Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BUGUNGI KUNDA MENEJMENTNING JAHONDA TUTGAN O‘RNI
NEW RENAISSANCE · Djurayeva M.S. · Davlatov Adhambek Bahrulla o'g'li
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada bugungi kunda menejmentning jahonda tutgan o‘rni, uning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri va innovatsion yondashuvlari yoritilgan. Menejmentning strategik ahamiyati, inson resurslarini boshqarish, barqaror rivojlanish va texnologik taraqqiyotdagi o‘rni tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Menejment, strategik boshqaruv, global iqtisodiyot, innovatsiyalar, inson resurslari, barqaror rivojlanish, korporativ mas’uliyat, raqamli transformatsiya, texnologik menejment, samaradorlik. Bugungi kunda menejment dunyo iqtisodiyoti va biznes sohalarining ajralmas qismi hisoblanadi. Har qanday tashkilot yoki korxonaning muvaffaqiyati samarali boshqaruv tizimiga bog‘liq. Zamonaviy menejment tamoyillari va strategiyalari global iqtisodiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatib, korxonalar rivojlanishining muhim omiliga aylanmoqda. Menejment (inglizcha: management) – (boshqarish, tashkil etish) – maxsus bosh qarish faoliyati; boshqarish to‘g‘risidagi fan. Menejmentning holati ishlab chiqarish samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda ishchi kuchining sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. Menejment fanining mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv ob’yekti orasidagi o‘zaro munosabat bo‘lib, uning asosiy vazifasi boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik san’ati sirlarini o‘rganishdan iborat. Menejment bilan maxsus tayyorgarlik ko‘rgan, boshqarishning qonun-qoidalarini chuqur biladigan malakali mutaxassislar – yollanma boshqaruvchilar – menejerlar shug‘ullanadilar. Ular aholining alohida ijtimoiy qatlamini tashkil qiladi. Menejmentning yuqori (firma strategiyasini ishlab chiqish), o‘rta (ishlab chiqarish, sotish, narx belgilash, mehnatni tashkil qilish), quyi (sex, bo‘lim doirasida ishni tashkil qilish, kunlik, haftalik, oylik ish topshiriqlari bajarilishini boshqarish) bo‘g‘inlari bor. Menejmentning bosh maqsadi – ishlab chiqarish samara- dorligini oshirish va foydani ko‘paytirishdan iborat. Menejmentda ikkita maqsadni ajratadilar: 151 NEW RENAISSANCE 2025 MARCH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 3 1. Umumiy (strategik) maqsadlar. 2. Maxsus maqsadlar. Umumiy (strategik) maqsadlar tashkilotni rivojlantirish konseptsiyasini aniqlaydi. Bu maqsadlar oldindagi istiqbollarga (bashoratlash, korxona faoliyatini reja- lashtirish) mo‘ljallangan bo‘ladi. Maxsus maqsadlar umumiy maqsadlarning tarkibida korxonaning asosiy faoliyat turlari, yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqiladi. Menejmentning bosh maqsadi har bir tashkilotning va bu tashkilotdagi har bir ishchining muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlashga yo‘naltirilgan boshqaruvni tashkil qilishdan iborat hisoblanadi. Menejmentning maqsadi uzoq muddatlarda korxonaning bozordagi o‘rnini saqlash, mustahkamlash va yashab qolishini, faoliyatini davom ettirishini ta’minlovchi boshqaruvni ishlab chiqish va qo‘llash hisoblanadi. Menejmentning asosiy vazifalari haqida ham menejment fanining tadqiqotchilari ko‘plab xulosalarni bildirishgan. Menejmentning jahonda tutgan o‘rni Menejmentning asosiy roli quyidagi jihatlarda namoyon bo‘ladi: - korxona va tashkilotlarning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash: • Raqobatbardoshlikni oshirish uchun samarali strategiyalar ishlab chiqish. • Resurslardan oqilona foydalanish va natijadorlikni oshirish. • Innovatsiyalar va texnologiyalarni joriy etish orqali samaradorlikni oshirish. - iqtisodiy rivojlanish va global bozordagi o‘rni: • Jahon miqyosida menejmentning rivojlanishi milliy iqtisodiyotlarga ta’sir qiladi. • Transmilliy korporatsiyalar menejmenti xalqaro bozorlarning rivojlanishiga hissa qo‘shadi. • Menejment orqali iqtisodiy inqirozlar va muammolarni boshqarish imkoniyati yaratiladi. - innovatsiyalar va texnologiyalarni rivojlantirish • Menejment yangi texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish va joriy etishda muhim rol o‘ynaydi. • IT-menejment va raqamli transformatsiya orqali korxonalar zamonaviy raqobat muhitida o‘z o‘rnini mustahkamlaydi. - inson resurslarini boshqarish va mehnat unumdorligini oshirish • Xodimlarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash. • Samarali motivatsiya tizimlari va inson kapitaliga investitsiya kiritish. • Jamoaviy ish madaniyatini rivojlantirish orqali kompaniyalar muvaffaqiyatini ta’minlash. - barqaror rivojlanish va ijtimoiy mas’uliyat • Ekologik menejment va yashil texnologiyalarni targ‘ib qilish. 152 NEW RENAISSANCE 2025 MARCH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 3 • Korporativ ijtimoiy mas’uliyat tamoyillarini joriy qilish. • Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun menejment tizimini takomillashtirish. Menejment bugungi dunyoda nafaqat korxonalar va tashkilotlarning samaradorligini oshirish, balki global iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida ham muhim rol o‘ynaydi. Innovatsiyalar, inson resurslarini boshqarish va iqtisodiy strategiyalarni ishlab chiqish orqali menejment hozirgi zamonaviy dunyoning ajralmas qismiga aylangan.
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada bugungi kunda menejmentning jahonda tutgan o‘rni, uning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri va innovatsion yondashuvlari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada bugungi kunda menejmentning jahonda tutgan o‘rni, uning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri va innovatsion yondashuvlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- samaradorlik., raqamli transformatsiya, korporativ mas’uliyat, inson resurslari, global iqtisodiyot, strategik boshqaruv, innovatsiyalar, barqaror rivojlanish, Menejment, texnologik menejment
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026