К содержанию
РецензированоUZ2025

ONLAYN TAʼLIMNING AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI

Buxoro davlatpedagogikaIngliztili · Erkinova AsilaAkmalovna · Safoyeva Sadokat Nasilloyevnataqrizi talabasi (adabiyotikafedrasi katta oʻqituvchisi Buxoro davlat pedagogika instituti) · ONLAYNTAʼLIMNING AFZALLIKLARI VAKAMCHILIKLARI (adabiyotikafedrasi katta oʻqituvchisi Buxoro davlat pedagogika instituti)

ИКРО журнал · 14 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada onlayn taʼlim tizimining foydali tomonlari va zararli jihatlari tahlil qilinadi. Rivojlanib borayotgan zamonaviy texnologiyalarning óqitish tizimiga bólgan taʼsirlari bayon qilinadi. Onlayn taʼlimning bir qancha kamchiliklari bólsa-da, u órgatuvchi va órganuvchiga birdek qulayliklarga sabab bóladi va vaqtning tejalishiga olib keladi. Maqolada turli tadqiqot vatahlillarnatijasidaonlayn taʼlimtiziminingsamaradorligi yuqori baholanadi. Kalit soʻzlar: onlayn tizim, raqamli texnologiyalar, anʼanaviy taʼlim, zamonaviy óqitish usullari, taʼlimsifati. Kirish: Raqamli texnalogiyalar yurtimizni tubdan ózgartiryapti desak mubolagʻa bólmaydi. Zamonaviy dunyoda ta’lim jarayoni raqamli texnologiyalar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib bormoqda. An’anaviy ta’lim tizimi bilan bir qatorda onlayn ta’lim ham keng ommalashmoqda Ayniqsa, COVID-19 natijasida yurtimizda barcha óquv oliygohlari masofaviy yaʼni onlayn tizimga ótishi munosabati bilan, onlayn taʼlimning afzalliklari barchamizga namoyon bóldi. Biroq onlayn taʼlim ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarni olib keladi. Ushbu maqola onlayn taʼlim shaklining asosiy afzalliklari vakamchiliklarini tahlil qiladi. Materiallar va uslublar: Ushbu tadqiqot davomida xalqaro ta’lim tashkilotlari hisobotlari, ilmiy maqolalar, amaliy tajribalar va statistik ma’lumotlardan foydalanildi. Tadqiqotda qiyosiy tahlil usuliva intervyu natijalari asosidaonlayn ta’limningsamaradorligi baholandi. Natijalar vamuhokamalar: 1.Onlayn taʼlimning afzalliklari 1.1.Taʼlimolishdaerkinlik. Onlayn taʼlimning eng ustuvor afzalliklaridan biri talabalar taʼlim olish uchun maxsus joyga borishlari kerak emas, ular istalgan joydan turib ham bemalol, erkin holda bilim olishlari mumkin. Ayniqsa, buchekka hududlarda yashovchilar uchun qulay va samaraliroq. 1.2.Taʼlimolishdamoslashuvchanlik Anʼanaviy taʼlimdagi eng katta muammo — bu barcha uchun bir xil bilim berish uslubi ishlatilinishidir.Istalgan sinfda tengdoshlaridan ortda qolgan yoki oldinga oʻzib ketgan oʻquvchilarni uchratishimiz mumkin. Hatto, eng yaxshi oʻqituvchi ham qachonlardir oʻzidan ushbu savolni soʻragan: “Men, koʻproq oʻrganuvchilar mavzuni tushunishi uchun sekinlashishim kerakmi yoki oʻquv-rejani tugatish uchun mavzularni tezroq oʻtishim kerakmi?"Mana shuning uchun, ular tezlik va ta’lim berishda oʻrta holatda saqlashga harakat qiladi.Onlayn taʼlim bu muammoni hal qila oladi. Negaki, u individual taʼlim berishga asoslangan va taʼlim olish jarayoni oʻquvchi hamda uningmoslashuvchanligiga qarab oʻzgaradi. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 1.3.Vaqt vamablağtejalishi. Anʼanaviy taʼlim tizimidam farqli ravishda, onlayn bilim olish ham qisqa vaqtni, ham kamroq mablagʻni talab etadi. 1.4.Xalqaro ta’limolishimkoniyati Onlayn taʼlim bizga dunyoning yetakchi universitetlari va professorlaridan ta’lim olish imkoniyatini beradi. Biz dunyodagi top universitetlardan bilim olish uchun ósha davlatlarga borishimiz kerak emas, biz raqamli texnologiyalardan foydalangan holda, óz qulay sharoitimizda bilimolish imkoniyatigaegamiz. Bu afzalliklar onlayn taʼlim tizimining yanada rivojlanishiga va unga bólgan talab yuqori bólishiga olibkeladi. Shuningdek, 2022-yilning oktabrida hukumat qarori bilan OTMlarda masofaviy ta’limni joriy etish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yilidan davlat va xususiy oliygohlarga masofaviy ta’lim yo‘nalishidakadrlar tayyorlashga ruxsat berildi. Mutaxassislar onlayn ta’limning samaradorligini bir nechta omillar bilan izohlagan. Xususan, ayollarning mehnat bozoridagi ishtirokini oshirishi, nogironligi bo‘lganlarga oliy ta’lim imkoniyatlarni taqdim etishi hamda mamlakatda oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirishi shularjumlasidan. 2.Onlayn taʼlimning kamchiliklari. 2.1. Yuzma-yuz muloqotning yetishmasligi. Talaba va oʻqituvchi órtasida jonli muloqotning yetishmasligi sababli, óquv jarayonida tushunmovchiliklar vamotivatsiyaning pasayishi kelib chiqishimumkin. 2.2.Intizomva óz-óziniboshqarish. Baʼzi talabalar mustaqil taʼlim olishga moslashishlari, óquv jarayonida masʼuliyatli bólishlari qiyin bóladi. Bundan tashqari onlayn taʼlimda tartib-intizomni saqlash ham muhim ahamiyatga ega. 2.3Texnikmuammolar vaamaliy mashgʻulotning cheklanganligi. Onlayn taʼlim sifati texnik infratuzilma va internet tezligiga bog‘liq. Ba’zi hududlarda internetning yetarli emasligi yoki elektr ta’minoti uzilishi o‘quv jarayonini qiyinlashtirishi mumkin. Laboratoriya ishi, tibbiy mashg‘ulotlar yoki texnik mutaxassisliklar kabi sohalarda onlayn ta’lim yetarli darajadasamarali emas. Chunki bunday yo‘nalishlar ko‘proq amaliy tajribagaasoslanadi. Xulosa Sónggi yillarda onlayn taʼlim zamonaviy taʼlimning ajralmas qismi bólib bormoqda desak yanglishmagan bólamiz. Uning afzalliklari orasida qulaylik, vaqt tejash va xalqaro ta’lim olish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoy

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada onlayn taʼlim tizimining foydali tomonlari va zararli jihatlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada onlayn taʼlim tizimining foydali tomonlari va zararli jihatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
taʼlim sifati., raqamli texnologiyalar, anʼanaviy taʼlim, onlayn tizim, zamonaviy óqitish usullari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники