Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI O‘QUVCHILAR YOZMA NUTQIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH USULLARINI QO‘LLASHGA TAYYORLASH
Abduraxmonova Dinara Yusupovna
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Ushbu maqola Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilar yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish usullarini qo‘llashga tayyorlashning metodik jihatlari ochib berishga qaratilgan. Kalit so‘zlar: Bo‘lajak boshlang‘ich sinf, yozma nutq, nutqiy kompetensiya, o‘quvchilarning yozma nutqi, metodik jihatdan tayyorlash. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarning yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish usullarini qo‘llashga tayyorlashning metodik jihatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda boshlang‘ich ta’limda yozma nutqni shakllantirishga doir metodik yondashuvlar, samarali pedagogik texnologiyalar va interaktiv usullar ko‘rib chiqiladi hamda bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligida lingvodidaktik kompetensiyani rivojlantirish, yozma nutq faoliyatiga oid mashg‘ulotlarni tashkil etish, baholash va muammolarni bartaraf etish mexanizmlari asosida ta’lim jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. Quyida keltirilgan metodlar o‘qituvchilarning o‘quvchilar yozma nutqni rivojlantirish bo‘yicha fundamental pedagogik yondashuvlarga tayyorlashga qaratilgan: 1. Tadqiqot metodlar. Ushbu metodlar o‘qitish usullarining samaradorligini aniqlash va innovatsion yondashuvlarni sinovdan o‘tkazishga qaratilgan. Pedagogik tajriba yozma nutqiy kompetensiyani rivojlantirish jarayonida turli yondashuvlarning samaradorligini empirik tekshirish va nazariy asoslash imkonini beruvchi muhim metodik vosita bo‘lib, u o‘quvchilarning yozma nutqiy mahoratini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik strategiyalar, lingvodidaktik texnologiyalar hamda interaktiv usullarning ta’sirchanligini aniqlashga qaratilgan holda, pedagogik eksperimentni amalga oshirishning ilmiy- metodik tamoyillariga asoslangan tizimli tahlil va baholash jarayonlardan tarkib topgan. Tajriba jarayonida lingvistik, psixolingvistik hamda pedagogik metodologiyaning sinteziga tayaniladi, shuningdek, yozma nutqiy kompetensiya rivojlanishining kompleks xarakterini inobatga olinishi darkor. Yozma nutqiy kompetensiyani rivojlantirish bo‘yicha turli yondashuvlarning samaradorligini sinash tajribaning metodologik asoslarini belgilashni talab etib, xuddi shu jarayonda strukturaviy-kognitiv, kommunikativ, integrativ-differensial hamda sotsiomadaniy yondashuvlarning ilmiy-empirik sinovdan o‘tkazilishi orqali ularning pedagogik jarayondagi natijaviyligi baholash mumkin. Har bir metodning samaradorligi eksperimental guruh va nazorat guruhi misolida, diagnostik vositalar yordamida baholanadi. Shu ma’noda, test metodikalarining, matn tahlili va lingvistik eksperimentning, shuningdek, reflektiv baholash usullarining ahamiyati ortadi. Ilmiy-tadqiqot faoliyat doirasida o‘quvchilarning yozma nutqiy kompetensiyasining rivojlanish dinamikasi kuzatilib, turli yondashuvlarning lingvistik, psixologik va pedagogik ta’sir doirasi aniqlanadi. 88 Olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari yozma nutqiy kompetensiyaning rivojlanishiga turli omillarning ta’sirini kompleks baholashga imkon beradi. Xususan, motivatsion-kommunikativ muhit, o‘quvchilar faoliyatining individual va guruhiy xarakteri, metakognitiv strategiyalarning roli, shuningdek, axborot-kommunikatsion texnologiyalarning integratsiyasi kabi jihatlar muhim omillar sifatida qaraladi. Pedagogik tajriba natijalari didaktik model yaratishdan tashqari, yozma nutqiy kompetensiyani rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan aniq ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishda qo‘l keladi. Ilmiy-tadqiqot natijalarning statistik hamda sifat tahlili metodik usullarning real samaradorligini aniqlash va ularning didaktik printsiplarga mos kelishini tekshirib boradi. Umuman olganda, pedagogik tajriba asosida yozma nutqiy kompetensiyani rivojlantirish bo‘yicha turli yondashuvlarning samaradorligini sinash lingvistik va pedagogik tadqiqotlar kesishmasida muhim nazariy va amaliy masala sifatida qarash keark. Diagnostik testlar o‘quvchilarning yozma nutqiy kompetensiyasini baholash va uning rivojlanish dinamikasini kuzatish uchun eng samarali vositalardan biri hisoblanadi. Testlar lingvodidaktik tadqiqotlarda asosiy diagnostik metod sifatida qo‘llanilib, o‘quvchilarning individual nutqiy qobiliyatlarini, yozma ifoda uslublarini, grammatika va leksik boyligini, shuningdek, matn yaratish mantiqiyligini tahlil qilishda qo‘llanilishi mumkin. Yozma nutqiy faoliyatning kompleks tabiatini inobatga olgan holda, diagnostik testlar nafaqat statik baholash vositasi, balki dinamik rivojlanishning mezonlarini belgilovchi ilmiy-metodik instrument sifatida ham foydalanilanadi. Demak, test natijalari orqali o‘quvchilarning lingvistik hamda kommunikativ kompetensiyasi, ijodiy tafakkur darajasi va yozma muloqot madaniyati bo‘yicha empirik dalillarga asoslangan tahlil amalga oshiriladi. b) Diagnostik testlar. Yozma nutqiy rivojlanish dinamikasini kuzatish diagnostik testlarni tizimli va bosqichma-bosqich qo‘llash orqali amalga oshirilib, mana shu jarayonda o‘quvchilarning yozma ifoda ko‘nikmalarid
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilar yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish usullarini qo‘llashga tayyorlashning metodik jihatlari ochib berishga qaratilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilar yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish usullarini qo‘llashga tayyorlashning metodik jihatlari ochib berishga qaratilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- nutqiy kompetensiya, Bo‘lajak boshlang‘ich sinf, o‘quvchilarning yozma nutqi, metodik jihatdan tayyorlash., yozma nutq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024