Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
5-7 SINF TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA O‘QUVCHILARINING BADIIY VA IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH
IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH · Xamraqulova Muqaddam Tojiqoʻzi qizi
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
The article presents the practical significance of fine arts in the development of artistic and creative abilities of schoolchildren, research and scientific views on this subject of famous artists-teachers. Key words: creativity, ability, creative activity, methodology, image, school of painting, academic training, teacher-artist. Bo‘lajak rassom – pedagogni o‘qitish va kasbiy tayyorlash tizimi aniq va ilmiy asosda bo‘lishi kerak. Bu yo‘nalishda dastlabki ta’lim va tarbiya umumta’lim maktablari doirasida amalga oshiriladi. Maktab - deganda, eng avval ta’lim va tarbiyaning aniq tizimini, bu tizimga hamda dars o‘tish metodlariga o‘quvchilarning ixtiyoriy ravishda boʻysunishini, ilmiy asoslangan bilimlarni o‘zlashtirishda ilmiylik, metodik izchillik, aniqlik va badiiy ijodning amaliyotda sinalgan tajribalarini o‘rganishni nazarda tutamiz. Qadimda ijod qilib, o‘zlaridan buyuk tasviriy san’at asarlarini meros qilib qoldirgan mashhur ijodkorlarning tasviriy san’at sohasida erishgan tajribalari bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimida, xususan turli badiiy maktablarda yoshlarni tasviriy san’atdan saboq berishda asos hisoblanadi. Shuning uchun tasviriy san’atni o‘rganishni xohlovchi va tasviriy san’at olamiga endigina kirib kelayotgan bo‘lajak rassom eng avval qadimda ijod qilgan rassomlarning klassik asarlarini o‘rganib taxlil qilishi va olgan bilimlari hamda ko‘nikmalari asosida o‘z shaxsiy ijodiy yo‘lini tanlab chiqishi va ijodiy qobiliyatini rivojlantirishi kerak. Tasviriy san’at sohasida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlash, shaxsning ijodiy qobilyatlarini shakllantirish masalalariga, hamda ijodiy jihatdan yoshlarni kasbiy tayyorlash masalalarida qadimgi Yevropa Badiiy Akademiyalarining mashhur rassomlari, nazariyotchilaridan Lonardo da Vinchi, Mikeladjelo Buanorotti, Piter Paul Rubens. Rafael Santi, Albrext Dyurer va boshqalarning ilmiy va ijodiy asarlarini keltirish mumkin. Rossiya tasviriy san’at namoyandalaridan 19-20 asrda ijod qilgan I.Ye.Repin, N.Savrasov, Pavel Chistyakovlarning ijodiy hamda ilmiy ishlarni keltirish mumkin. 71 Rus pedagog va psixologlardan A.V.Bakushinskiy, L.S.Vыgodskiy, Ye.I.Ignatev, Ye.A.Flerina, T.S.Komarova, S.Ye.Ignatev, S.L.Rubinshteyn, B.M.Teplovlar bo‘lajak pedagogni ijodiy jihatdan kasbiy tayyorlash masalalariga murojaat qilgan bo‘lsalar, mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasini takomillashtirish muammolariga bag‘ishlangan masalalarga olimlardan L.G.Medvedev, L.A.Ivaxneva, V.K.Lebedko, Ye.V.Shoroxov, V.S.Kuzin, V.V.Koreshkov, A.S.Xvorostovlar o‘zlarining ilmiy tadqiqot ishlarida murojaat qilganlar. Oʻzbekistonlik olimlardan B.B.Baymetov, S.S.Abdullayev, B.B.Azimov, N.X.Tolipov, Q.Q.Qosimov, R.X.Xasanov va boshqalar olib borganlarlar. Har qanday o‘quv predmetining rivojlanishi tarixiy rivojlanish jarayonlari bilan bevosita bog‘liq. XVII asrda akademik rasm chizishning nazariy qoidalari Uyg‘onish davri rassomlarining talqinlaridayoq ifoda etila boshlangan. XVIII asrda yuzaga kelgan suratga akademik o‘qitish nazariyasi ma’lum o‘zgartirishlar kiritilib, endi badiiy amaliyot yangi sharoitlarida amalga oshirildi. XIX asrda akademik rasm nazariyasi va amaliyotida o‘quv masalalarini kompleks hal etish bo‘yicha faol izlanishlar boshlangan. Badiiy akademik maktab yo‘nalishida o‘quvchilarni faqatgina bilim va ko‘nikmalar bilangina qurollantirish emas, balki ijodiy faoliyatda ham ishtirok ettirish ko‘zda tutiladi. Ba’zi endigina boshlovchi rassomlar qonun, qoidalarga amal qilmaydilar va maktab o‘zining an’anaviy ko‘rsatmalari bilan ularning individualligi rivojlanishiga halaqit beradi, deb o‘ylab darhol murakkab ijodiy masalalarni hal etishga urinadilar. Maktab esa o‘quv muasasasi sifatida o‘zining dars o‘tish ilmiy usullari bilan ijodiy qobiliyatlar rivojlanishiga hech qachon halaqit qilmagan, aksincha, u yosh rassomlar rivojlanishi, ta’lim olishi va shakllanishiga yordam bergan. Tasviriy san’atning hamma turlari uchun asosiy qoida bo‘lgan rasmlarni chizishni o‘rganib olishda maktab ayniqsa, zarur hisoblanadi. Shuning uchun hech kim maktabni o‘z usullari bilan o‘zboshimchalik qilib, rassomlar studiyasiga aylantirishga haqqi yo‘q. Maktabga qarshi bo‘lganlar - odatda yosh, boshlovchi rassomlar orasida ba’zan shunday is’tedod egalari uchraydiki, maktab ularni rivojlanishiga halaqit beradi, havoskor rassomlar ko‘rgazmalarida juda ham mazmunli asarlar uchraydi, ularga rassomlar maktabda o‘qimay ham erishganlar, deydilar. Ta’lim psixologiya va pedagogikasi ijodiy qobiliyatlar va ijodiy faollik rivojlanishi o‘quv jarayonida katta natijalar berishi mumkin deb, hisoblaydi. Demak, ta’lim jarayoni, ta’lim faoliyati maktabning diqqat markazida bo‘lishi kerak. «Erkin ijod» usuli tarafdorlari, sodda bolalik rasmlari shunisi bilan ajoyibki u dunyoni o‘ziga qabul qilishini ifoda etadi, tasviriy san’atda esa bola o‘zining ijodiy tashabbusini qizg‘in namoyon etadi deb hisoblaydilar. Rasm chizish jarayonida bola ijodiy yaratuvchilikdan zavqlanadi va biz buni unda butun hayoti davomida saqlab qol
Доказательный фрагмент
«The article presents the practical significance of fine arts in the development of artistic and creative abilities of schoolchildren, research and scientific views on this subject of famous artists-teachers.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article presents the practical significance of fine arts in the development of artistic and creative abilities of schoolchildren, research and scientific views on this subject of famous artists-teachers. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- creativity, ability, creative activity, methodology, image, school of painting, metodika, ijod, akademik mashg’ulot, rassomlik maktablari, tasvir, pedagog-rassom., ijodiy faoliyat, qobiliyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025