К содержанию
РецензированоRU2026

O‘QUVCHILARNING KREATIV SIFATLARINI OSHIRISHDA VERTIKAL FIKRLASH (VF) VA LATERAL FIKRLASHNING (LF) AHAMIYATI

Abdushukurova Nazokat Abdug‘affor qizi

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

В данной статье освещаются содержание, специфика вертикального (ВФ), латерального (ЛФ) мышления, которые способствуют формированию у младших школьников навыков творческого мышления, творческих качеств обучающихся, а также необычного подхода в проблемных ситуациях. Ключевые слова: креативность, вертикальное (ВФ), латеральное (ЛФ) мышление, современное образование, критическое мышление, воображение, проблемная ситуация. Annotation: This article highlights the content and specifics of vertical (VF), lateral (LF) thinking, which contribute to the formation of creative thinking skills in younger students, creative qualities of students, as well as an unusual approach in problem situations. Keywords: creativity, vertical (VF), lateral (LF) thinking, modern education, critical thinking, imagination, problematic situation. Hozirgi zamonaviylashgan dunyoda o‘quvchilardan kreativ sifatlarga egalik ularni hayot faoliyatlarida qo‘llab ko‘rib to‘g‘ri xulosalar chiqarish malakalari talab qilinmoqda. Ta’lim faoliyatida o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishning asosiy mexanizmi bu o‘quv jarayonini ular shaxsiga yo‘naltirish hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘quvchilarni axloqiy hamda kasbiy yetuklik, mustaqillik, nazariy-tahliliy faoliyatga undash imkonini beradi. Buning natijasida o‘quvchilarda o‘z-o‘zini rivojlantirish, yaratuvchilik, faollik, hayotiy faoliyatga o‘zini tayyorlash va moslashtirish kabi layoqatlarni tarkib toptiradi. Boshlang‘ich sinf o‘qiuvchilarida kreativ sifatlarni rivojlantirish jarayonining umumiy ahamiyatini anglash uchun dastlab “kreativlik”, “keativ yondashuv” tushunchalarining ma’nosini tushunib olish talab etiladi. Kreativlik atamasi Angliya- 8 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo‘ldi. U individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko‘nikmalar hosil qilish qobiliyati, xislatini bildiradi. Kreativlik (lot., ing. “create” – yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor) – shaxsning yangi g‘oyalarni ishlab chiqishga tayyorligini tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma’nosini ifodalaydi. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi1. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini, zehni o‘tkirlikni tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi. Tadqiqotchi G. Ibragimova interfaol o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchilarda kreativlikning rivojlantirish bosqichlarini quyidagicha ifodalab o‘tgan2: 1. Reproduktiv-tavakkalchilik bosqichi. Bu bosqich ta’lim oluvchilarda kreativ faoliyat, kreativ faollik va ijodkorlikka bo‘lgan moyillikni qaror toptirish, ta’limdagi innotvasion texnologiyalarning mohiyatini anglash va yangi g‘oyalarning tug‘ilishi, shakllanishi bilan tavsiflanadi. 2. Ijodiy-izlanish tadqiqotchilik bosqichi. Ta’lim oluvchilardagi tadqiqotchilik, ijodiy faollik, nostandart tafakkur, bilish mustaqilligi, improvizatsiya, yangilik yaratish ko‘nikmalarining shakllanishi bilan belgilanadi. 3.Kreativlik, novatorlik bosqichi. Yaratilgan yangilikni amalda qo‘llash, baholash, tahlil qilish, ommalashtirish va uni keng tatbiq etish hamda istiqbolga yo‘naltirilgan strategik rejalarni tuzish bilan bog‘liq jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Patti Drapeau nuqtai nazariga ko‘ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash o‘qituvchilardan o‘quv topshirig‘i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko‘plab g‘oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina to‘g‘ri g‘oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda muammo yuzasidan bir va ko‘p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo‘lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, topshiriqni bajarish, masalani yechishda shaxs yechimning bir necha variantini izlaydi (ko‘p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina to‘g‘ri yechimda to‘xtaladi3. Bugungi kunda kritik fikrlash har bir o‘quvchi uchun zarur ko‘nikmadir. Shu sababli o‘quvchilarning fikrlash jarayonlarida ijobiy o‘zgarish sodir qilish uchun ularga bir qancha savollar bilan murojat qilish zarur. Bu savollar orqali o‘quvchilar fikrni rag‘batlantirish mumkin. O‘quvchilarga doimiy ravishda savollar berib, fikrlarini tahlil qila olishlariga 1Zulxumor Shuxradovna Mirzaeva Kreativlikning Mazmun- Mohiyati va uni Rivojlantirishning Pedagogik-Psixologik Shart sharoitlari /Academic Research in Educational Sciences, 2023 368-b 2 Ибрагимова Г.Н. Интерфаол укитиш методлари ва технологиялари асосида талабаларнинг креативлик кобилиятларини ривожлантириш. / Монография. – Т.: “Фан ва технологиялар”, 2016. – Б. 77. 3 Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thi

Доказательный фрагмент

«В данной статье освещаются содержание, специфика вертикального (ВФ), латерального (ЛФ) мышления, которые способствуют формированию у младших школьников навыков творческого мышления, творческих качеств обучающихся, а т…»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье освещаются содержание, специфика вертикального (ВФ), латерального (ЛФ) мышления, которые способствуют формированию у младших школьников навыков творческого мышления, творческих качеств обучающихся, а т… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
creativity, vertical (VF), lateral (LF) thinking, modern education, Kreativlik, vertikal (VF), muammoli vaziyat., zamonaviy ta’lim, tassavur, lateral (LF) fikrlash, tanqidiy fikrlash
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники