К содержанию
РецензированоRU2026

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI O‘STIRISHDA BADIIY ADABIYOTNING AHAMIYATI

BADIIY ADABIYOTNING AHAMIYATI · Maxmudova Oygul Toxirjonovna · Tursunova Nigora Nurdinjon qizi

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

В данной статье анализируется значение художественной литературы в развитии речи детей дошкольного 127 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference возраста. Через сказки, стихи, рассказы автор объясняет значение культуры речи детей, а также эмоционального восприятия, воображения и творческого мышления, а также расширения словарного запаса, правильного произношения слов, формирования навыков связного и логичного выражения мыслей. В статье со всех сторон анализируется роль и значение художественной литературы в развитии речи дошкольников, а также даются практические рекомендации по повышению личностного развития и социальной гибкости детей. Также подчеркивается необходимость использования родителями и воспитателями эффективных методических приемов из художественной литературы дома и в организациях дошкольного образования, а также важность активизации речевой деятельности посредством инсценировок. Ключевые слова: художественная литература, культура речи, самостоятельное мышление, воображение, творческое мышление, методический подход, инсценировка, логическое выражение. Bolalar adabiyoti – bolalar va oʻsmirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, ilmiy- ommabop va publitsistik asarlar majmui. Bularning asosiy qismini badiiy asarlar tashkil etadi. Jahon xalqlari, shu jumladan, oʻzbek xalqi bolalar adabiyoti tez aytish, topishmoq, oʻyin qoʻshiqlari, rivoyat, afsona, ertak, maqol, masal va doston singari aksariyat qismi bolalarga moʻljallab yaratilgan ogʻzaki ijod namunalaridan boshlanadi. Bolalar adabiyotini bevosita bolalarga moʻljallab yaratilgan va aslida bolalarga moʻljallanmagan boʻlsa-da, keyinchalik bolalar adabiyotiga oʻtib qolgan asarlarga ajratish mumkin. Bolalar adabiyotining oʻziga xos xususiyati – u oʻzgaruvchan hodisa boʻlib, u kitobxon yoshi, tarixiy davr va ijtimoiy muhit bilan bevosita bogʻliq. Kitobxon yoshini hisobga olish bolalar adabiyotining eng asosiy xususiyatlaridandir. Masalan, maktabgacha yoshdagi bolalarda bu koʻrgazmalilik, ezgulik va yovuzlik kuchlarining oddiy koʻrinishdagi ziddiyatlariga asoslangan boʻlsa, oʻsmirlar uchun yaratilgan adabiyotda murakkab hayotdagi murakkab kishilarning ruhiyati ochila boshlaydi. Bolalar adabiyotining yana bir xususiyati uning harakatga boyligidir. Bundan bolalar adabiyotida syujetga boʻlgan talab ham kelib chiqadi. U voqealarning tezkor, qiziqarli, fantaziyaga, yumorga boy ravishda yechilishini talab qiladi. Maktabgacha yosh davri bolalarning shaxsiy va intellektual rivojlanishida muhim bosqich bo‘lib, aynan shu davrda nutq shakllanadi va faol rivojlanadi. Nutq bolaning atrof-muhitni tushunishi, o‘z fikr va his-tuyg‘ularini ifodalashi, boshqalar bilan muloqot qilishi uchun asosiy vosita sanaladi. Bu jarayonda badiiy adabiyotning o‘rni beqiyos bo‘lib, u bolalarga so‘z boyligini kengaytirish, 128 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference ifodali nutq ko‘nikmalarini shakllantirish, hissiy idrok va tasavvurni rivojlantirish imkoniyatini beradi. Ertaklar, she’rlar, hikoyalar orqali bola nafaqat tilning rang-barangligini o‘rganadi, balki axloqiy qadriyatlar, yaxshi- yomon tushunchalari bilan tanishadi. Adabiy asarlar bolalarning tasavvur dunyosini kengaytirib, ularda mustaqil fikrlash va kreativ yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shu sababli maktabgacha ta’lim jarayonida badiiy adabiyotdan maqsadli foydalanish bolalarning nutq rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Badiiy asarlar orqali bola o‘zida qahramonlarga hamdardlik qilish, yaxshilik va yomonlikni ajratish, hayotiy saboqlarni anglash kabi muhim jihatlarni rivojlantiradi. Shu bois badiiy adabiyotdan ta’lim jarayonida maqsadli foydalanish bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun muhim oʻrin egallaydi. Badiiy adabiyot — inson hayoti, ichki kechinmalari, jamiyat va tabiatga oid voqea-hodisalarni estetik idrok asosida badiiy obrazlar orqali ifodalovchi san’at turi. Bu adabiyot turining asosiy vazifasi nafaqat o‘quvchiga ma’lumot berish, balki uning qalbiga ta’sir qilish, hayotga bo‘lgan estetik munosabatini shakllantirishdir. Badiiy adabiyot so‘z san’ati vositasida inson ruhiyatiga kirib borib, uning tafakkurini o‘stiradi, axloqiy qadriyatlarni singdiradi va hissiy olamini boyitadi. Badiiy adabiyot janr jihatidan juda keng qamrovli bo‘lib, ertaklar, she’rlar, hikoyalar, dostonlar, romanlar, dramatik asarlar kabi shakllarni o‘z ichiga oladi. Ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini o‘stirishda xalq og‘zaki ijodi — ertak, topishmoq, maqol va matallar katta ahamiyat kasb etadi. Bu asarlar bolalarga fikrlarni obrazli tushuntirishga, nutqni ifodali qilishga va hayotiy tushunchalarni oson o‘zlashtirishga yordam beradi. Badiiy adabiyotning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:  Obrazlilik: hayotiy voqelik va insoniy kechinmalar badiiy obrazlar orqali namoyon bo‘ladi. Bu bolalarning tasavvurini kengaytiradi va ular atrofdagi olamni yanada chuqurroq idrok qila boshlaydilar.  Estetik ta’sir: badiiy adabiyot inson qalbi

Доказательный фрагмент

«В данной статье анализируется значение художественной литературы в развитии речи детей дошкольного 127 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference возраста.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье анализируется значение художественной литературы в развитии речи детей дошкольного 127 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference возраста. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fiction, speech culture, independent thinking, imagination, badiiy adabiyot, mantiqiy ifodalash., metodik yondashuv, tasavvur, nutq madaniyati, ijodiy tafakkur, mustaqil fikrlash, sahnalashtirish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники