К содержанию
РецензированоRU2025

BUXORO MANG’IT AMIRLARINING SEVIMLI MASHG’ULOTLARI

BUXOROMANG’IT AMIRLARINING SEVIMLIMASHG’ULOTLARI

ИКРО журнал · 14 · 2025

Аннотация

В данной научной статье рассматриваются повседневная деятельность и интересы представителей династии Мангитов (1753-1920), правивших Бухарским эмиратом, а также их религиозная, политическая и общественная деятельность. Для выяснения этого вопроса были использованы ценные воспоминания местных историков и историковдругих национальностей. Ключевые слова: Копкари, Садриддин Айний, шахматы, Абдулахадхан, Кармана, соколиная охота,Ахмад Дониш. ANNOTATION: This scientific article covers the daily life activities and interests of the representatives of the Mangid dynasty (1753-1920), who ruled the Bukhara Emirate, in addition to their religious, political and social activities. In this coverage, valuable memoirs of local historians andhistorians of othernationalities were used. Keywords: Kopkari, Sadriddin Ayniy, chess, Abdulahadkhan, Karmana, falconry, Ahmad Donish. Kirish. Mustaqillikka erishganimizdan so’ng milliy tariximizni o’rganish doimo dolzarblik kasb etib kelgan va bu doimo rahbarlarimiz e’tibori va etirofida bo’lib kelmoqda. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 1998- yilda bir guruh tarixchilar bilan bo’lgan uchrashuvda mamlakatimizning real tarixini o’rganish va uning haqqoniy versiyasini xalqqa taqdim qilish vazifasini yuklaydi. Haqiqatan ham, bugungi kunga kelib, tarixchilarimizning salmoqli mehnati orqali xalqimizning sovet mafkurasidan xoli haqqoniy tarixi tiklanmoqda. Shu sababli biz endi o’z tariximizni bir qancha tarixiy manbalarni o’qib real baholay olishimiz mumkin. Bu borada prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham salmoqli ishlarni amalga oshirmoqda. 2017-yil 30- iyunda “ O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O’zbekistonning eng yangi tarixini o’rganish bo’yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to’g’risida” gi qarori qabul qilingani ham fikrimizning yaqqol isbotidir. Tadqiqot obyekti va qo’llanilgan metodlar. 18-asrdan boshlab Buxoro xonligi hududida yangi siyosiy kuch yuzaga keldi va natijada mamlakat dastlab “ soxta xonlar” orqali boshqariladigan, so’ngra esa rasman amir maqomini olgan yangi sulola mang’itlar qo’l ostiga www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 14,issue02,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 o’tdi. Ushbu ilmiy maqolaning asosiy tadqiqot obyekti ushbu sulola vakillari tomonidan xayrixohlikko’rsatilgan maishiyo’yinlardir. Maqolada umum qabul qilingan tarixiy metodlar – tarixiylik, qiyosiy- mantiqiy tahlil, ketma-ketlik, xolisiylik, tamoyillari asosida yoritilgan bo’lib, azaldan Buxoro hududi O’rta Osiyo mintaqasida turli madaniyatlar kesishgan hudud sifatida alohida ahamiyatga ega. Ushbu ilmiy maqolada O.D. Chexovich va M.S. Andreev hammuallifligida yozilgan “Ark Buxari” asarining “ Buxoro amirlarining bir kuni “ bobidan , shuningdek, mahalliy muarrixlardan – Ahmad Donish,Sadriddin Ayniy, Fitrat vaboshqalarning asarlari ma’lumotlaridan foydalanilgan. Olingan natijalar va ularning tahlili. Amirning bir qancha sevimli mashģulotlari bòlgan. Masalan, shaxmat òyini , “ tagaljangi “ , “ kòpkari" , xòroz urushtirish , lochin va bedana ovi shular jumlasidandir. Amir ertalab nahoridan sòng kimnidir shaxmat òynashga taklif etgan. Shaxmat òyini qadimgi Sharqda haqiqiy shohlar òyini sifatida ommalashgan. Abu Rayhon Beruniyning „Hindiston“, Abdurazzoq Samarqandiyning „Matlai sa`dayn va majmai bahrayn“, Alisher Navoiyning „Majolis unnafois“, „Lison uttayr“, Zahiriddin Muhammad Boburning „Boburnoma“ va boshqa tarixiy asarlarida shaxmatga oid qimmatli ma`lumotlar bor. Amir Temur davrida kuchli shatranjchilar Samarqandda to`planishgan. Hatto Tabrizlik Ali ash- Shatranjiy Samarqandda o`tkazilgan musobaqalar doimo g’olib chiqib , shatranj haqida kitob yozgan va unga o`zining va 14-asrgacha O`rta Osiyoda yashagan ko`plab oliynasab shaxmatchilar haqida ma’lumotlar kiritgan. Amir Temur bilan ham shatranj o`ynab turgan. Amir Temurning ham bu òyinga ixlosi baland bòlib , janglarga borar ekan albatta òzi bilan shaxmat ustasini hamroh qilib olib borgan. Ba'zi tarixchilarning yozishicha, shaxmatda ruh bilan raqibini mot qilayotgan bir paytda òģil farzandli bòlgani xabari yetib keladi . Shuning uchun òģliga Shoxrux debism qoyadi. Manģitlar amirlari ham bu òyinda juda qobilyatli bòlishgan. Amir Muzaffar ruslar bilan tòqnashuvda ularning kuchiga yetarli baho bermay chodirda shaxmat òynab òtirgani va oxir – oxibat maģlubiyat xabari yetganida shaxmatni va tòn- u sallalarini tashlab qochib ketganini Ahmad Donish òz asarida juda yaxshi tasvirlab beradi. Bundaan tashqari, Abdulahadxon shaxmat òyinida juda mohir bòlgan . Ba'zilar qasddan “ amir hurmati “ uchun yutqazishmasa , Buxoroda amirga munosib raqib topilmagan. Ba'zida amir Jòyborxòjalardan Xòja Ahmadga yutqazib qoygan. Amirning yana bir sevimli mashģuloti lochin ovi bòlgan. Amir saroyida har doim 10-12 lochin va boshqa ov qushlari bo'lgan. Umuman olganda, lochinchilik juda mashhur bo'lib, har bir hokim amirga taqlid qilib, hatto abdullaxon davrida

Доказательный фрагмент

«В данной научной статье рассматриваются повседневная деятельность и интересы представителей династии Мангитов (1753-1920), правивших Бухарским эмиратом, а также их религиозная, политическая и общественная деятельность.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной научной статье рассматриваются повседневная деятельность и интересы представителей династии Мангитов (1753-1920), правивших Бухарским эмиратом, а также их религиозная, политическая и общественная деятельность. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kopkari, Sadriddin Ayniy, chess, Abdulahadkhan, Karmana, falconry, Ahmad, shaxmat, Abdulahadxon, Ahmad Donish., lochin ovi, Ko’pkari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники