К содержанию
РецензированоUZ2025

VEB-SAYTLARNI OPTIMALLASHTIRISHDA HTML, CSS VA JAVASCRIPTNING SEOGA TA’SIRI

PhD, yo‘nalishi Talabasi (AndijonDavlat Texnika Instituti Ostanaqulov XojiakbarMansurqulo‘g‘li) · ORCID ID: --- (Atajonova SaidaxonBorataliyevna Andijon Davlat TexnikaInstituti) · VEB-SAYTLARNI OPTIMALLASHTIRISHDAHTML (Atajonova SaidaxonBorataliyevna Andijon Davlat TexnikaInstituti) · CSSVA JAVASCRIPTNING (Atajonova SaidaxonBorataliyevna Andijon Davlat TexnikaInstituti) · SEOGA TA’SIRI (Atajonova SaidaxonBorataliyevna Andijon Davlat TexnikaInstituti)

ИКРО журнал · 14 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada veb-saytlarni optimallashtirish jarayonida HTML, CSS va JavaScript dasturlash tillarining roli va ularning SEOga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda semantik HTMLning qidiruv tizimlari uchun muhimligi, CSS orqali sahifaning yuklanish tezligini oshirish usullari hamda JavaScript kodining indeksatsiyaga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, veb-saytning mobil moslashuvchanligi va interaktivlik darajasi reytingga qanday ta’sir qilishi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ushbu dasturlash tillarining to‘g‘ri optimallashtirilishi qidiruv tizimlarida yuqori natijalarga erishish va foydalanuvchi tajribasini yaxshilashda muhimomilhisoblanadi. Kalit so‘zlar: SEO, veb-sayt optimallashtirish, HTML, CSS, JavaScript, qidiruv tizimlari, indeksatsiya, yuklanish tezligi, semantik HTML, mobil moslashuvchanlik, foydalanuvchi tajribasi. Kirish. Bugungi kunda internet texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida veb-saytlarni yaratish va ularni qidiruv tizimlari uchun optimallashtirish dolzarb masalaga aylangan. Har bir veb-sayt o‘z auditoriyasiga tez va oson yetib borishi, foydalanuvchilarga qulaylik yaratishi hamda qidiruv tizimlari natijalarida yuqori o‘rinlarni egallashi uchun ma’lum bir texnik talablarni bajarishi lozim. Ayniqsa, veb-saytning texnik jihatdan to‘g‘ri shakllantirilishi va optimallashtirilishi uning muvaffaqiyatli ishlashi uchun juda muhim. Bu jarayonda HTML, CSS va JavaScript kabi asosiy dasturlash tillari katta rol o‘ynaydi. Ushbu tillar veb-sayt tuzilishini yaratish, dizayn va interaktivlikni ta’minlash bilan birga, qidiruv tizimlari tomonidan saytni to‘g‘ri indeksatsiya qilishva foydalanuvchi tajribasini yaxshilashga ham xizmat qiladi. HTML (HyperText Markup Language) veb-sahifaning skeletini yaratish uchun asosiy vosita hisoblanadi. Qidiruv tizimlari birinchi navbatda HTML orqali sahifa tuzilishini aniqlaydi va kontentni tushunadi. Sahifadagi sarlavhalar, paragraflar, ro‘yxatlar va boshqa elementlarning to‘g‘ri belgilanganligi qidiruv tizimlari botlariga sahifaning mazmunini aniqroq anglash imkoniniberadi. Masalan, va teglarining to‘g‘ri joylashtirilishisahifadagi eng muhim ma’lumotlarni ajratib ko‘rsatishga yordam beradi. Bundan tashqari, HTML orqali alt atributlari qo‘shilgan rasmlar, strukturali ma’lumotlar va ichki havolalar sayt indeksatsiyasini yaxshilaydi. Agar HTML kod noto‘g‘ri yozilgan yoki noto‘g‘ri strukturaga ega bo‘lsa, qidiruv tizimlari sahifadagi ma’lumotlarni noto‘g‘ri tushunishi yoki umuman indeksatsiya qila olmasligi mumkin [8]. CSS (Cascading Style Sheets) esa veb-saytning vizual ko‘rinishini yaxshilash uchun ishlatiladi. Garchi CSS bevosita SEOga ta’sir qilmasa-da, u foydalanuvchi tajribasini yaxshilash orqali bilvosita qidiruv natijalariga ta’sir ko‘rsatadi. Google va boshqa qidiruv tizimlari foydalanuvchilarning veb-saytda qancha vaqt qolishini va ularning sahifalararo harakatini kuzatadi. Agar veb-sayt dizayni chiroyli va qulay bo‘lsa, foydalanuvchilar sahifada uzoqroq qoladi, bu esa qidiruv tizimlariga sayt mazmuni foydali ekanligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 CSS yordamida mobil moslik (responsive design) ta’minlanadi, bu esa hozirgi kunda SEO uchun muhim omillardan biridir. Mobil qurilmalar uchun moslashmagan saytlar Google tomonidan past baholanadi va natijalarda orqaroq o‘rinlarni egallaydi. Shuningdek, CSS orqali ortiqcha animatsiyalar yoki murakkab effektlar qo‘llansa, sayt yuklanish tezligi sekinlashishi mumkin, bu esa SEOuchun salbiy ta’sirko‘rsatadi. JavaScript esa veb-saytlarga interaktivlik qo‘shish uchun ishlatiladi va zamonaviy veb-ishlab chiqishda ajralmas vositaga aylangan. JavaScript foydalanuvchilarga real vaqt rejimida ma’lumotlar bilan ishlash, sahifa tarkibini dinamik ravishda o‘zgartirish va turli xil funksiyalarni bajarish imkonini beradi. Biroq, noto‘g‘ri ishlatilgan JavaScript SEO uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Qidiruv tizimlari ba’zan murakkab JavaScript kodlarini to‘liq tushuna olmaydi yoki ularni bajarishda muammolarga duch keladi. Agar asosiy tarkib JavaScript orqali yuklansa va statik HTML sifatida mavjud bo‘lmasa, qidiruv tizimlari ushbu ma’lumotlarni indeksatsiya qilmasligi mumkin. Shu sababli, JavaScript bilan ishlashda server tomonida oldindan yuklanadigan kontent (server-side rendering) yoki sahifa yuklanishidan oldin muhim ma’lumotlarni statik HTML orqali ko‘rsatish kabi usullarqo‘llaniladi (1-rasm). 1-rasm. HTML, CSSvaJavaScripttexnologiyalari SEO uchun sahifa yuklanish tezligi ham juda muhim omil bo‘lib, HTML, CSS va JavaScriptning optimallashtirilishi bevosita sayt tezligiga ta’sir qiladi. Google tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, agar sahifa uch soniyadan ko‘proq vaqt yuklansa, foydalanuvchilarning katta qismi saytni tark etadi. Shu sababli, keraksiz kodlarni minimallashtirish, siqilgan CSS va Jav

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada veb-saytlarni optimallashtirish jarayonida HTML, CSS va JavaScript dasturlash tillarining roli va ularning SEOga ta’siri tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada veb-saytlarni optimallashtirish jarayonida HTML, CSS va JavaScript dasturlash tillarining roli va ularning SEOga ta’siri tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
SEO, yuklanish tezligi, indeksatsiya, JavaScript, semantik HTML, mobil moslashuvchanlik, veb-sayt optimallashtirish, HTML, qidiruv tizimlari, foydalanuvchi tajribasi., CSS
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники