К содержанию
РецензированоRU2025

SHARQ PEDAGOGIKASIDA EKOLOGIK TARBIYA MASALALARIDAGI QARASHLAR XUSUSIDA

Nusratov Anvartaqrizi ostida Email:sabinamuharramova@gmail.com (Pedagogika vaijtimoy fanlarfakulteti Buxoro davlat pedagogikainstituti 2-Ped 22guruh) · SHARQ PEDAGOGIKASIDA EKOLOGIKTARBIYA MASALALARIDAGI (Pedagogika vaijtimoy fanlarfakulteti Buxoro davlat pedagogikainstituti 2-Ped 22guruh)

ИКРО журнал · 14 · 2025

Аннотация

В статье изложены экологическое воспитание среди народов Востока: посадка саженцев и растений для озеленения пустующих земель, предотвращение загрязнения водоемов, забота о животных, роль природы в жизни человека, а также экологические взглядынаших великих ученых. Ключевые слова: образование, воспитание, экология, духовность, знания, мораль, религия,организмы,культура,философия,общество,грамотность. Annotation: The article discusses ecological education among Eastern peoples: planting saplings and plants to green barren lands, preventing water bodies from pollution, caring for animals, the role of nature in human life, as well as the ecological views of our renowned scholars. Keywords: education, upbringing, ecology, spirituality, knowledge, morality, religion, organisms, culture, philosophy, society, literacy. Kirish: Tabiat o‘ziga xos murakkab tizim bo‘lib, inson va jamiyat uning hosilasidir. U tabiat evaziga mavjud varivojlanadi. Inson o‘zehtiyojlarini tabiat hisobiga qondiradi. Utabiatdan havo, suv, oziq-ovqat, mineral va yonilg‘i xomashyolarini oladi va o‘zining hayot faoliyati davomida tabiatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Insoniyat paydo bo‘lgan davrdan boshlab asosan hayot kechirish uchun chorvachilik va dehqonchilik bilan shung‘ullangan. Mavsumlarga qarab yerga ishlov berishgan. Hayvonlarni qo‘lga o‘rgatib ulardan go‘sht va sut mahsulotlari olish va yerlarga ishlov berishda foydalanishgan. Bunday qimmatli ma’lumotlarni olimlarimiz moddiy va ma’naviy ash’yolar asosida o‘rganib, fanga olib kirishgan . Moddiy ash’yolar: inson qo‘li bilan yasalgan tosh qurollar va mehnat qurollari, bilakuzuk, taqinchoq, ko‘zalar va shu kabi buyumlarni o‘z ichiga oladi. Ma’naviy ash’yolaga esa bugungi kunga qadar saqlanib qolgan qoyatosh suratlari va yozuvlar, qo‘lyozma asarlarni o‘z ichiga oladi. Ularda dorivor o‘simliklar va ularni parvarishlash usullari, hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilish, ularni ko‘paytirish, suvni iflos qilmaslik va atrof-muhitni toza tutish kabi nafaqat qadimgi davr uchun balki bugungi kun uchun ham qimmat bo‘lgan ta’limiy-tarbiyaviy va ekologik ma’lumotlar berilgan. Qomusiy olim Abu Nasr Farobiy " Baxt‐ saodatga erishuv to‘g‘risida" asarida ta’lim va tarbiyaga birinchi bo‘lib ta’rif beradi. Ta’lim– so‘z va o‘rgatish asosida nazariy bilim berish; Tatbiya– inson uchun zarur www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 bo‘lgan axloqiy normalarni o‘rgatishdir, deydi olim[1;109]. "Ekologiya" atamasiga birinchi bo‘lib nemis olimiE. Gekkel "organizlarning atrof-muhit bilan munosabati", deb ta’rifbergan. Materiallar va uslublar: Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo‘lgan "Avesto" xaIqimizning bebaho mulki sanaladi. Bu nodir kitob bundan o‘ttiz asr muqaddam shu zaminda yashagan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy tarixiy merosidir. «Avesto», ayni zamonda, bu qadim o‘Ikada buyuk davlat, yuksak ma’naviyat va madaniyat bo‘lganligidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdir. «Avesto» tabiat, jamiyat va inson o‘rtasidagi munosabatlarni ma’naviy, ruhiy va axloqiy mezonlar orqali uyg‘unlashtiruvchi, kishini qurshab olgan olamni o‘rganishga chorlovchi falsafadir. «Avesto»da noyob dorivor giyohlar haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud. Bundan tashqari, uyjoy, atrof–muhit, tabiatni muhofaza qilish, uni asrash to‘g‘risida tavsiyalar berilgan. Jumladan: "Zardushtiylik ta’limotida 15 yosh balog‘at yoshi sanalgan. O‘smirlar balog‘at yoshiga yetganda unga Zardush qonunlari– falsafa, axloq-odob qoidalari va axloqiy yo‘riqlar mazmuni o‘rgatilgan. O‘smirlarning xudojo‘y, mehnatkash, adolatli bo‘lib voyaga yetishlari, o‘y-niyat, so‘z va ishida halollikka tayanishlariga alohida e’tibor berilgan. Bolalarga ularning yoshligidanoq ko‘chat o‘tqazish, daraxtlarni parvarish qilish, uy-ro‘zg‘or buyumlarini yasash, yerga ishlov berish hamda chorva mollarini boqish borasidagi bilimlar berilib, amaliy ko‘nikmalarning hosil bo‘lishiga alohida e’tibor qaratilgan. Diniy g‘oyalarga ko‘ra Zardushtiylikda suv, havo, tuproq hamda quyosh muqaddas sanalgan. Shuning uchun ham ular suv havzalariga hayvonlar o‘ligini tashlamaganlar, agarda biror jonzot o‘ligi tushgan bo‘lsa suv havzasini bir necha bor yomg‘ir yoki daryo suvlari bilan to‘ldirib chiqarib tashlashgan"[2;28]. Bu ishlar atrof-muhitni asrash va odamlar orasida turli xil kasalliklarni kelib chiqishini oldiniolishuchun qo‘llanilgan. Islom dinida ham atrof-muhitni asrash bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilgan. Unda har bir musulmon atrofga ibrat nazari bilan qaramog‘i va tabiatga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lmog‘i lozimligi uqtiriladi. Alloh taolo "Qur’on"ning «Abasa»surasi 24-32-oyatlarida shunday marhamat qiladi: «Endi inson o‘zining taomiga (ibrat ko‘zi bilan) boqsin! Biz (osmondan) suvni mo‘l yog‘dirdik. So‘ngra Biz unda donlarni undirdik, uzum va ko‘katlarni, zaytun va xurmolarni, qalin daraxtzor bog‘larni meva–yu giyohlarni ham. Bular sizlar uchun va

Доказательный фрагмент

«В статье изложены экологическое воспитание среди народов Востока: посадка саженцев и растений для озеленения пустующих земель, предотвращение загрязнения водоемов, забота о животных, роль природы в жизни человека, а т…»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье изложены экологическое воспитание среди народов Востока: посадка саженцев и растений для озеленения пустующих земель, предотвращение загрязнения водоемов, забота о животных, роль природы в жизни человека, а т… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
education, upbringing, ecology, spirituality, knowledge, morality, religion, tarbiya, din, organizm, ta’lim, bilim, axloq, ma’naviyat, savodxonlik., jamiyat, falsafa, ekologiya, madaniyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники