К содержанию
РецензированоUZ2026

INKLYUZIV TA’LIMNING TIBBIY-PEDAGOGIK-IJTIMOIY MODELI

Djurayeva Sohiba Barat qizi · Mavlonova Durdona Shuxrat qizi

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

Inklyuziv ta’lim nogironligi yoki maxsus ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga teng ta’lim imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan konsepsiya hisoblanadi. Ushbu maqolada inklyuziv ta’limning tibbiy, pedagogik va ijtimoiy jihatlari tahlil qilinadi. Modelning har uch jihati bolalarning to‘laqonli ta’lim olishiga qanday ta’sir qilishini ilmiy yondashuvlar asosida baholash orqali samaradorlik ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirishga doir tavsiyalarni ilgari suradi. Kalit so‘zlar: inklyuziv ta’lim, tibbiy model, pedagogik model, ijtimoiy model, maxsus ehtiyojlar, ta’lim siyosati. Annotatsion: Inclusive education is a concept aimed at creating equal educational opportunities for children with disabilities or special needs. This article analyzes the medical, pedagogical, and social aspects of inclusive education. Through a scientific assessment of how each of these three models impacts children's comprehensive education, effectiveness indicators are analyzed. The research findings propose recommendations for the further development of the inclusive education system. Keywords: inclusive education, medical model, pedagogical model, social model, special needs, educational policy Inklyuziv ta’lim barchmdira bolalarning teng huquqli ta’lim olishini ta’minlashga yo‘naltirilgan tizi. Bunday ta’lim modeli nogironligi yoki maxsus ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni umumiy ta’lim muhitiga qo‘shishni nazarda tutadi. Inklyuziv ta’limning asosiy yondashuvlaridan biri tibbiy-pedagogik-ijtimoiy modeldir, bu uch asosiy yo‘nalishning integratsiyasiga asoslanadi. Ushbu maqola mazkur modelning samaradorligini tahlil qiladi va uning amaliy qo‘llanilishida duch kelinayotgan muammolarni ochib beradi. So‘nggi yillarda dunyo miqyosida inklyuziv ta’limni qo‘llash borasida turli tajribalar yig‘ildi. Xalqaro tashkilotlar, xususan, BMTning Ta’lim, Fan va Madaniyat tashkiloti (UNESCO) inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng qamrovli dasturlar ishlab chiqmoqda. Shuningdek, ko‘plab mamlakatlarda maxsus ehtiyojli bolalar uchun inklyuziv ta’limning turli modellarini yaratish va tatbiq etish yo‘nalishida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 98 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA. Inklyuziv ta’lim bo‘yicha ilmiy manbalar va xalqaro tajribalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, inklyuziv ta’limning muvaffaqiyati uch asosiy omilga bog‘liq: tibbiy xizmatlarning sifati, pedagogik yondashuvning samaradorligi va jamiyatning ijtimoiy qo‘llab- quvvatlashi. Xalqaro adabiyotlarda keltirilgan asosiy jihatlar: UNESCO (2021) tomonidan e’lon qilingan tadqiqotlarda inklyuziv ta’lim modeli global miqyosda qanday amalga oshirilayotgani va uning samaradorlik ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Florian L. (2014) tomonidan yozilgan “The SAGE Handbook of Special Education” asarida inklyuziv ta’limning pedagogik yondashuvlari va innovatsion metodlari bayon etilgan. Slee R. (2018) o‘zining “Inclusive Education: From Policy to Practice” asarida inklyuziv ta’lim siyosati va uning amaliyotdagi qo‘llanilishi masalalariga urg‘u bergan. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (2020) tomonidan ishlab chiqilgan strategiya mamlakatimizda inklyuziv ta’lim rivojlanishining yo‘nalishlarini belgilaydi. Adabiyotlarni tahlil qilish natijasida aniqlangan muhim jihatlar: Inklyuziv ta’limda individual yondashuv asosiy tamoyil sifatida e’tirof etiladi. Inklyuziv ta’lim tizimida o‘qituvchilarning malakasini oshirish ham muhim omillardan biri hisoblanadi. Jamiyatning ijtimoiy inklyuziyaga bo‘lgan munosabati ta’lim samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Maxsus ehtiyojli bolalarning inklyuziv ta’lim tizimida muvaffaqiyat qozonishi pedagogik va tibbiy xizmatlarning sifati bilan bog‘liq. Ushbu tadqiqot sifatli va miqdoriy yondashuvlar asosida olib borildi. Tadqiqot metodlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Adabiyot tahlili: Inklyuziv ta’limning turli mamlakatlardagi amaliyotlari va nazariy asoslari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, inklyuziv ta’lim modelining tibbiy, pedagogik va ijtimoiy jihatlarining o‘zaro bog‘liqligi va natijalarga ta’siri aniqlandi. NATIJALAR. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki: 1. Tibbiy yondashuv- Nogironlikka ega bolalarni maxsus tekshiruvdan o‘tkazish va individual reabilitatsiya rejalarini ishlab chiqish orqali ularning ta’limga tayyorgarligi yaxshilanadi.Ko‘plab maktablarda defektolog va 99 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference logopedlar yetishmovchiligi mavjud. Reabilitatsiya markazlari bilan maktablar hamkorligining samaradorligi ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Psixologik yordam va tibbiy qo‘llab-quvvatlash xizmatlarining mavjudligi bolalarning o‘qish natijalariga ijobiy ta’sir qilmoqda. 2. Pedagogik yondashuv-Moslashtirilgan o‘quv rejalarining mavjudligi bolalarning bilim olishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘qituvchilarning inkl

Доказательный фрагмент

«Inklyuziv ta’lim nogironligi yoki maxsus ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga teng ta’lim imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan konsepsiya hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Inklyuziv ta’lim nogironligi yoki maxsus ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga teng ta’lim imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan konsepsiya hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
inclusive education, medical model, pedagogical model, social, pedagogik model, tibbiy model, ijtimoiy model, ta’lim siyosati., maxsus ehtiyojlar, inklyuziv ta’lim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники