношения между Мухаммадом Хакимбием Оталиком и Надир-шахом на основе произведения «Туҳфат ул-Ҳоний».»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье анализируются дипломатические отношения между Мухаммадом Хакимбием Оталиком и Надир-шахом на основе произведения «Туҳфат ул-Ҳоний». Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Muhammad Vafo Karminagiy, Tuhfat ul-Honiy, Muhammad, Nodirshoh, Muhammad Hakimbiy Otaliq, “Tuhfat ul-Honiy”, Abulfayzhon.
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025