Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR VA ELEKTROMAGNIT MAYDONLARINING INSON SALOMATLIGIGA TA'SIRI: XAVFLAR VA HIMOYA CHORALARI
Janabaeva Nasiba Bayrambay qizi · ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR VAELEKTROMAGNIT MAYDONLARINING · INSONSALOMATLIGIGA TA'SIRI:XAVFLAR VAHIMOYACHORALARI
ИКРО журнал · 14 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada elektr va magnit maydonlarning (EMM) inson salomatligiga ta’siri o‘rganiladi. Zamonaviy texnologiyalar hayotimizningajralmas qismiga aylangan bo‘lsa-da, ularning uzoq muddatli ta’siri hali to‘liq o‘rganilmagan. Maqolada elektromagnit maydonlarning asab, yurak-qon tomir, immun va gormonal tizimlarga salbiy ta’siri, shuningdek, saraton kasalligi bilan bog‘liq ehtimoliy xavflar muhokama qilinadi. Bundan tashqari, elektromagnit nurlanishdan himoyalanish usullari va ehtiyot choralariga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqotlar davom etayotgan bo‘lsa-da, kundalik hayotda texnologiyalardan me’yorida foydalanish inson salomatligini saqlashda muhim omilbo‘lib xizmat qiladi. Kalit so’zlar: Zamonaviy texnologiyalar, elektromagnit maydon, tadqiqotlar, salbiy ta’siri, elektr nurlanish, texnologiya, inson salomatligi, himoyalanish choralari, saraton xavfi. KIRISH Zamonaviy jamiyatda elektr va magnit maydonlari (EMM) inson hayotining ajralmas qismiga aylangan. Elektr energiyasidan keng foydalanish, mobil aloqa vositalari, Wi-Fi tarmoqlari va turli maishiy texnikalar elektromagnit nurlanish manbalaridir. Uzoq muddatli elektromagnit maydonlarning inson salomatligiga ta’siri hozirgi kunda ilmiy izlanishlar va bahs- munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Ba’zi tadqiqotlar elektromagnit nurlanishlarning asab tizimi, yurak-qon tomir faoliyati va immunitetga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ko‘rsatadi. Shuningdek, elektromagnit to‘lqinlarning saraton kasalliklari bilan bog‘liqligi bo‘yicha ham turli fikrlar mavjud. Shu sababli, ushbu maqolada elektromagnit maydonlarning inson organizmiga ehtimoliy ta’siri va ulardan himoyalanish choralari haqida so‘z yuritiladi. Elektromagnit maydonining inson organizmiga ta'siri elektr va magnit maydonlarining kuchlanishi, energiya oqimining intensivligi tebranish chastotasi, nurlanishning tananing ma'lum yuzasida to'planishi va inson organizmining shaxsiy xususiyatlariga bog'liq bo'ladi. Elektromagnit maydonining inson organizmiga ta'sir ko'rsatishining asosiy sababi inson tanasi tarkibidagi atom va molekulalar bu maydon ta'sirida musbat va manfiy qutblarga bo'lina boshlaydi. Qutblangan molekulalar elektromagnit maydoni tarqalayotgan yo'nalishga qarab harakatlanaboshlaydi. Elektromagnit maydonining inson organizmiga ta'siri natijasida qon, hujayralar oralig'idagi suyuqliklar tarkibida tashqi maydon ta'siridan ionlashgan toklar hosil qiladi. O'zgaruvchan elektr maydoni inson tanasi hujayralarini o'zgaruvchan dielektrik qutblanish, shuningdek, o'tkazuvchi toklar hosil bo'lishi hisobiga qizdiradi. Issiqlik samarasi elektromagnit maydonlarining energiya yutishi hisobiga bo'ladi. Energiya yutilishi va ionlashgan toklarning hosil bo'lishi biologik hujayralarga maxsus ta'sir ko'rsatishi bilan kechadi, bu ta'sir inson ichki organlari va hujayralaridagi nozik elektr patensiallari ishini buzish va suyuqlik aylanish funksiyalarining o'zgarishi hisobiga bo'ladi. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 O'zgaruvchi magnit maydoni atom va molekulalarning magnit momentlari yo'nalishlarining o'zgarishiga olib keladi. Bu effekt inson organizmiga ta'sir ko'rsatish jihatidan kuchsiz bo'lsada, lekin organizm uchun befarq deb bo'lmaydi. Maydonning kuchlanishi qancha ko'p bo'lib uning ta'sir davri davomli bo'lsa, organizmga ko'rsatuvchi ta'siri shuncha ko'p bo'ladi.Tebranish chastotasining ortishi tana o'tkazuvchanligi va energiya yutish nisbatini oshiradi, ammo kirib borish chuqurligini kamaytiradi. Uzunligi 10sm dan qisqa bo'lgan to'lqinlarning asosiy qismi teri hujayralarida yutilishi tajriba asosida tasdiqlangan. 10-30 sm diapazondagi nurlanishlar teri hujayralarida kam yutiladi (30-40%) va asosan ularning yutilishi insonning ichki organlariga to'g'ri keladi. Bunday nurlanishlar nihoyatda xavfli hisoblanadi. Organizmda hosil bo'lgan ortiqcha issiqlik ma'lum chegaragacha inson organizmining tyermoregulyasiyasi hisobiga yo'qotilishi mumkin. Issiqlik chegarasi deb ataluvchi ma'lum miqdordan boshlab (I>10 mVt/sm²), inson organizmda hosil bo'layotgan issiqlikni chiqarib tashlash imkoniyatiga ega bo'lmay qoladi va tanaharorati ko'tariladi, buesa o'z navbatida organizmga kattazarar etkazadi. Issiqlik yutilishi inson organizmining suvga serob qismlarida yaxshi kechadi (qon, muskullar, o'pka, Jigar va h.k). Ammo issiqlik ajralishi qon tomirlari sust rivojlangan va tyermoregulyasiya ta'siri kam bo'lgan organlar uchun juda zararlidir. Bularga ko'z, bosh miya, buyrak, ovqat hazm qilish organlari, o't va siydik xaltalari kiradi. Ko'zning nurlanishi ko'z korachig'ining xiralashishiga (kataraktaga) olib keladi. Odatda ko'z qorachig'ining xiralashishi birdaniga rivojlanmasdan, nurlangandan keyinbirnecha kunyoki birnecha haftakeyinpaydo bo'ladi. Elektromagnit maydoni inson organizmiga ma'lum o'tkazuvchanlikka ega bo'lgan dielektrik moddiy sifatida hujayralarga issiqlik ta'sirini ko'rsatib
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada elektr va magnit maydonlarning (EMM) inson salomatligiga ta’siri o‘rganiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada elektr va magnit maydonlarning (EMM) inson salomatligiga ta’siri o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- salbiy ta’siri, elektromagnit maydon, saraton xavfi., himoyalanish choralari, tadqiqotlar, texnologiya, Zamonaviy texnologiyalar, elektr nurlanish, inson salomatligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025