К содержанию
РецензированоUZ2025

MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR ORQALI MOLIYAVIY RISKLARNI BARTARAF ETISH

MOLIYAVIYTEXNOLOGIYALAR ORQALIMOLIYAVIY RISKLARNI BARTARAF (pedagogikavapsixologiya kafedrasi Nukusinnovatsion instituti 1kurs)

ИКРО журнал · 14 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada moliyaviy texnologiyalar va moliyaviy risklar to’g’risida tushunchalar, raqamli iqtisodiyot sharoitida moliyaviy texnologiyalarning ahamiyati haqida fikrlar yuritilgan. Moliyaviy risklarni qanday qilib moliyaviy risklar orqali bartaraf etish mumkiniligi to’g’risidatavsiyalar berilgan. Kalit so’zlar: moliyaviy texnologiya, fintech, moliyaviy risklar, raqamli iqtisodiyot, avtomatlashtirish. Kirish. So’nggi yillarda jadal bilan butun jahonda raqamli texnologiyalar rivojlanib bormoqda. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi esa raqamli iqtisodiyot rivoji uchun ulkan hissa qo’shmoqda. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi tufayli ko'pgina mamlakatlarning moliya va pul tizimi o'zgara boshladi. Masalan, naqd to'lovlardan naqd pulsiz onlayn to'lovlarga faol o'tish; banklar yoki mikromoliya tashkilotlari tomonidan berilgan kreditlardan onlayn platformalar orqali boshqa jismoniy shaxslardan qarz olishga qadar. Moliyaviy texnologiyalarining rivojlanishi moliyaviy bozorlarda paydo bo’ladigan turli moliyaviy risklarni bartaraf etish uchun qo’l kelmoqda. Moliyaviy texnologiyalar orqali moliyaviy risklarni boshqarishning dolzarbligi, moliyaviy tizimlarni ko'paytirish va moliyaviy axborotlar bilan ishlashning ishonchliligini ta'minlashni talab qiladi. Bundan tashqari, texnologik vositalarni qo'llab-quvvatlash, ma'lumot xavfsizligi va himoya tizimlarini joriy etish, xodimlar uchun moliyaviy xavfsizlik ta'limoti o'tkazish va moliyaviy risklarni identifikatsiya qilish va boshqarish jarayonlarini tahlil qilishning judamuhim ekanligini aytilishimizmumkin. Materiallar va uslublar: Mamlakatimizda “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarini raqamlashtirish, davlat axborot tizimlari va elektron xizmatlarni joriy etish, shuningdek, raqamli texnologiyalardan keng foydalanishni ta’minlash bo‘yicha xalq ta’limi, davlat xizmatlari, sud, moliya va bank tizimida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Moliyaviy risklarni moliyaviy texnologiyalar orqali bartaraf etish iqtisodiy o'sish va barqarorlikni qo'llab-quvvatlovchi mustahkam, samarali va inklyuziv moliyaviy tizimni rivojlantirish uchun juda muhimdir. Moliyaviy texnologiyalar (FinTech) moliyaviy dunyoning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biriga aylandi. Blokcheyn va sun’iy intellekt kabi yangi texnologiyalarning rivojlanishi bilan moliya sektori o‘z faoliyatini yaxshilash va samaradorlikni oshirish uchun yangi imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda. Ushbu maqolada biz moliya sohasida qanday yangi texnologiyalar qo'llanilayotgani va moliyaviy risklarni bartaraf etishga qanday ta'sirqilishiniko'rib chiqamiz. Natija va muhokamalar: Moliyaviy texnologiyalar to’g’risida ko’plab olimlar kitoblar, maqolalar yozishgan, ilmiy ishlar qilishgan. Roy S. Freedman o’zining “Moliyaviy texnologiyalarga kirish” nomli kitobida tizimlar qanday ishlashini - ular qanday paydo bo'lganini www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 va qanday rivojlanganligini texnologik nuqtai nazardan tushuntirib bergan. Moliyaviy modellar ortidagi mantiqiy asosni ko'rsatish uchun moliyaviy formulalar, baholar va munosabatlarni sodda va tez olish uchun kompyuter algebra tizimlari texnologiyasidan foydalanilgan. Ko'pgina moliyaviy hisob-kitoblar va ma'lumotlar taqdimotini amalga oshiradigan dasturlar C, C++, Java, Visual Basic, MuPAD kompyuter algebra tizimi va AMPL modeli spetsifikatsiyasi tilida, shuningdek, turli XML dialektlarida ko'rsatilgan. D. Voycik [2] (Wójcik, 2021) fikricha, haqiqiy fintech 21-asrda shakllangan va kichik innovatsion biznesning moliyaviy bozorida boʻsh oʻrinlarni egallay boshlagan yoki shakllana boshlagan startap harakatining rivojlanishi bilan bogʻliq va muqobil biznes. bank vositalari va moliyaviy aktivlarni boshqarish xizmatlari: uning fikricha, boshlang'ich nuqtani Buyuk Britaniyada Zopa P2P kreditlash xizmati joriy etilgan va dunyodagi birinchi nobank kredit agregatoriga aylangan 2005yil deb hisoblash mumkin. “Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar” darsligida moliyaviy texnologiya - bu moliyaviy muammolarni hal qilish yoʻllarini oʻylab topish jarayonidir deb ta’rif berilgan. Umuman olganda, oʻz faoliyatidagi boshqa barcha muammolar korxonalarning moliyaviy muammolarida oʻz ifodasini topadi. Moliyaviy texnologiyalar moliyaviy xizmatlar va texnologiya sektorlari chorrahasida joylashgan dinamik segmentdir. Unda texnologik startaplar va bozorning yangi ishtirokchilari hozirda an’anaviy moliyaviy xizmatlar sektori tomonidan taqdim etilayotgan mahsulot va xizmatlarga innovatsion yondashuvlarni qoʻllashadi. Moliyaviy texnologiyalar segmenti tez rivojlanib, an’anaviy qiymat zanjiridagi narsalarning odatiy tartibini buzadi. Yuqoridagi olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar asosan moliyaviy texnologiyalarning nazariy va uslubiy masalalariga bag'ishlangan bo'lib, ularda moliyaviy texnologiyalar samaradorligin

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada moliyaviy texnologiyalar va moliyaviy risklar to’g’risida tushunchalar, raqamli iqtisodiyot sharoitida moliyaviy texnologiyalarning ahamiyati haqida fikrlar yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada moliyaviy texnologiyalar va moliyaviy risklar to’g’risida tushunchalar, raqamli iqtisodiyot sharoitida moliyaviy texnologiyalarning ahamiyati haqida fikrlar yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
moliyaviy risklar, raqamli iqtisodiyot, fintech, moliyaviy texnologiya, avtomatlashtirish.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники