К содержанию
РецензированоUZ2025

MENEJMENT-KORXONALARNI BOSHQARISH TIZIMI SIFATIDA

NEW RENAISSANCE · Sodiqova N.T. · Sharifova Aziza Askarovna

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

Maqola oliy ta’lim muassasalarida hamda menejmentlar uchun oson va qulay o’rganishlari uchun kerak bo’ladigan qo’llanma, bo’lib samarali metodlarni o’rgatadi. Maqolada menejment nazariyasini o’rganish, tahlil qilish, ayniqsa, boshqaruv sohasidagi ilmiy tadqiqotlar aytib o’tilgan. Kalit so’zlar: Menejment, boshqaruv, o’rgatish uslublari, samarali o’rgatish, korxona, metodikalarni o’rgatish. Menejment (inglizcha ”management” boshqarmoq, idora qilmoq, tashkil qilmoq. Menejment tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish. Menejmentlarning maqsadi va vazifalari ishlab chiqarish va tijoratni o’sishi va rivojlanishini o’rgatadi. Bajarilgan vazifalar va mo’ljallangan maqsadlarga erishilganligi bozorda baholanadi. Menejmentlar har xil turlarga bo’linadi. Masalan, moliyaviy menejment, innovatsion menejment, savdo menejmenti. Moliyaviy menejment – moliyani boshqarishni uni rivojlantirish va samaradorligini oshirish tizimi hisoblanadi. Ular o’z ichiga menejmentga ilmiy yondashuv, daromadlar va xarajatlar balansi, resurslardan foydalanish samaradorligi, balanslilik, rejalashtirish misol bo’la oladi. Innovatsion menejment - investitsiya kiritish, o’z ichiga innovatsion yo’nalishlar, innovatsiyalar, ishchilarni boshqarish qisqa qilib aytganda, investitsiyalarni boshqarishining majmuaviy usuli hisoblanadi. Savdo menejmenti – savdo korxonalarini ishlab chiqarishni boshqarish jarayonlaridan iborat qarorlarni shakllantirish, yuqori samaradorlikni ta’minlash. Masalan, ishlab chiqarish menejmenti- ishlab chiqarilayotgan tovarning aniq aniq bozordagi o’rnini raqobatbardoshligini ta’minlash tizimi hisoblanadi. Boshqaruv – bu obyektlarni rivojlantirish va takomillashtirish. Ishlab chiqarishni, tijoratni boshqarish, bozor faoliyatini boshqarish bo’yicha amaliy faoliyat. Boshqaruv ikki xil obyektning maqsadga qaratilgan o’zaro hamkorligidan iborat, biri boshqaruv subyekti o’rnida va yana biri boshqaruv obyekti o’rnida bo’ladi. 188 NEW RENAISSANCE 2025 MARCH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 3 Boshqaruv subyekti sifatida firma, korxona, xizmatlar majmuasi, yakka shaxs va boshqalar kiradi. Boshqaruv obyektiga esa, xodim, mrhnat jamoasi, ishchi, tovarlar, resurslar misol bo’la oladi. Boshqaruv jarayoni – bu bir biznes yoki tadbirkorlikni boshlashda korxonani qay darajada boshqarish, salbiy va ijobiy tomonlarini ko’rib chiqib, o’z maqsadlariga erishish uchun resurslardan samarali foydalanish, korxonani maksimal darajaga ko’tarish. Boshqaruv vazifalari – boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirish, mustaqil, ajralgan holda keltirish. Ishlab chiqarish hajmi, sifati, soni, ishlab chiqarish mexanizmi, raqobatbardoshligini ta’minlanishi. Boshqaruv usullari – qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun qo’llaniladi. Boshqaruv usullari va boshqaruv jarayonlari usullariga ajratiladi. Boshqaruv usullari obyektga ta’sir ko’rsatishning yakunlangan jarayonini ifodalaydi. Boshqaruv jarayoni usullari esa faqat ayrim ishlar uchun mo’ljallangan bo’ladi. Boshqaruv, rasmiy va norasmiy usullarga ham ajratiladi. Rasmiy bevosita ta’sir ko’rsatish usullaridan foydalanishda ta’sirning bevosita natijani olish ko’zda tutiladi. Norasmiyda esa vositali ta’sir ko’rsatish usullari bilan yuqori natijalarga erishish uchun sharoitlar ajratiladi. Korxonaning iqtisodiy salohiyati -korxona ixtiyorida bo’lgan resurslarni, mehnat, moddiy, nomoddiy, moliyaviy va boshqalarning majmuasi va uning xodimlari va uning xodimlari hamda menejerlarning tovarlar, xizmatlarni yaratish va kattaroq daromad olish maqsadida resurslardan foydalanish qobiliyati hisoblanadi. Har qanday korxonaning imkoniyatlari mavjud bo’lgan resurslar va ishlab chiqrishda ishga tushurilmagan zaxiralarga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun korxonaning salohiyati yana ham ishlab chiqarishga jalb qilingan va jalb qilinmagan, ammo undan foydalanish uchun tayyorlangan resurslar va zaxiralarning hajmi bilan belgilanadi. Har qanday muvaffaqiyat uchun resurslarga ega bo’lish, undan tashqari resurslardan qay darajada foydalanishni bilish kerak. Bu esa har qanday biznes yoki tadbirkorlikda birinchi darajali vazifa hisoblanadi. Tovar va xizmatlarni yaratish va maksilam darajada foyda olish maqsadida foydalanish qobiliyatlari bilan tavsiflanadi. Korxona salohiyatini amalga oshirishning yana bitta darajasi va natijalari bu yaratilgan mahsulotlar qay darajada kerakli, foydali va ko’p bo’lishi, daromadlarning hajmi hisoblanadi. Korxonani boshqarishni tashkil etish - bu maqsadli va boshqariladigan faoliyat bo'lib, u qo'yilgan vazifaga erishish uchun jamoaning ishini rag'batlantirish va nazorat qilishning turli 189 NEW RENAISSANCE 2025 MARCH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 3 usullarini birlashtiradi (bu tashkilotning global maqsadini ham, qisqa - muddatli, masalan, sotish bozorini ko'paytirish, mahsulot sifatini oshirish, sotish samaradorligini oshirish va hokazo). Korxonani boshqarish tizimini tashkil etish masalasini tushunish uchun uning maqsadlarini aniqlash

Доказательный фрагмент

«Maqola oliy ta’lim muassasalarida hamda menejmentlar uchun oson va qulay o’rganishlari uchun kerak bo’ladigan qo’llanma, bo’lib samarali metodlarni o’rgatadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqola oliy ta’lim muassasalarida hamda menejmentlar uchun oson va qulay o’rganishlari uchun kerak bo’ladigan qo’llanma, bo’lib samarali metodlarni o’rgatadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
korxona, o’rgatish uslublari, boshqaruv, metodikalarni o’rgatish., Menejment, samarali o’rgatish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники