Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YANGI OʻZBEKISTON – YANGICHA TA’LIM: SOHADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR (in-academy.uz/index.php/yo) · Usmonaliyev Bekzod Aziz oʻgʻli (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada bugungi kunda yurtimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida qisqacha ma’lumot beriladi. Kalit soʻzlar. Sifatli ta’lim, Yangi Oʻzbekiston, “Taraqqiyot strategiyasi”, QS va TNE, maktabgacha ta’lim. НОВЫЙ УЗБЕКИСТАН – НОВОЕ ОБРАЗОВАНИЕ: РЕФОРМЫ В ОБЛАСТИ Абстрактный. В данной статье представлена краткая информация о реформах, реализуемых сегодня в сфере образования в нашей стране. Ключевые слова. Качественное образование, Новый Узбекистан, «Стратегия развития», QS и TNE, дошкольное образование. NEW UZBEKISTAN - NEW EDUCATION: REFORMS UNDERWAY IN THE FIELD Annotation. This article provides brief information about the reforms currently being implemented in the field of education in our country. Keywords. Quality education, New Uzbekistan, "Development Strategy", QS and TNE, preschool education. Ma’lumki, har qanday davlatni rivojlantirishda ta’lim tizimi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Zamonaviy va samarali ta’lim tizimi milliy taraqqiyotning tayanch poydevori bo‘lib, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Bejizga davlatimiz rahbari: “Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu - ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorugʻ istiqboli, birinchi navbatda ta’lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bogʻliq[1]”, - deb ta’kidlamaydilar. Zero, qaysi davlatda sifatli ta’lim yoʻlga qoʻyilgan boʻlsa, u davlat, albatta, rivojlanish jihatdan boshqa davlatlardan ancha ilgarilab ketishiga tarix koʻp martalab guvoh boʻlgan. Bunga birgina Amir Temur davlatini misol qilib keltirish oʻrinlidir. “Eng katta boylik – bu aql- zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir. Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu – ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug‘ istiqboli, birinchi navbatda, ta’lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog‘liq[2]”, - deydi yurtboshimiz. Soʻnggi yillarda yurtimizda ham ta’lim tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Bugun Yangi Oʻzbekistonning har bir sohasida chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim tizimi ham bundan mustasno 16 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo emas. Sohani rivojlantirish uchun bir qancha yangi qonunlarning qabul qilinishi, avvaldan mavjud boʻlganlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi ham fikrimiz dalilidir. Barcha sohalarda boʻlgani kabi ta’lim sohasida ham klister tizimining joriy etilishi, ya’ni ta’lim tizimini rivojlantirishni oila, bogʻcha, maktab kabi jamiyatning barcha boʻgʻinlarida amalga oshirish yoʻlga qoʻyildi. Buni maktabgacha ta’lim, umumiy oʻrta ta’lim, oʻrta-maxsus va oliy ta’lim, oliy ta’limdan keying ta’lim, qisqasi, ta’limning barcha bosqichlarida amalga oshirilayotgan islohotlar misolida ham koʻrishimiz mumkin. “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning 4-bosqichi “Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish” deb nomlanganligi ham sohaning naqadar dolzarb ekanligini koʻrsatadi. Ta’lim tizimini rivojlantirish uchun “Taraqqiyot strategiyasi” oʻz oldiga quyidagilarni maqsad qilib qoʻygan: - Har bir fuqaroga davlat hisobidan aniq kasb-hunarga o‘qish imkoniyatini yaratish; - Maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasini hozirgi 67 foizdan kamida 80 foizga yetkazish; - Bog‘cha xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimini joriy etish.2022 — 2026-yillarda 160 mingdan ziyod pedagog kadrlarning malakasini oshirish; - Yangi maktablar qurish, xususiy maktablarni ko‘paytirish, ta’lim sifatini oshirishni nazarda tutuvchi milliy dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish. - 2026-yilga qadar o‘quv dasturlari va darsliklarni ilg‘or xorijiy tajriba asosida to‘la qayta ko‘rib chiqib, amalda joriy etish; - Malakali o‘qituvchilarning oylik maoshlarini bosqichma-bosqich 1 000 AQSh dollari ekvivalentiga yetkazish; - Maktablarda ta’lim sifatini oshirish, pedagog-kadrlarning bilimi va malakasini xalqaro darajaga olib chiqish; - Oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta’lim sifatini oshirish; - 2026-yilga qadar 10 ta salohiyatli oliy ta’lim muassasasini QS va TNE xalqaro reytinglariga kirishga maqsadli tayyorlash[3]. Bu maqsadlarning ijrosi oʻlaroq bugun mamlakatimizda xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari soni kundan kunga oshib, ushbu yoshdagi bolalarni bogʻchalar bilan qamrab olish koʻrsatkichi oldingi yillarga nisbatan ancha oʻsdi. Bunday islohotlarni maktab tizimida ham koʻrish mumkin. Maktablardagi darsliklarni zamon talablariga mos tarsda qaytadan nashr etilganligi, pedagog kadrlarning malakasini oshirish, oʻz ustida tinimsiz ishlayotgan mutaxassislarni ragʻbatlantirish, xorijiy ti
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada bugungi kunda yurtimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida qisqacha ma’lumot beriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada bugungi kunda yurtimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida qisqacha ma’lumot beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Quality education, New Uzbekistan, "Development Strategy", QS and TNE, QS va TNE, Yangi Oʻzbekiston, maktabgacha ta’lim., Sifatli ta’lim, “Taraqqiyot strategiyasi”
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024