Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
EKSPOZITSIYA YARATISHDA LOYIHALALASH USULLARINI QO‘LLASH AMALIYOTI BO‘YICHA BA’ZI MULOHAZALAR
Qarshiyev Xikmatilla Quvvatovich
Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения · 2026
Аннотация
ushbu maqolada muzeyshunoslikdagi eng muhim qismi bo‘lgan ekspozitsiya va uni yaratish ishlarini tashkil etish bo‘yicha so‘z yuritilgan bo‘lib, mazkur maqola o‘zining dolzarbligini yoqotmaydi deyish mumkin. Kalit so‘zlar: Ekspozitsiya, Ekspozitsiyani loyihalasi, tematik-ekspozitsiya rejasini, sinov montaji, ilmiy tushuncha, badiiy yechim. Ekspozitsiya tarixiga nazar solsak, u osori-atiqalar kolleksiyasi bilan parallel rivojlanganligini ko‘ramiz. Muzeyning jamoatchilik xotira instituti sifatida shakllanishining o‘zi, jamiyat uchun to‘plangan kolleksiyalarni ochish, ularni namoyish etish bilan bog‘liq edi. Masalan, qadimda hukmdorlar, sarkarda va zodogonlar esdalik va qimmatbaho sovg‘a hamda o‘ljalarni yig‘ib, kolleksiya qilgan va uni muhim mehmonlarga ko‘rsatishgan hamda buning uchun albatta ekspozitsiya yaratilgan, chunki ushbu kolleksiyani pala-partish ko‘rsatish mumkin emas edi. Sharqda bu holat jiddiy marosimga aylangan edi. Bunga misol tariqasida Amir Temurning elchilarni kutib olishdagi dabdabani Klavixoninng qaydlarida qanday bayon qilinganini eslatish kifoya. Lotincha “exposition” - ochib berish yoki tomosha uchun ko‘rgazma - so‘zidan kelib chiqqan ekspozitsiya so‘zi keng ma’noda ko‘rish uchun maxsus namoyish etilgan har qanday ob’yektlar to‘plamini anglatadi. Ekspozitsiya bu - muzey kommunikatsiya (muzey va mehmon o‘rtasidagi o‘zaro aloqa) larining asosiy shakli bo‘lib, ta’lim va tarbiya maqsadida muzey tomonidan joylashtirilgan muzey eksponatlarini (badiiy asarlar, tarixiy hujjatlar, moddiy madaniyat yodgorliklari va boshqalar) namoyish etish orqali ilmiy konsepsiya va zamonaviy tamoyillarga muvofiq ishlab chiqilgan me’moriy va badiiy yechimdir. Muzey ekspozitsiyasining eng oddiy ta’rifi esa “muzey kolleksiyasining ko‘rgazmaga qo‘yilgan qismi”dir. Bugungi kunda muzey ekspozitsiyasi deganda, biz muzey ashyolari va boshqa ekspozitsiya materiallari konseptual (ilmiy va badiiy) dizayn bilan birlashtirilgan yaxlit hududiy-ob’yekt tizimini tushunamiz. Ekspozitsiyani loyihalashtirish – muzey loyihasining eng muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, kelajakdagi ekspozitsiyani yaratish uchun zarur hujjatlarni ishlab chiqish va hujjatlarda aks ettirilgan rejaning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir. Ekspozitsiyani loyihalash jarayonini ilmiy, badiiy, texnik va ishchi dizayn loyihalariga bo‘lish mumkin. Muzeyshunoslik rivojlangan davlatlarda muzeylar ishini kuzatsak, bugungi kunda ekspozitsiyani loyihalashning 3 bosqichli tartibi qabul qilingan va shundan, birinchi bosqichda ekspozitsiyaning ilmiy kontseptsiyasi yaratilishi kerak, bu esa yaratilgan ekspozitsiyaning maqsadlarini belgilaydi. Ekspozitsiyaning ilmiy konsepsiyasi qolganlarini loyihalashning birinchi va hal qiluvchi bosqichidir. Ekspozitsiyachi birinchi navbatda ekspozitsiya mavzusini shakllantiradi va asoslaydi. Konsepsiya ishchi guruhning belgilangan mavzu bo‘yicha olib borgan ilmiy ishlari va manba bazasini, ya’ni o‘z muzeyi va boshqa omborlar fondlarida saqlanayotgan materiallarni o‘rganish natijasidir. U har doim taklif 31 etilayotgan mavzuning ilmiy rivojlanish darajasi va muzey kolleksiyalari tarkibi tahlilini o‘z ichiga oladi, undan mavzuni o‘zlashtirish va ilmiy rivojlantirish rejasini tuzish vazifasi kelib chiqadi. Umuman, ekspozitsiya mavzularining ketma-ketligini va yo‘nalishini, yetakchi eksponatlar yoki majmualarni belgilaydigan tematik tuzilma belgilanadi. Natijada me’moriy- badiiy yechim va jihozlarga talablar shakllantiriladi hamda dioramalar, audiovizual tizimlar va boshqalar tanlanadi. An’anaviy loyihalashda badiiy loyihani yaratish ilmiy loyihadan kelib chiqadi, shuning uchun (yoki kamdan-kam hollarda - bir vaqtning o‘zida, bu holda ekspozitsiyachilar va rassomlar birgalikda ishlaydi) ilmiy konsepsiya avval yaratilishi va unda asosiysi badiiy g‘oya, badiiy obraz va ilmiy tushunchalar mujassam bo‘lishi kerak. Ekspozitsiyaning joylashadigan maydoni, asosiy fonni qaysi rang tashkil etishi va zallardagi yetakchi eksponatlar aniqlanadi. Guruhdagi rassomlar tomonidan loyihaga muvofiq, bir qator eskizlar yoki maket yaratiladi. Ikkinchi bosqichda ekspozitsiya ishchi guruhi “kengaytirilgan tematik tuzilma”ni, ya’ni ekspozitsiya bo‘limlari, mavzularining nomi va ketma-ketligini o‘z ichiga olgan hujjatni, rassomlar esa “ekspozitsiya loyihasini” yaratadilar. Bu hujjatlarda alohida mavzularning ilmiy- badiiy yechimi yoki qarorlari batafsil yoritilgan va ekspozitsiya majmualari darajasida amalga oshirilgan bo‘ladi. Uchinchi bosqich tematik-ekspozitsiya rejasini (o‘zb. qisqartmasi TER, rus. ТЭП) yaratishni o‘z ichiga oladi, uning asosida montaj varaqlari tayyorlanadi (ekspozitsiya maydonining barcha bo‘limlari va eksponatlar joylashtirilgan sirtlarning chizmalari). Muzeylar amaliyotida ТЭП(ko‘pchilik shu qisqartmaga o‘rgangani uchun tanladik)ning quyidagi asosiy tuzilmasi ishlab chiqilgan: Bo‘lim nomi, mavzuning nomi (kichik mavzu), asosiy matn, sarlavha matni, tematik kompleks, majmuaga annotatsiya (tushuntirish matni), eksponat buyumlari (haqi
Доказательный фрагмент
«ushbu maqolada muzeyshunoslikdagi eng muhim qismi bo‘lgan ekspozitsiya va uni yaratish ishlarini tashkil etish bo‘yicha so‘z yuritilgan bo‘lib, mazkur maqola o‘zining dolzarbligini yoqotmaydi deyish mumkin.»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu maqolada muzeyshunoslikdagi eng muhim qismi bo‘lgan ekspozitsiya va uni yaratish ishlarini tashkil etish bo‘yicha so‘z yuritilgan bo‘lib, mazkur maqola o‘zining dolzarbligini yoqotmaydi deyish mumkin. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- badiiy yechim., ilmiy tushuncha, sinov montaji, Ekspozitsiya, tematik-ekspozitsiya rejasini, Ekspozitsiyani loyihalasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Современная наука и исследованияNEW RENAISSANCE, HUJJATLARDA AKS ETISHI +22025