Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GURGANJDA FAOLIYAT YURITGAN ILM MASKANI
GURGANJDA FAOLIYAT YURITGANILMMASKANI
Международный журнал научных исследователей · 10 · 2025
Аннотация
The article is devoted to the activities of the Khorezm Academy of Mamun, which operated in the 11th century in Gurgenj in the state of the Khorezmshahs. The article also contains extensive information about the scientific research and works of scientists, as well as doctors who worked intheacademy. Keywords. Academy, civilization, doctor, dynasty, Mamunids, Khorezmshahs, Samanids. Kirish. IX–XIII asr boshlarilarda O‘rta Osiyo xalqlari hayotida ro‘y bergan madaniy uyg‘onish (renesans) davri butun jahon tsivilizatsiyasi tarixida yorqin iz qoldirdi. O‘sha davrlarda Arab imperiyasi tarkibidan ajralib chiqqan va hozirgi O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan somoniylar va xorazmshohlar saltanati davlat arboblari ilm-fan va madaniyat ravnaqi uchunham zarursharoitlarni yaratishga intilgandilar. Asosiy qism. 995 yilda Gurganj hokimi Ma’mun ibn Muhammad Xorazmni birlashtirish maqsadida uning janubiy poytaxti Kot shahrini qo‘shin bilan bosib oldi. Natijada Xorazmda Ma’muniylar sulolasining 22 yillik hukmronlik davri boshlandi. Uning hukmdorlari Ali ibn Ma’mun (997–1009) va Abul Abbos Ma’mun ibn Ma’mun (1009–1017) davrida Gurganjda “Dorul–hikma” nomi bilan tarixda o‘chmas iz qoldirgan ilmiy markaz faoliyat ko‘rsatdi. Gurganjda faoliyat yuritgan ilmiy maskan o‘z zamonasining 40 dan ortiq taniqli olimlarni birlashtirgandi. Ularning aksariyati ko‘p qirrali ilm sohiblari bo‘lib, o‘zaro hamkorligi va baxs-munozaralari jarayonida falakiyot (astronomiya), riyoziyot (matematika), handasa (geometriya), tarix, falsafa, mantiq, jo‘g‘rofiya (geografiya), tibbiyot (meditsina), dorishunoslik kabi fanlarning dolzarb muammolari yechimini topishga muvaffaq bo‘ldilar. Olimlarning erishgan yutuqlari va merosi uzoqdagi yulduzlardek bugungacha yorqin nursochib turibdi. Ma’mun akademiyasi olimlarining sardori va rahnamosi Abu Rayhon Beruniy edi. Xorazmshoh Ma’mun taklifi bilan mazkur ilm dargohiga asos solgan Al-Beruniy 36 yoshda 19 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 10,issue2,March 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X bo‘lishiga qaramasdan bilim ahli orasida tashkilotchilik qobiliyati yuqori bo‘lgan obro‘li olim sifatida tan olingandi. Yoshligida Abu Nasr Mansur ibn Iroq (958-1036) ismli yirik matematik olimdan tahsil olgan Al-Beruniy dastlab astronomiya faniga ixlos qo‘ydi. 997 yilda u Eronning Jurjon shahriga muhojirlikka ketib, muhtojlikda yashagan davrida tarix fani bilan jiddiy shug‘ullandi. Natijada taxminan 1000 yilda o‘zining dastlabki fundamental ilmiy asari — "Al osor ul boqiya an ul-qurun ul-holiya" ("Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar") kitobini yozib tugatdi. Keyinchalik olim "Kitob ul-musamarafi axbori Xorazm" ("Xorazm haqidagi axborotlar to‘g‘risida suhbatlar") nomli yana bir tarixiy kitobni yozdi [2]. 1004 yilda xorazmshoh Ali ibn Ma’mun taklifi bilan vataniga qaytgan Al-Beruniy samoniylar, qoraxoniylar va g‘aznaviylar davlati arboblari zulmidan jafo tortib Urganchga kelgan ko‘plab olimlar qatori “Dorul–hikma”da faoliyat ko‘rsata boshladi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, Beruniy xorazmshoh va uning dono vaziri Ahmad ibn as–Suhayliy bilan bir qatorda muhojir ilm ahliga muruvvat ko‘rsata boshladi. Ular orasida mashhur faylasuf, shoir va tabiblar — Abul Xayr ibn Hammor, Abu Abdulloh Iloqiy, Abu Sahl Masihiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Mansur Qamariy, matematik va astronom Abu Nasr Mansur ibn Iroq, Mahmud Hamid ibn Xidr al-Xo‘jandiy, tarixchi va tilshunos olimlar — Abu Mansur as-Saolibiy, Abu Ali ibn Miskavayh, kimyogar Abulhakim Muhammad ibn Abdumalik as-Solih, Al-Xorojiy, Al-Hamdakiy, Abu Abdulloh Al-Biyan Naisaburiy, Ahmad ibn Muhammad as-Sahri, Ahmad ibn Hamid an-Naisaburiy va hozirgacha ism-shariflari aniqlanmagan yana boshqa o‘nlab iqtidorliolimlarboredi[2]. 1017 yilda Xorazmni bo‘ysundirgan Sulton Mahmud bir guruh olimlar qatori Al- Beruniyni ham G‘aznaga olib ketdi. Yangi joyda olimning rahbarligida "Yamin rasadxonasi" nomi bilan observatoriya qurildi. Umrining oxirigacha G‘azna shahrida yashagan olim keksayganida ham kecha-yu kunduz ijod qildi. Uning qalamiga mansub 154 ta asarlar orasidan "Minerologiya", "Geodeziya", "Farmakogneziya", "Hindiston" kabi fundamental tadqiqotlar o‘rin olgan. "Ulug‘ bunyodkor Beruniy fanning bir qator hal qiluvchi masalalarida o‘z davridan besh yuz yil, balki undan ham ko‘proq oldinga ketgandi", — deb yozgandi olimning ilmiy merosiga yuqori baho bergan akademik S.P.Tolstov[2]. Al-Beruniyning tibbiyot ilmi bilan jiddiy shug‘ullanganligi haqida aniq mahlumotlar saqlanib qolmagan bo‘lsada, uning tabiblik sanhati sirlaridan bevosita voqif bo‘lganligi va ayniqsa dorivor giyohlarni juda yaxshi bilganligiga zarracha shubha yo‘q. CHunki u butun umri davomidagi izlanis
Доказательный фрагмент
«The article is devoted to the activities of the Khorezm Academy of Mamun, which operated in the 11th century in Gurgenj in the state of the Khorezmshahs.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article is devoted to the activities of the Khorezm Academy of Mamun, which operated in the 11th century in Gurgenj in the state of the Khorezmshahs. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Academy, civilization, doctor, dynasty, Mamunids, Khorezmshahs, Samanids, tsivilizatsiya, Akademiya, tabib, sulola, Horazmshohlar, Ma’muniylar, Somoniylar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025