Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDAGI KREDIT RISKLARINI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH YO'LLARI
NEW RENAISSANCE · TAKOMILLASHTIRISH YO'LLARI · Bazarova M.S. · Rajabboyeva Oygul
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada tijorat banklarining kredit risklarini boshqarish tizimini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Kredit riski tijorat banklari uchun asosiy xavf turlaridan biri bo'lib, qarz oluvchining kredit majburiyatlarini bajarish qobiliyati bilan bog'liq muammolarni anglatadi. Ushbu xavfni samarali boshqarish bankning moliyaviy barqarorligini ta'minlashda muhim o'rin tutadi. Kalit so'zlar: kreditlar, bank, tijorat banklari, kredit risklari, boshqarish. Bugungi globallashuv davrida integratsiyalashish jarayonlarining tobora avj olib borayotgani, mamlakatlarning o'zaro iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalardagi munosabatlarining kun sayin rivojlanib borishi, shunigdek, iqtisodiyotni rivojlanishining bir sababchisi sifatida bank tizimini e'tiborsiz qoldira olmaymiz. Bugungi kunda keng qamrovli iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida bank xizmatlarini sifatli amalga oshirish, shu jumladan asosiy banklarning an'anaviy xizmat turi bo'lmish kredit operatsiyalarining na'munali darajada bo'lishi har bir mamlakat iqtisodiyotida katta va muhim ahamiyatga egadir. Risk tushunchasi adabiyotlarda turlicha talqin etiladi. Ilmiy iqtisodiy adabiyotlarda riskga boshqacha bir nazar bilan qaralsa, qonunchilik hujjatlarida boshqa jihatdan qaraladi. Rus tili lug'atida tavakkalchilik so'zi "risk" deb atalib, qadimiy grek so'zidan olingan. U kemalarni halokatga olib boruvchi va odamlarning o'limiga, mol-mulklarining cho'kib ketishiga sababchi qoyani bildirib, "qoyalar orasidan shamol va boshqa to'siqlarga chap berib suzib o'tmoq" ma'nosini anglatadi. Biz yuqorida ta'kidlaganimizdek, riskni boshqa kompleks aktivlar yig'indisi va vaziyatlar bilan aloqadorligidagi ta'sirini o'rganish kerak bo'ladi. Masalan, tovar va xizmatlarni, homashyoni import qilish hisobidan ishlab chiqaruvchi va kelgusida eksport qiluvchi tashkilot valuta riskiga ta'sirchan deb aytishimiz mumkin. Chet mamlakatdan import qilinadigan homashyo va eksport qiladigan tovar va xizmatlar bahosi uzoq muddatli kontraktlarda aniq fikserlangan xorijiy valutada bo'ladi. Istalgan kelajakdagi valuta kursidagi o'zgarishlar bir xilda import qilinadigan homashyo va tayyor mahsulotning milliy valutadagi bahosiga bir xil ta'sir qiladi. 138 NEW RENAISSANCE 2025 MARCH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 3 Lekin, valuta kursidan yuzaga kelgan umumiy risk 0 ga teng bo'ladi, chunki uni ko'proq daromad va xarajatlar orasidagi farq ya'ni foyda qiziqtiradi, ya'ni xarajatlarning oshishi realizatsiya qilinadigan tovarlar bahosi bilan kompensatsiya qilinadi. Bank faoliyatini risksiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Albatta risk har qanday iqtisodiy faoliyatda yuzaga keladi. Lekin faoliyat xususiyatidan kelib chiqiladigan bo'lsa, bank faoliyati uchun ham risk albatta mavjud deb aytishimiz mumkin bo'ladi. Shu tufayli, bu yerda gap bank faoliyatida riskdan umuman qochish to'g'risida emas, balki uni oldindan ko'ra bilish va minimal darajaga tushirish haqida gap boradi. Riskni boshqarish aksariyat hollarda bankning o'z mablag'larining bir qismini yo'qotish "xavfi", daromad ololmay qolish yoki moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida qo'shimcha xarajatlarga yo'l qo'yib bo'lsada, jarayonni ijobiy natija bilan yakunlashni maqsad qilib qo'yadi. Yuqoridagi fikrlar asosi sifatida mamlakatimizda bank risklarini, xususan, kredit risklarini boshqarish bilan bog'liq bo'lgan jarayonlar bilan tanishib chiqsak. Mamlakatimiz kredit risklarini boshqarish jarayonlarini yaqqol o'zida mujassam etuvchi bir nechta normativ hujjatlar mazmun - mohiyatini tahlil qilsak. Tijorat banklarining faoliyatidagi kredit risklarini boshqarish bankning muvaffaqiyatli ishlashini ta'minlash uchun juda muhim. Kredit riski, mijozning qarzlarini qaytarish imkoniyati yo'qligi bilan bog'liq bo'lgan riskdir. Banklar uchun bu riskni boshqarishning takomillashtirilgan yo'llari quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin: 1. Kreditlarni baholash tizimini takomillashtirish: • Kredit skoring tizimi: Mijozlarning kredityozilishini aniq baholash uchun ilg'or skoring modellari va analitik vositalardan foydalanish. Bu kreditning qaytarilishi ehtimolini baholashda yordam beradi. • Mijozlarning moliyaviy holatini tekshirish: Mijozning moliyaviy ahvolini (daromad, xarajatlar, qarzlar va boshqalar) yanada chuqurroq tahlil qilish. 2. Diversifikatsiya: Kredit portfelini turli sohalar va geografik hududlar bo'yicha diversifikatsiya qilish. Bu risklarni kamaytiradi, chunki bir sohada yoki hududda yuzaga kelgan iqtisodiy o'zgarishlar bankning umumiy kredit portfeliga kamroq ta'sir qiladi. 3. Kredit limitlarini belgilash: Kreditlarni berishda qat'iy limitlar va mezonlar belgilash. Masalan, bir mijozga beriladigan kreditning maksimal miqdorini cheklash yoki yuqori riskli sohalarga qarz berishni kamaytirish. 4. Monitoring va tahlil qilish: Kreditlarning har birining holatini muntazam ravishda monitoring qilish va qayta baholash. Masalan, qarz oluvchilarni o'zgaruvchan iqtisodiy sharoitlarda y
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada tijorat banklarining kredit risklarini boshqarish tizimini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada tijorat banklarining kredit risklarini boshqarish tizimini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kreditlar, bank, tijorat banklari, kredit risklari, boshqarish, boshqarish.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026