К содержанию
РецензированоUZ2026

BUXORO MUZEYIDAGI ILMIY-TADQIQOT ISHLARI TARIXI

Hafizova Vazira · Buxoro Davlat muzey-qo‘riqxonasi

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article examines the formation of the Bukhara Museum and the stages of its research, attention to the work of the museum from the government, problems in the organization of research work in the museum. The scientific activity of the Bukhara Museum of Local Lore, which lasted for a century, was also analyzed. It describes the scientific activity of the museum, the work done in the scientific field over the years of independence, and the attention paid to this area, as well as the work that needs to be done. Keywords: Museum, researcher, collection, culture, academic council, doctoral studies, branch. Muzeylar millatning madaniyatini asrash, milliy g‘oyani targ‘ib etish, xalq ongida milliy g‘urur va qadriyatlarni kuchaytirishda, demokratiya va taraqqiyotga ishonchni mustahkamlashda 642 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 muhim rol o‘ynaydi. Muzeylar nafaqat tabiat va jamiyatning noyob hamda xilma-xil ashyolari xazinasi, balki ilmiy-tadqiqot, ma’rifiy-tarbiyaviy, ijtimoiy aloqaning muhim halqasi va markazidir. Buxoroda birinchi muzey ochilganiga 100 yildan oshdi. Aniqrog‘i, 1922-yil 8-noyabrda o‘lkada birinchi bor muzey ochilgan[3. 33-36.]. Birinchi muzey beshta xonadan iborat bo‘lib, uning atrofida teatr, klub, kutubxona joylashgan va bular hammasi birgalikda madaniyat maskanini tashkil etgan. Shu davrdan boshlab Buxoroda muzey va muzeyshunoslik ishi yo‘lga qo‘yilgan va bu to hozirgi kungacha davom etib kelmoqda. XX asrning 50-yillardan boshlab muzey hodimlarining o‘lkashunoslik sohasi bilan shug‘ullanishi va maktablar bilan hamkorlikda to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish vazifasi qo‘yildi. Shu bilan birga muzey ilmiy xodimlari tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari ham olib borilgan. 1965-yilda muzeyning ilk ilmiy to‘plami “Ilmiy maqolalar to‘plami” nashr etildi. Ushbu to‘plam muzeyning birinchi ilmiy nashri hisoblanadi[4. 35-38]. Arxiv hujjatlaridagi ma’lumotlarga ko‘ra, 1967-1969-yillar oralig‘ida Buxoro o‘lkashunoslik muzeyida 40 ga yaqin ilmiy hodim ishlagan. Ularning ko‘plari ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullangan. Jumladan, fan nomzodlari Xuan Duke, N.Yo‘ldosheva, T. Sharipov, ilmiy xodimlardan M. Po‘latova, X. Astonova, Z.Ibragimovalar esa nomzodlik dissertatsiyasi ustida ish olib borishgan[2]. XX asrning 80-yillaridan boshlab, ya’ni direktor A.A.Mahmudov davrida, o‘lkashunoslik muzeyida ashyolarga ilmiy pasport yozish ishlari yo‘lga qo‘yildi va ashyolarning tavsif qilish, ularni o‘rganish boshlandi. Endi muzey tarixiy ashyolarni to‘playdigan muassasadan uni o‘rganadigan va tahlil qiladigan yo‘nalishda ish olib boradigan bo‘ldi. 1985-yil muzey direktori lavozimiga R.V. Almeyev tayinlangandan so‘ng Buxoro muzeyining ilmiy-ma’rifiy faoliyatida qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Sovet Ittifoqi davrida Buxoro muzeyidan boshqa viloyat muzeylariga olib ketilgan buyumlar qaytarildi. R.V. Almeyev tashabbusi bilan muzeyning yangi filiallari tashkil etildi, ayrim tarixiy yodgorliklar muzeyga aylantirildi hamda ko‘plab ko‘rgazmalar yangilandi. Shuningdek, muzey jamlanmasini boyitish maqsadida etnografik ekspeditsiyalar tashkil etildi [1. 16-17.]. Muzey ilmiy xodimlari Q. Jumayev, G‘. Qurbonov, M. Po‘latova, V. Pak, A.Axmedov, A.Qobilov, B. Qazoqov, N. Ilyasovalar tomonidan “Sovetskaya Buxara”, “Buxoro haqiqati” va Toshkentdan chiqadigan “Pravda Vostoka”, “Sovet O‘zbekistoni” gazetalarida hamda “Sovetskiy muzey” jurnalida o‘zlarining 20 dan ortiq maqolalarini e’lon qilishdi [4. 26-28.]. Buxoro muzeyi ilmiy markazida XX asr 90 yillariga qadar bir qator ilmiy hodimlardan B.Qazoqov, B.X.Ergashev, G‘.Qurbonov va H.To‘rayevlar tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini yoqladilar va muzey ilmiy salohiyatini yuqoriga ko‘tardilar. 643 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 Mustaqillikdan keyin ham bu ishlar to‘xtab qolgan emas. Bu ishlarini R.V.Almeyev davom ettirdi va dastlab fan nomzodi dissertatsiyasini keyinchalik doktorlik dissertatsiyasini shu muassasada faoliyat olib borgan holda va Buxoro muzeyi tarixi hamda O‘zbekistonda muzeyshunoslik sohasining rivoji mavzusida ilmiy ishini himoya qildi. Olimning barcha ishlari o‘lkashunoslik muzeyi bilan bevosita bog‘lik va shu sohaga aloqadorligi bilan ham diqqatni tortadi. Shuningdek, uzoq yillar muzeyda faoliyat yuritgan M.I.Niyazova ham fan nomzodi dissertatsiyasini shu muassasadagi arxeologik ashyolarni o‘rganish natijasida himoya qildi. Mustaqillik yillari Buxoro o‘lkashunoslik muzeyi o‘zining ilmiy to‘plamini nashr ettirdi. Bu to‘plam 1990-yildan “Из истории культурного наследия Бухары” nomi ostida uzoq yillar davomida nashr etildi. Xulosa qilib aytganda, Buxoro davlat o‘lkashunoslik muzeyida saqlanayotgan ashyolar va eksponatlar bazasi juda katta uni o‘rganish va kelajak avlodga qoldirish shu muassasada faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy xodimlarning vazifasidir.

Доказательный фрагмент

«This article examines the formation of the Bukhara Museum and the stages of its research, attention to the work of the museum from the government, problems in the organization of research work in the museum.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the formation of the Bukhara Museum and the stages of its research, attention to the work of the museum from the government, problems in the organization of research work in the museum. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Museum, researcher, collection, culture, academic council, doctoral studies, to‘plam, ilmiy kengash, Muzey, filial., doktorantura, madaniyat, ilmiy xodim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники