Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI LINGVISTIK TUSHUNCHALAR BILAN TANISHTIRISH JARAYONIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
Adizova Nodira Baxtiyorovna taqrizi (Buxoro davlatpedagogikainstituti Shodiyeva Mehribon Amin qizi) · BOSHLANG‘ICH SINFO‘QUVCHILARINI LINGVISTIK TUSHUNCHALARBILAN (Buxoro davlatpedagogikainstituti Shodiyeva Mehribon Amin qizi) · TANISHTIRISHJARAYONIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH (Buxoro davlatpedagogikainstituti Shodiyeva Mehribon Amin qizi)
ИКРО журнал · 14 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini lingvistik tushunchalar bilan tanishtirishda turli interfaol metodlardan foydalanishga oid fikr mulohazalar berilgan hamda tegishli misollarorqali yoritilgan. KALIT SO‘ZLAR: “Svetofor” metodi, Xalqaro baholash dasturi, “intervyu” metodi, lingvistik tushunchalar, so‘z,so‘zbirikmasi, gap, gap bo‘laklari. KIRISH: O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov aytganlaridek: “Har bir millatning kelajagi istaymizmi-yo‘qmi, o‘qituvchilar saviyasiga bog’liq. Bu haqiqatni hech qachon esdan chiqarmasligimiz lozim”. Darhaqiqat, yoshlar kelajagimiz bunyodkoridir, ularning kelajakda yetuk va barkamol shaxs bo‘lib shakllanishida boshlang‘ich ta’limning o‘rni beqiyosdir. Puxta egallangan dastlabki bilimlar yuqori sinfda o‘rganiladigan bilimlar uchun zamin hozirlaydi. Bugungi kunda mamlakatimiz ta’lim tizimida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Xalqaro baholash dasturlarining maqsadi ham keng tafakkurli, o‘z fikrini erkin bayon qila oladigan o‘quvchilarni tayyorlashdan iborat. Yangilangan ona tili darsliklarida ham aynan shu jihatni ko‘rishimiz mumkin. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ona tili darslarida lingvistik tushunchalarni o‘rgatish bevosita matn ustida ishlash jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, bunda tilning barcha bo‘limlari o‘zaro aloqadorlikda namoyon bo‘ladi. Lingvistik bilimlarni yetarlicha egallash natijasida tilning lug‘at boyligi oshadi, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqi rivojlanadi. So‘z, so‘z birikmasi hamda gap o‘rtasidagi o‘xshash va farqli jihatlarni o‘zlashtirish orqali berilgan matnni to‘g‘ri tahlil qilish,mazmuninianiqlashga erishish mumkin. MATERIALLAR VA USLUBLAR: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining estetik dunyoqarashini shakllantirish, og‘zaki bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda, avvalo, gap va uning sintaktik hamda mazmuniy jihatdan to‘g‘ri tuzilishi muhim ahamiyatga ega. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki nutqini shakllantirish hamda imlo malakalarini yana-da rivojlantirishda so‘z, gap haqidagi ma’lumotlarni yetarlicha yetkazib berish zarur. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida gap haqidagi dastlabki ma’lumotlar 1-sinfdan boshlab berib boriladi. Dastlabki tasavvurlar esa savodxonlik davridan-oq hosil qilinadi. 3-sinfda o‘quvchilar gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklari bilan tanishadilar. Bu mavzu orqali gap bo‘laklari va ularning joylashuvi haqidagi tasavvurlar hosil bo‘ladi. Ushbu mavzuni yana-da aniqroq va qiziqarli tarzda tushuntirish uchun turli interfaol metodlardan foydalanish mumkin. Masalan, “Svetofor” metodini qo‘llash yaxshi samara beradi. Ma’lumki,svetoforni 3tachiroqlarisiztasavvur qilolmaymiz. Gapni ham to‘ldirib, bir butun holatga kelishida har bir bo‘lakning alohida o‘rni va ahamiyati bor. O‘quvchilar guruh shaklida yoki alohida bo‘lib bajarishlari mumkin. Qizil, sariq, yashil rangli doirachalarga ega, kesim va ikkinchi darajali bo‘laklarga oid so‘zlar yoziladi. Qaysi o‘quvchi yoki guruh ko‘proq “svetofor”larni hosil qilsa g’olib deb topiladi. Bunda tuzilgan gaplar mazmunan bir-biriga mos bo‘lishiga e’tiborqaratiladi. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 ega Nigora ikkinchidarajalibo‘lak bog’ga kesim bordi “Intervyu” metodi ham o‘quvchilarning tasavvur olamini kengaytirib, nazariy va amaliy bilimlarini uyg‘un holda amalga oshirishga yordam beradi. Bunda o‘quvchilarga kundalik hayotda ro‘y bergan biror voqea haqida intervyu tayyorlash vazifasi beriladi. Bunda vazifani partadoshlari bilan birga bajarishlari mumkin. Voqeani bayon qilishda qo‘llanilgan so‘z, so‘z birikmasi hamda gaplarning mazmunan va grammatik jihatdan o‘zaro bog‘liqligiga e’tibor qaratiladi. Sinfdagi o‘quvchilarning qobiliyatlarini inobatga olgan holda vaqt belgilanadi. Har bir “intervyu” lingvistik tahlildan o‘tkaziladi. Metodlarga qo‘shimcha ravishda turli lingvistik topshiriqlar ham berish mumkin. Muhimi, tanlangan metod yoki topshiriqlar to‘plami mavzu kesimida, o‘quvchilar saviyasiga mos holda tanlanishi lozim. O‘quvchilar berilgan vazifalarni amalga oshirish davomida lingvistik tushunchalarning mohiyatini yaxshiroq tushunib boradilar. Asosiysi, tanlangan metod va pedagogik texnologiyalar o‘z maqsadiga erisha olishizarur. NATIJALAR VA MUHOKAMALAR: K.Qosimovaning “Ona tili o‘qitish metodikasi” kitobida shunday deyiladi: “,,So‘z“ mavzusi o‘tilayotganda o‘quvchilar tomonidan so‘zning talaffuzi, leksik ma’nosi, morfologik tarkibi, grammatik belgilari, yasalishi, nutqda ishlatilishi va yozilishini yaxlit tushunishga asosiy diqqat qaratiladi. Bunda o‘qituvchi so‘zning nom bo‘lib xizmat qilishini ham, morfemik tarkibi va leksik ma’nosining bir-biriga ta’sirini ham o‘quvchilarning tushunib olishlariga erishishi lozim. ,,Gap“ mavzusini o‘rganish vaqtida esa ishning asosiy yo‘nalishi nutqda gapning til birligi sifatidagi vazifasini tushuntirish va o‘quvchilarda og’zaki va yozma nutqlarida gapdan oson foydalanish k
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini lingvistik tushunchalar bilan tanishtirishda turli interfaol metodlardan foydalanishga oid fikr mulohazalar berilgan hamda tegishli misollarorqali yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini lingvistik tushunchalar bilan tanishtirishda turli interfaol metodlardan foydalanishga oid fikr mulohazalar berilgan hamda tegishli misollarorqali yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- so‘z, “Svetofor” metodi, “intervyu” metodi, so‘z birikmasi, gap bo‘laklari., gap, lingvistik tushunchalar, Xalqaro baholash dasturi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025