К содержанию
РецензированоUZ2025

ABULG’OZI BAHODIRXON ILMIY MEROSI VA TARIXSHUNOSLIKDAGI O’RNI

Erkinboyev Fozilbek Zakirjon o’g’li · urug’lari Chovdur

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada Abulg’ozi Bahodirxon ilmiy merosi xususan uning asarlari, bu asarlarning tarxiy ahamiyati va tarxishunoslikdagi o’rniga bag’ishlangan fikr va mulohazalar keltirilgan. Kalit so’zlar: Abulg’ozi Bahodirxon, Shajarayi Turk, Shajarayi Tarokima, Anusha Muhammadxon, Maxmud ibn Mulla Muhammad Zamon Urganjiy, Abdullaxon II, turkman urug’lari Chovdur, G.S.Sablukov , P.I.Demizon. O‘zbek tarixshunosligida Abulg‘ozi Bahodirxon (1603–1663) o‘zining ilmiy va tarixiy merosi bilan alohida o‘rniga egadir. U nafaqat Xiva xonligining hukmdori, balki yirik tarixchi sifatida ham mashhur bo‘lib, o‘z davrining muhim voqealarini qalamga olgan tarixiy shaxsdir. Uning eng mashhur asarlari – "Shajarayi tarokima" va "Shajarayi turk"da – Markaziy Osiyo xalqlarining kelib chiqishi, siyosiy tarixi va etnik tarkibini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi. Shuningdek tibbiyotga oid “Manofe ul-inson”(Insonga foydali narsala) nomli asar ham yozgan.1 Abulg‘ozi Bahodirxonning tarixiy asarlari faqatgina o‘z davrining voqealarini yoritibgina qolmay, balki turkiy xalqlarning kelib chiqishi , ularning davlat qurilishi va urf- odatlari haqida ham qimmatli ma’lumotlar beradi. U tarixchilik faoliyatida an’anaviy sharq tarixiy metodlarini qo‘llagan bo‘lsa-da, o‘z asarlarida aniq faktlarga, og‘zaki va yozma manbalarga tayanishga harakat qilgan. Bu jihati uni faqat hukmdor emas, balki mustaqil tarixiy fikrlovchi sifatida ham e’tirof etish imkonini beradi. Shuningdek bu asarlar muallif o’z ko’zi bila ko’rgan va eshitgan faktlar asosida yaratilganiligi boshqa tarixiy asarlardan ajratib turuvchi asosiy xususiyati hisoblanadi. Abulgʻozi Bahodirxonning ”Shajarayi turk” va “Shajarayi tarokima” asarlari turkiy xalqlarning etnogenezi, genealogiyasi va siyosiy tarixi haqida qimmatli ma’lumotlar beruvchi noyob manbalardir. Ularning tarixshunoslikdagi o‘rni nafaqat Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, balki butun turkiy dunyoning o‘zligini aniqlashda ham katta ahamiyatga ega. Abulgʻozixonning eng yirik asari «Shajarayi turk» nomi bilan mashhur. Mazkur asarning asosiy qismi 1663-1664 yillarda yozilgan. Asar Xorazm tarixining XVI-XVII asrning ikkinchi 1 X. Hudoynazarov “Abulg’ozi Baxodirxon tarixchi va adib” T.; “O’ZBEKISTON” , 1994.-6b. 173 Mart, 2025-Yil yarmidagi ijtimoiy siyosiy tarixini bayon etishda nodir manbadir. Abulgʻozi kelgusi avlodlarga tuhfa qilib qoldirarajak asarini yaratishga kirishar ekan, uydirma va soxtalikka shuningdek baland parvoz yalg’on gaplarga, o’sha davr hukumatini ulug’lashga yoʻl qoʻymaslikka, tarixdan chetga chiqmaslikka harakat qiladi. Abulg’ozi Bahodirxon asarni tarixiy xolisiylik va o’sha davr voqealiklariga hukumdor emas balki bir tarixchi sifatida fikr bildiradi. Abulgʻozi Bahodirxon mazkur asarni yaratishda forsiy va turkiy tillarda yozilgan oʻn sakkizta manbaga tayanadi. Bu haqda uning oʻzi shunday deydi: «Eron bilan Turonda oʻtgan Chingizxon oʻgʻillarining otlarini aytilgan tarixlardan ushbu zamon faqirning oldinda oʻn sakkiz mujollik hozir turar». Abulgʻozi oʻz ona tilini yaxshi bilganidek fors-tojik, shuningdek, moʻgʻul tillarini ham puxta egallagan edi. U oʻz asarlarini ona tilida yozgan. Abulgʻozi Bahodirxon: «Bu tarixni yaxshi va yomon barchalari bilisin deb, turk tili bilan aytdim. Bir kalima chigʻatoy turkiydan, forsiydan va arabiydan qoʻshmayman, ravshan boʻlsin deb, turkiyni ham andoq aybtimanki, besh yashar oʻgʻlon tushunur»2, – deb yozadi. Asar Abulg’ozi Baxodirxon o’limidan keyin oxiriga yetkazilmay qolgan bo’lsa ham, uning o’g’li Anusha Muhammadxon (1663-1687) buyrug’iga muvofiq, urganchlik tarixchi Maxmud ibn Mulla Muhammad Zamon Urganjiy tomonidan ayrim ma’lumotlariga o’zgarish va to’ldirish ishlarini kirgazadi. Abulg’ozi Bahodirxon asar yaratilishi bo’yicha shunday yozadi: “Ammo bizning otalarimizning beparvolig’i va Xorazm xalqining bevuquflig’i, bu ikki sababdin, bizning jamoatimizning Abdullaxonning (Abdullaxon II) otalari birlan bizning otalarimizning ayrilgan yeridin to bizga kelguncha tarixlarini bitmay erdilar. Bu tarixni bir kishiga taklif qilali teb fikr qilduk, hech munosib kishi topmaduk, zarur boʻldi (va) ul sababdin oʻzimiz aytduk“. Asar muqadimma va 9 bobdan tashkil topgan. Abulg‘ozi Bahodirxonning asarlari ichida "Shajarayi tarokima" ("Turkmanlar shajarasi") muhim o‘rin tutadi. Muallifning aytishicha, "Shajarayi tarokima" turkman oqsoqollari va ulug‘ boshliqlarning taklifiga ko‘ra oddiy turk kishisi tushinadigan tilda yozilgan. « Asar 1660—1661- yillar orasida ijod qilingan. "Shajarayi tarokima" yozma obidasida turkman qavmi bilan Xiva xonligi orasidagi siyosiy kurashlar, turkmanlarni itoat qildirish uchun olib borilgan kurashlar bayon etilgan, o‘zbek va turkman xalqlari o‘rtasida inoqlik o‘rnatilishi ta’kidlangan»3. Asar eski o’zbek tilida yozilgan bo’lib, Odam-ota haqidagi diniy xarakter va mazmundagi afsonalar, o’g’uz-turkmanlar haqidagi ma’lumotlar tarixiy faktlar va real asosgan ega bo’lgan voqeallar bayon qilinadi. 2 Abulg’ozi Bahodir “Shajarayi turk” .Toshkent. Cho’lpon nashiryoti 1

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Abulg’ozi Bahodirxon ilmiy merosi xususan uning asarlari, bu asarlarning tarxiy ahamiyati va tarxishunoslikdagi o’rniga bag’ishlangan fikr va mulohazalar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Abulg’ozi Bahodirxon ilmiy merosi xususan uning asarlari, bu asarlarning tarxiy ahamiyati va tarxishunoslikdagi o’rniga bag’ishlangan fikr va mulohazalar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Abdullaxon II, Abulg’ozi Bahodirxon, Anusha Muhammadxon, G.S.Sablukov, turkman urug’lari Chovdur, Shajarayi Tarokima, Shajarayi Turk, P.I.Demizon., Maxmud ibn Mulla Muhammad Zamon Urganjiy
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники