К содержанию
РецензированоUZ2025

IQTISODIYOT FANINING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI O’RNI

NEW RENAISSANCE · Sodiqova N.T. · Yuldasheva Hulkar

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

Maqolada iqtisodiyot fanining jamiyat taraqqiyotidagi o’rni tahlil qilinadi. Iqtisodiyot nima? U nimaga kerak? va shu bilan bir qatorda mamlakatning rivojlanishiga iqtisodiyot qay darajada o’z ta’sirini ko’rsatadi kabi savollarga javob topib olamiz. Kalit so’zlar: Iqtisodiyot, umumiy iqtisodiy qonunlar, xususiy qonunlar, maxsus qonunlar, ehtiyoj, bozor iqtisodiyoti, an’anaviy iqtisodiyot, aralash iqtisodiyot. Har bir inson har kuni turli iqtisodiy muammolarga duch keladi: oziq-ovqat, uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qanday qondirish, kiyim-kechak, ta'lim, dam olish va hokazo, qanday turdagi iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanish, u yoki bu narsani sotib olish yoki olmaslik, ma'lum bir mahsulotni sotib olish yoki kerakli xizmatni ko'rsatish uchun yetarli daromad bormi va hokazo. Bularni to’g’ri tahlil qilish uchun esa iqtisodiyotga yuzlanamiz. Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog’liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlarni yaxlit qilib birlashtiruvchi iqtisodiy tizim bir so’z bilan iqtisodiyot deb ataladi. “Iqtisodiyot nazariyasi” fani mamlakatimizda yashayotgan hamma kishilarning daromadlari, ularning turmush darajasi faqat milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga bog‘liqligini, shu yurtda mehnat qilayotgan kishilarning ijodiy mehnati bilan vujudga kelgan milliy mahsulotning ko‘payishi, uning to‘g‘ri taqsimlanishi va foydalanilishi, milliy pul barqarorligi bilan bog‘liqligini ham o‘rgatadi va milliy istiqlol mafkurasining odamlar ongida shakllanishiga, ularning intellektual kamolotga erishuvida muhim rol o‘ynaydi. Iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo‘jaligi doirasida ro‘y beradi. Shuning uchun qadimgi grek olimlarining (Ksenofont, Platon, Aristotel) asarlarida iqtisodiyot – uy xo‘jaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan.Arab leksikonida «iqtisod» tejamkorlik ma’nosida tushunilgan, chunki islom diniga oid adabiyotlarda tejamkorlikka alohida e’tibor berilgan. Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot tushunchasi faqat uy, individual xo‘jalik yuritish yoki tejamkorlik ma’nosi bilan cheklanmaydi. 182 NEW RENAISSANCE 2025 MARCH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 3 Balki iqtisodiyot – mulkchilikning turli shakllariga asoslangan xo‘jaliklardan, xo‘jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, konsernlar, qo‘shma korxonalar, moliya va bank tizimlaridan, davlatlar o‘rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlardan iborat o‘ta murakkab iqtisodiy tizimni anglatadi. Iqtisodiyot tarmoqlari Iqtisodiyotning birlamchi tarmogʻi qishloq xoʻjaligi, baliqchilik, oʻrmon xoʻjaligi, ovchilik va qazib oluvchi sanoatni birlashtiradi. Iqtisodiyotning ikkilamchi tarmogʻi — ishlab chiqarish va qurilish . Iqtisodiyotning uchinchi sektori xizmat koʻrsatish sohasi deb ataladi. Koʻpincha iqtisodiyotning uchinchi sektoridan ajratilgan Iqtisodiyotning toʻrtlamchi sektori — axborot texnologiyalari, taʼlim, tadqiqot, global marketing, bank — moliya xizmatlari va ishlab chiqarish bilan emas, balki uni rejalashtirish va tashkil etish bilan bogʻliq boshqa xizmatlar. Mulkchilik shakliga koʻra davlat va xususiy sektorlar ajratiladi. Iqtisodiy faoliyatning oʻziga xos turlariga qarab iqtisodiyotning real sektori, noishlab chiqarish, moliyaviy sektorlarga boʻlingan. Iqtisodiyot shakllari Iqtisodiyotning quyidagi asosiy shakllari mavjud : • bozor • anʼanaviy • aralash Iqtisodiy oʻsish Iqtisodiy oʻsish deganda xalq xoʻjaligida real ishlab chiqarishning maʼlum vaqt oraligʻida (oy, chorak, yil) oʻsishi tushuniladi. Iqtisodiy rivojlanishdan farqli oʻlaroq, iqtisodiy oʻsish miqdoriy koʻrsatkich sanaladi. Haqiqiy ishlab chiqarish odatda real (yaʼni inflyatsiya omillaridan tozalangan) yalpi ichki mahsulot (YaIM), kamroq — real yalpi milliy mahsulot (YaIM), sof milliy mahsulot (SMM) yoki milliy daromad (MD) tushuniladi. Iqtisodiy oʻsish umumiy farovonlikning oʻsishi bilan chambarchas bogʻliq: umr koʻrish davomiyligining oshishi, tibbiy yordam sifati, taʼlim darajasi, ish kunining davomiyligining qisqarishi va boshqalar bilan xarakterlanadi. Iqtisodiy oʻsishning ekstensiv va intensiv omillari bilan farqlanadi Siyosiy iqtisod grekcha so‘zdan olingan bo‘lib «politikos» - ijtimoiy, «oykos» - uy, uy xo‘jaligi, «nomos» - qonun degani. 183 NEW RENAISSANCE 2025 MARCH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 3 Ya’ni uy yoki ijtimoiy xo‘jalik yuritish qonunlari ma’nosini beradi. 1575-1621 yillarda yashab, ijod qilgan fransuz iqtisodchisi Antuan Monkreten birinchi marta 1615 yilda «Siyosiy iqtisod traktati» nomli kichik ilmiy asar yozib, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asosladi. Keyinchalik klassik iqtisodchilar bu fikrni tasdiqlab, siyosiy iqtisod keng ma’noda moddiy va boshqa hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqaruvchi qonunlar to‘g‘risidagi fandir, deb yozgan edilar. «Iqt

Доказательный фрагмент

«Maqolada iqtisodiyot fanining jamiyat taraqqiyotidagi o’rni tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada iqtisodiyot fanining jamiyat taraqqiyotidagi o’rni tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
umumiy iqtisodiy qonunlar, ehtiyoj, bozor iqtisodiyoti, aralash iqtisodiyot., xususiy qonunlar, an’anaviy iqtisodiyot, maxsus qonunlar, Iqtisodiyot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники