Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PARALINGVISTIK VOSITALAR ORQALI BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING FIKRLASH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH
Ro’ziyeva Laylo Islomovna · Barotova Muxiba Orifovna (Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti I bosqich magistranti.)
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article examines the role of paralinguistic means in developing the thinking abilities of primary school students. The research is based on the results of observations, questionnaires, and pedagogical experiments involving primary school teachers, students, and their parents. It has been established that the use of paralinguistic means (facial expressions, gestures, voice intonation, speech tempo, spatial relationships) activates students' logical, critical, and creative thinking. As a result of the research, an effective methodology for using paralinguistic means was developed and implemented. The final results present scientifically based data confirming the effectiveness of paralinguistic means in developing students' thinking abilities in primary education. Keywords: paralinguistic means, primary education, thinking abilities, non-verbal communication, facial expressions, gestures, voice intonation, pedagogical experiment. Kirish. Zamonaviy pedagogika va psixologiyada o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim davrida shakllangan fikrlash qobiliyati keyingi o‘quv jarayonining samaradorligini belgilovchi muhim omil hisoblanadi. Bola shaxsining shakllanish davrida turli ta’limiy vositalar va metodlarning qo‘llanilishi uning kognitiv rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Ta’lim jarayonida paralingvistik vositalar, ya’ni nonutqiy kommunikativ signallar (mimika, jest, imo-ishoralar, ovoz ohangdorligi, nutq tempi, makon munosabatlari) muhim ahamiyatga ega. Bu vositalar o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotni boyitish, dars jarayonini jonlantirish va materialni yaxshiroq o‘zlashtirishga yordam beradi. Biroq, paralingvistik vositalarning o‘quvchilar fikrlash qobiliyatiga ta’siri yetarlicha o‘rganilmagan. Ushbu tadqiqotning maqsadi paralingvistik vositalarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdagi rolini aniqlash va samarali qo‘llash metodikasini ishlab chiqishdan iborat. 3 05 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan metodika boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirishga va o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review). Paralingvistik vositalar va ularning kommunikativ ahamiyati turli sohalarda o‘rganilgan bo‘lsa-da, ularning boshlang‘ich ta’limda qo‘llanilishi va fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdagi roli nisbatan kam tadqiq etilgan mavzu hisoblanadi. Paralingvistik vositalar haqidagi dastlabki ilmiy tadqiqotlar G.L. Trager, E. Hall, R. Birdvistell, A. Mehrabian kabi olimlar tomonidan olib borilgan. Ular nonutqiy kommunikatsiyaning turli jihatlarini o‘rganganlar va paralingvistik vositalarning muloqotdagi ahamiyati haqida qimmatli ma’lumotlarni to‘plaganlar. O‘zbek olimlaridan A. Nurmonov, H. Ne’matov, N. Mahmudov, M. Hakimov kabi tilshunoslar paralingvistik vositalarning kommunikativ-pragmatik jihatlarini o‘rganganlar. Pedagog olimlardan R. Safarova, Q. Yo‘ldoshev, R. Mavlonova, boshlang‘ich ta’lim metodikasi va o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish masalalarini tadqiq etganlar. Xorijda V.A. Labunskaya, I.N. Gorelov, V.F. Engarlichev kabi olimlar paralingvistik vositalarning psixologik va pedagogik ahamiyatini o‘rganganlar. J. Piaget, L.S. Vigotskiy, J. Brunerlar bolalarning fikrlash qobiliyati rivojlanishining turli jihatlarini tadqiq etganlar. Yosh tadqiqotchi olimalardan M.Barotova esa o‘zbekona paralingvistik vositalarni tizimli tadqiq qilib, umumiste’molda qay darajada qo‘llanishini o‘rgangan. Biroq, mavjud tadqiqotlarda paralingvistik vositalarning aynan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdagi roli yetarlicha o‘rganilmagan. Shuningdek, paralingvistik vositalardan foydalanishning samarali metodikasi ham ishlab chiqilmagan. Ushbu tadqiqot mavjud bo‘shliqni to‘ldirish va paralingvistik vositalarning boshlang‘ich ta’limda qo‘llanilishining ilmiy asoslarini yaratishga qaratilgan. Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). Tadqiqotda nazariy tahlil va pedagogik kuzatish usullaridan foydalanildi. Adabiyotlar tahlili asosida paralingvistik vositalarning turlari, ulardagi ma’no va o‘quv jarayonidagi o‘rni o‘rganildi. Pedagogik kuzatishlar Buxoro tumanidagi maktablarda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining darslarini nazorat qilish orqali amalga oshirildi. Tadqiqot davomida quyidagi paralingvistik vositalar tahlil qilindi: Ovoz bilan bog‘liq (prosodik) vositalar: intonatsiya, ohang, pauza, ovoz balandligi va tembri 3 06 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Kinestetik vositalar: imo-ishoralar, mimika, ko‘z qarashlari Proksemik vositalar: masofa, pozitsiya va harakat O‘qituvchilarning paralingvistik vositalardan foydalanish mahor
Доказательный фрагмент
«This article examines the role of paralinguistic means in developing the thinking abilities of primary school students.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the role of paralinguistic means in developing the thinking abilities of primary school students. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- paralinguistic means, primary education, thinking abilities, non-verbal, jest, ovoz ohangdorligi, nonutqiy muloqot, paralingvistik vositalar, boshlang‘ich ta’lim, mimika, fikrlash qobiliyati, pedagogik eksperiment.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024