К содержанию
РецензированоUZ2025

QIMMATBAHO TOSHLAR NOMI BILAN BOGʻLIQ AYOL ISMLARINING LISONIY XUSUSIYATLARI

Alimova Shahnoza Maqsudovna doktoranti · QIMMATBAHOTOSHLARNOMI BILAN BOGʻLIQAYOL ISMLARINING LISONIY

ИКРО журнал · 14 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada tabiat bilan bogʻliq ismlar qatorida qimmatbaho toshlar nomi bilan bogʻliq ayol ismlarining lisoniy xususiyatlari haqida soʻz yuritilgan boʻlib, toshlarning goʻzalligi, jilosi, qimmatbaholigi motivi asosidagi, shuningdek, qimmatbaho metal nomlaridan yuzaga kelgan ayol ismlari semantik jihatdan tahlilga tortilgan. KALIT SOʻZLAR: ismlar, ayol ismlari, antroponimlar, qimmatbaho tosh nomlari, oʻzbek ismlari, motiv,mintaqaviy antroponimlar. KIRISH. Oʻzbeklarda qadim-qadimdan chaqaloqning ismi baxt va omadga bogʻliq, ism inson hayotida muhim ahamiyatga ega deb qaraladi. Ism bola tabiatiga mos tushmasa, u kasalikka chalinaveradi, yaxshi inson chiqmaydi, degan qarashlar ham mavjud boʻlgan. Vaqtlar oʻtib avlodlar almashib, fikrlar ham, odatlar ham zamonga va odamlar dunyoqarashiga mos tarzda oʻzgarib boradi va,albatta, buoʻzgarishlar ham tildanamoyon boʻladi. Bir qator ismlarda chaqaloq tugʻilgan paytda tabiatning biror hodisasi yuz berayotganligi tasvirlanadi: Yomgʻirboy, Yomgʻirchi, Yogʻinboy; Jalaboy; Yildirim (Chaqmoq); Oydin; Dovulboy, Dovulli; Doʻlboy, Doʻlchi; Oytoʻldi, Oytoʻliq; Qirovboy (Shudring); Qorbola, Qoryogʻdi, Qoryigit, Qorkeldi, Qorli va boshqalar1. Shuningdek, quyosh, oymomo, yulduz, sayyora, daryo, dengiz kabi tabiat ne’matlari, uchqun, yashin, dovul, chaqmoq, toʻfon, toshqin kabi tabiat hodisalari ham atoqli otga aylangan va oʻzbek ismlari tarkibiga kirgan. Turkman tili tarixi bо‘yicha qimmatli tadqiqotlarni amalga oshirgan Z.B.Muhammedova ham bunday ismlar haqida о‘z fikrini shunday bildirgan edi: “Bizningcha, eng qadimiy nomlar sifatida, tabiat hodisalari, quyosh, oy, о‘simliklar va hayvonlar nomlariga borib taqaladigan antroponimlarni hisoblashkerak”2. Qozoq xalq antroponimikasini tadqiq qilgan tilshunos Farida Ashimxanova bu xususda quyidagi fikrlarni ilgari surgan: “Ism farzand tugʻilgandan yetti kun о‘tib qо‘yiladi. Dastlabki ismlar qulay va kundalik ishlatiladigan sо‘zlardan tanlanadi. Masalan: Bо‘ribay, Qо‘ylibay, Jetibay, Altin, Kumis, Kumisbek, Bektay, Baris, Qutjan,Temirbek, Kunbek va hokazo. Kо‘rinib turganidek, mazkur ismlarning qо‘yilishida etnomadaniy motivlar mavjud. Shuningdek, oy, quyosh, togʻ, daryo, kо‘l kabi tabiiy jismlarga topinish bilan bogʻliq mifologik tushunchalar 1Fathiddinova I. Antroponimlar lingvomadaniy kod sifatida. «Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya materiallari. –Toshkent. 2023. – B.11- 12. 2Мухаммедова З.Б. Исследование по истории туркменского языка XI-XIV вв. –Ашхабад,1973. –Б.45. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 negizida shakllangan ismlardir: Aysulu, Ayxan, Ayday, Kunay, Kunbek, Aykun, Tautay, Taubay, Kо‘lbay, Kо‘ltay, Bо‘ribay vaboshqalar”3. MUHOKAMA. Tabiat bilan bogʻliq ismlar ayol ismlari orasida ham koʻpchilikni tashkil qiladi. Biz tabiat bilan bogʻliq ismlar qatorida, ayniqsa, qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq ismlar diqqatimizni tortdi. Kishilar qadimiy davrlardan beri ba’zi nodir metallar, ma’dan, toshlar, masalan, dur, zumrad, oltin, la’l, marvarid, marjon, lojuvard, yoqut va boshqalar chaqaloqni kasalliklardan, balo-ofatlardan asraydi deb bilishgan. Mana shu e’tiqodga koʻra bolalarga (koʻproq qiz farzandlarga) Durdona, Durbek, Zumrad, Gavhar, Oltinoy, Marvarid, Yoqutoy, Marjonbibi, La’liхon kabi ismlar berilgan. Keyinchalik bu nomlar goʻzallik, nafosat, azizlik, qadr-qimmat ma’nolarini ham ifodalaydigan boʻlgan. Ushbu ismlar Xorazm mintaqaviy antroponimikasida quyidagi shakllarda uchraydi: Zumrad, Brilliant, Yoqutjon, Olmos, Marjona, Marvarid, Durdona, Feruza, Gavhar, Oltin, Kumush kabi. Dastlab qimmatbaho toshlarning goʻzalligi, jilosi, qimmatbaholigi motivi asosidagi antroponimlarni koʻrib chiqsak. Masalan: Zumrad – yashil tusli qimmatbaho tosh, zumraddek qimmatli, bebaho, noyob, zebo, latofatli, suluv qiz yoki koʻk koʻzli qiz ma’nolariga ega. Zumradoy, Zumradbonu, Zumradxon shakllarida oʻzbek tilida uchraydi. Xorazmda esa Zumrad shaklida qoʻllanib, Zummi, Zumush kabi qisqargan variantlarga ega. Yoqutjon – qizil rangli qimmatbaho toshning goʻzalligi motividan shakllangan. Turkiy xalqlar yoqut kishini turli kasalliklardan asraydi, davo boʻladi deb hisoblaganlar. Shundan kelib chiqib, odamlar dardiga malham boʻluvchi, dardkash, qalblarga shifo beruvchi ma’nosida ham qoʻyiladi. Xorazmda Yokichchan, Yokijjan, Yakitjan shakllarida fonetik variantlarda uchraydi. Feruza – baxtli, iqboli baland, toʻleyi porloq, saodatli qiz yoki firuza (koʻk tusli tovlanuvchi qimmatbaho tosh)dek aziz, qimmatli, qadrli, bebaho, chiroyli, zebo, nafis; nurli nur sochuvchi ma’nolariga ega. Bu XX asrning 2-yarmida urfga kira boshlagan. Zamonaviy antroponimikada ham e’tibordan chetda qolayotgani yoʻq. Brilliant – Oʻzbek ismlari lugʻatida ham oʻzbek ismlari.com saytida ham bu ismni kuzatmadik. Lekin Xorazmda bu ism mavjud boʻlib, albatta bu ism brillian

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada tabiat bilan bogʻliq ismlar qatorida qimmatbaho toshlar nomi bilan bogʻliq ayol ismlarining lisoniy xususiyatlari haqida soʻz yuritilgan boʻlib, toshlarning goʻzalligi, jilosi, qimmatbaholigi motivi aso…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada tabiat bilan bogʻliq ismlar qatorida qimmatbaho toshlar nomi bilan bogʻliq ayol ismlarining lisoniy xususiyatlari haqida soʻz yuritilgan boʻlib, toshlarning goʻzalligi, jilosi, qimmatbaholigi motivi aso… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
antroponimlar, motiv, ismlar, mintaqaviy antroponimlar., ayol ismlari, oʻzbek ismlari, qimmatbaho tosh nomlari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники