К содержанию
РецензированоUZ2025

MA’NAVIY TAHDIDLAR VA ULARNI OLDINI OLISHNING AYRIM JIHATLARI

AYRIM JIHATLARI · Nurmamatova Navbahor Odilbek qizi · Omongaldiyeva Shahnoza Qahramon qizi

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

This article examines existing spiritual threats to peace and development of our country, their types, forms of manifestation, main, priority tasks for preventing and combating spiritual and ideological threats. Also in the ideological space, proposals have been developed to protect citizens, especially young people, from moral threats. Keywords: moral threat, national values, internal moral threats, external moral threats, new spiritual space, culture of information perception, ideological immunity, relevance, youth upbringing, radicalism, upbringing, information attacks, national values, modern hero, maternal responsibility. 141 Mart, 2025-Yil Bugungi dunyoda bo‘layotgan siyosiy va mafkuraviy jarayonlar, harbiy tajovuzlar va to‘qnashuvlarning keskinlashib borayotgani barchani tashvishga solishi tabiiydir. Hozirda butun yer yuzi iqtisodiy, siyosiy jihatdan yaxlit bir makonga aylandi, barcha jarayonlar integratsiyalashib dunyoning bir mintaqasida ro‘y bergan voqelik boshqa hududlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Mazkur jarayonlar barcha davlatlarda o‘z fuqarolarining xavfsizligi, mamlakat tinchligini ta’minlash dolzarbligini yanada oshirib yubormoqda. Ayni paytda mamlakatlar taraqqiyotiga tahdid solayotgan siyosiy, iqtisodiy, harbiy xavflar bilan bir qatorda ma’naviy tahdidlar g‘oyat murakkab tus olayotgani hech kimga sir emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev bu haqida to‘xtalar ekan: “... hozirgi murakkab va tahlikali zamonda milliy va diniy qadriyatlarimizga yot turli xurujlar, yoshlarimizning ongi va qalbini egallashga qaratilgan g‘arazli intilishlar, mafkuraviy tahdidlar tobora kuchayib borayotgani barchani yanada hushyor va ogoh bo‘lishga undaydi”, - deya bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalarni belgilab berdilar. Ma’naviy tahdidlar haqida to‘xtalar ekanmiz, ularni jamiyat hayotini izdan chiqarishga bo‘lgan xavfi jihatidan ikki turga – ichki va tashqi ma’naviy tahdidlarga bo‘lishimiz mumkin. Ma’naviy tahdidlar jamiyat hayotini izdan chiqarishi, tartibsizlik va parokandalakni yuzaga keltirishi, ijtimoiy guruhlarni bir-biriga qarama-qarshi qilib qo‘yishi, mamlakatda milliy, diniy va siyosiy ziddiyatlarni paydo qilishi, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini butunlay izdan chiqarib yuborishi mumkin. Ichki ma’naviy tahdidlar jamiyatimizda uchrab turadigan loqaydlik, befarqlik, milliy qadriyatlarni buzishga bo‘lgan urinishlar, boshqa madaniyatlarga ko‘r-ko‘rona ergashish, huquqiy nigilizm, radikalizm, o‘tkinchi xissiyotlarga o‘ta berilish, riyokorlik, bilimsizlik (johillik) va boshqalar misolida namoyon bo‘lmoqda. Tashqi ma’naviy tahdidlar esa, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, missionerlik, buyuk davlatchilik shovinizmi, terrorizm, “ommaviy madaniyat”ni targ‘ib qilish, ma’naviy axloqsizlik targ‘iboti, milliy va diniy qadriyatlarni buzishga bo‘lgan urinishlar va boshqalar ko‘rinishida jamiyatimizga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Bugungi globallashuv davrida turli xil ma’naviy tahdidlar, mafkuraviy hurujlar yoshlar qalbi va ongiga tezlik bilan kirib borib, ularning xulq – atvoriga, ma’naviy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bunday omillarni asosan quyidagilarda ko‘rish mumkin: - xalqaro internet tarmog‘i orqali milliylikka tahdid soluvchi, diniy ekstremizm va aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi, konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan ag‘darishga undovchi 142 Mart, 2025-Yil g‘oyalar, shuningdek, boshqa vositalar orqali shu mazmundagi g‘oyalarni targ‘ib etishga urinish hollarining kuchayishi; - internet tarmog‘i orqali turli hayosiz, pornografik mazmundagi axborotlarni tarqatish orqali yoshlardagi milliy qadriyatlarni buzishga urinish; - ayrim toifa yoshlarning “ommaviy madaniyat” ko‘rinishlariga ko‘r-ko‘rona taqlid qilishi va uni eng zamonaviy madaniyat sifatida targ‘ib etish borasidagi hatti-harakatlari; - ayrim oilalardagi nosog‘lom turmush tarzi (ichkilikbozlik, kashandalik, narkomaniya va boshqalar)ning “zamonaviylik” tarzida qabul qilinishi; - zo‘ravonlikka, vayronkorlikka, dahshatli fojealarni targ‘ib qilishga asoslangan kompyuter o‘yinlariga yoshlarning mukkasidan ketishi yoki butkul internetga qaramlik kasaliga chalinish holatlarining shakllanishi; - turli maishiy muammolarni ko‘rsatgan holda yoshlarning nazoratsiz qoldirilishi, ularning qiziqishlari, muammolarini ota-onalar tomonidan tahlil qilinmasligi; - manbaviy asosga ega bo‘lmagan fikrlar (mish-mish)larni tarqatish orqali yoshlarda ishonchsizlik ruhiyatining yuzaga keltirilishi; - yoshlarda internet tarmog‘i orqali olingan axborotlar asosida diniy radikallashuvning kuchayib borishi, ma’lum aqidalarni mazhabidan, diniy aqidalaridan qat’iy nazar, o‘zi uchun to‘g‘ri yo‘l sifatida qabul qilishi hamda ularning xatti-harakatlarida yaqqol namoyon bo‘lishi. Mafkuraviy jarayonlar globallashib borayotgan hozirgi vaqtda mafkuraviy axborot xurujlaridan himoyalanishning eng maqbul yo‘li – yoshlarimizda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirishdir. Bu borada yoshlarda eng avvalo, ishonchli axborotni qabul qi

Доказательный фрагмент

«This article examines existing spiritual threats to peace and development of our country, their types, forms of manifestation, main, priority tasks for preventing and combating spiritual and ideological threats.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines existing spiritual threats to peace and development of our country, their types, forms of manifestation, main, priority tasks for preventing and combating spiritual and ideological threats. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
moral threat, national values, internal moral threats, external moral threats, axborot qabul qilish madaniyati, tarbiya, tashqi ma’naviy tahdidlar, daxldorlik, yoshlar tarbiyasi, onalar mas’uliyati., yangi ma’naviy makon, ma’naviy tahdid, mafkuraviy immunitet, ichki ma’naviy tahdidlar, milliy qadriyatlar, axborot xurujlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники