К содержанию
РецензированоUZ2026

MIRZA SALIMBEK ASARLARIDA TEMURIYLAR DAVRI TARIXI

Qurbonov Murodjon Dehqonboy o‘g‘li · ORCID ID --- (Navoiy davlat pedagogika instituti, 3-bosqich tayanch doktorant)

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

This work analyzes the information about Amir Timur and the Timurid era as presented in Mirza Salimbek’s works *"Tarixi Salimiy"* and *"Tavorikhi muttaqadimin va muttaaxirin"*. It examines Timur’s origins, early life, military campaigns, and governance. The activities of Timurid rulers are briefly highlighted. The study focuses on Mirza Salimbek’s historical approach and assesses the reliability of the events he described. Kalit so‘zlar: Amir Temur, Movarounnahr, Shahrisabz, Chig‘atoy ulusi, Amir Husayn, Ulug‘bek Mirzo, Shohrux Mirzo, Samarqand, Astronomiya, Taxt talashuv. Ключевые слова: Амир Темур, Мавераннахр, Шахрисабз, Чагатайский улус, Амир Хусейн, Улугбек Мирзо, Шахрух Мирзо, Самарканд, Астрономия, Борьба за трон. Amir Temur, Movarounnahr, Shahrisabz, Chagatai Ulus, Amir Husayn, Ulugh Beg Mirzo, Shah Rukh Mirzo, Samarkand, Astronomy, Struggle for the throne. 67 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference KIRISH (INTRODUCTION) Mirza Salimbek ibn Muhammad Rahim (1850—1930) — Buxoro amirligi va Buxoro respublikasida yashagan tarixchi, shoir, davlat arbobi, diplomat. Mirza Salimbek Buxoro amirligining koʻpgina tumanlari va bekliklari hokimi boʻlgan, amirlarning diplomatik missiyalarini bajargan, inglizlar bilan muzokaralarda ham qatnashgan. RSFSR qoʻshinlarining 1920-yilgi Buxoro operatsiyasidan soʻng hibsga olinib, bir yildan soʻng ozodlikka chiqdi, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi qoshida maʼmur boʻlib ishladi, tarixiy tadqiqotlarda qatnashdi, eski kitoblar kutubxonasiga rahbarlik qildi. Mirza Salimbek o‘z xotiralarida Buxoro amirligi tarixi, bekliklardagi ahvol, hududlarning tarixiy geografiyasi shuningdek, Buxoro amirligida jadidlar faoliyatini tasvirlaydi [Бухорий А.Р. Рахимов К. Мирзо Салимбек колдирган мерос // Мозийдан садо,2006. № 1.]. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Mirza Salimbekning ilmiy faoliyati, tarixiylik, ijtimoiy-madaniy qarashlari, uning ijodida tarixiy voqealar, xususan Buxoro amirligi tarixi ham alohida oʻrinni egallaydi. Bu mavzu doirasi keng va dolzarb bo‘lib kelganligi uchun qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Mavzuga doir adabiyotlarni quyidagi guruhlarga bo‘lib oʻrganish mumkin: 1. Sovet davrida yaratilgan ilmiy tadqiqotlar; 2. Mustaqillik yillarida yurtimizda nashr qilingan ishlar; 3. Xorijda yaratilgan tadqiqotlar. NATIJALAR VA MUHOKAMA Mirza Salimbek o‘zining “Tarixi Salimiy” asarida Amir Temurni Qarochor Nuyon avlodidan bo‘lib, uning beshinchi avlodidan deb yozadi. Amir Temurning ota-bobolari rasmiy podshohlikka ega bo‘lmagan bo‘lsa-da, davlat ishlarini boshqarishda muhim rol o‘ynagan. Uning otasi Amir Tarag‘ay edi. Amir Tarag‘ay solih, yaxshi xulqli inson bo‘lib, Shayx Shamsiddin Kulol bilan yaqin aloqada edi. Farzandi Temurni Shayxning tarbiyasiga topshirgan va u Temurning kelajakda ulug‘ hukmdor bo‘lishini bashorat qilgan. Amir Temur 736 hijriy (milodiy 1336-yil) Sha’bon oyining 22-kuni, seshanba oqshomida Kesh shahrida (hozirgi Shahrisabz) tug‘ilgan. Uning tug‘ilishi davrida Movarounnahrda hukmdorlik Tarmashirinxonning qo‘lida edi. Tarmashirinxon Chig‘atoyxon avlodidan edi. 68 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Chig‘atoyxonning vafotidan so‘ng 96 yil o‘tgan bo‘lsa-da, Movarounnahrda uning avlodi bo‘lmish Bo‘zanjir hukmronlik qilgan. Eronda esa Sulton Abu Said ibn Xudobandadan so‘ng siyosiy tartibsizliklar yuzaga kelgan edi. Amir Qozoqon Tarmashirinxonning o‘g‘li Amir G‘ozonga qarshi chiqib, uni mag‘lubiyatga uchratib o‘ldiradi va taxtga o‘zi o‘tiradi. Amir Qozoqonning ikki o‘g‘li bo‘lgan: Amir Mansuriy va Amir Abdulloh. Amir Mansuriy Balx, Qunduz va Badaxshonni boshqarishga yuborilgan bo‘lsa, Amir Abdulloh otasi bilan qolgan. Qozoqonning vafotidan keyin, uning o‘rniga Amir Abdulloh taxtga o‘tirib, boshqaruvni davom ettirgan. Amir Mansuriy akasi Amir Abdullohga bo‘ysunishni istamay, ular orasida nizolar va ziddiyatlar kuchaydi. Buxoro va Movarounnahrda tartibsizliklar avj oldi. Har bir sardor o‘zicha hukmronlik qila boshladi. Bu vaqtda Amir Temur 25 yoshda edi. Amir Mansuriy Balxda vafot etdi va uning o‘rniga o‘g‘li Amir Husayn taxtga o‘tirdi. Amir Husayn kuchli va da’vogar hukmdor edi. Shu davrda Amir Temur Movarounnahrni bezobit holda ko‘rib, mamlakatni tartibga solish fikriga tushdi. U harbiy mashqlar, ov va janglar bilan shug‘ullandi. Amir Husaynning singlisiga uylanib, ular o‘zaro ittifoq tuzdilar va mamlakatdagi qarshilanuvchilarni yo‘q qildilar. Amir Temur Buxoro va Samarqandda boshqaruvni qo‘lga olib, Amir Husayn esa Balxda hukmronlik qildi. Mamlakatni dushmanlardan tozalash uchun Amir Temur ko‘p urushlar qildi va ko‘p mashaqqatlarni boshdan kechirdi. Uning o‘z "Tuzuklar"ida bu haqida batafsil yozilgan. Amir Husayn o‘z so‘zida turmadi va Amir Temurga qarshi fitna uyushtirdi, ammo bu fitna o‘ziga qarshi ishladi. Amir Temur Amir Husaynni yo‘q qildi va 772 hijriy yilda (1370-yil) Ramazon oyida Balxda toj kiyib, taxtga o‘tirdi. Amir Temurning zabt etishlari va hukmronligi Amir Temur B

Доказательный фрагмент

«This work analyzes the information about Amir Timur and the Timurid era as presented in Mirza Salimbek’s works *"Tarixi Salimiy"* and *"Tavorikhi muttaqadimin va muttaaxirin"*.»

Образец извлечения

Демо-превью

This work analyzes the information about Amir Timur and the Timurid era as presented in Mirza Salimbek’s works *"Tarixi Salimiy"* and *"Tavorikhi muttaqadimin va muttaaxirin"*. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Амир Темур, Мавераннахр, Шахрисабз, Чагатайский, Chig‘atoy ulusi, Ulug‘bek Mirzo, Amir Temur, Samarqand, Shahrisabz, Shohrux Mirzo, Amir Husayn, Astronomiya, Movarounnahr, Taxt talashuv.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники