Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAMONAVIY GRAFIKADA TARIXIY SHAXSLAR OBRAZI TALQINI
Istamtoshev Ulug‘bek · СОВРЕМЕННОЙ ГРАФИКЕ (Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti)
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
The article was aimed at studying the specific artistic aspects of the works depicting the image of historical figures in modern graphic art of Uzbekistan, and studied the significance of the works created by great figures, artists of our ancestors, who left their mark on history. Keywords: modern graphics, the image of historical figures. Mustaqillikdan so‘ng barcha sohada bo‘lgani kabi grafika san’atida ham tarixga, o‘tmishga murojaat etish va eʼtiborning ortishi tarixiy janrni yanada yuksalishini belgilab berdi. Tarixiy mavzuda asar yozuvchi muallifdan tasvir etilayotgan davr hayotini yokitarixiy shaxsning hayoti va faoliyatini tarix hujjatlari (arxiv materiallari, xotiralar va hokazo) asosida o‘rganish, shu davrning tarixiy koloritini haqqoniy ifodalash, personajlar nutqida va tashqi ko‘rinishida o‘sha davr kishilari tiliga xos xususiyatlarni aks ettirish talab etiladi. 2 78 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Rassomning tarixiy mavzuga murojaat etishdan maqsadi, tomoshabinlarni tarixiy o‘tmishdagi muhim voqealar, tarixiy shaxslar hayoti va faoliyati bilan tanishtirish, ularda o‘z xalqining tarixiy o‘tmishiga nisbatan hurmat tuyg‘usini uyg‘otish va shu yo‘l bilan maʼrifatli avlodni tarbiyalash, zamondoshlarni tarixiy o‘tmish voqealaridan, tarixiy shaxslarning hayoti va faoliyatidagi ibratli tomonlardan saboq olishga undash, bugungi voqelikdagi ayrim noxush voqea va hodisalarga tarixiy o‘tmish voqealarini tasvirlash orqali munosabat bildirishdir. Tarixiy shaxslar obrazini yaratishda esa rassomlar oldida mushkul vazifa turadi. Chunki kamdan-kam holatlardan mustasno tarzdagina tarixda ularning tashqi qiyofalari haqida hech qanday dalillar saqlanib qolmagan. Buning natijasida o‘zida zamonasi ruhini timsollashtiruvchi umumlashma tarzdagi ramziy portretlar vujudga kelmoqda. Bilamizki, grafika san’atida ham tarixiy shaxslarning obrazlari ko‘pincha xalq bilan bog‘liq tarzda talqin qilinadi. O‘zbekistonning yirik tarixiy shaxslari o‘zining adabiy merosidan tashqari, xalq ta’limoti, ma’naviyat va o‘zbek milliyligini shakllantirishdagi o‘rni bilan ham alohida e’tirof etilgan. Ular, ko‘pincha, xalqning fidoyiligi va kuchi bilan birlashtirilgan holda tasvirlanadi. Ba’zan o‘zbek grafik san’atida tarixiy shaxslarning obrazi simvolik tarzda ham talqin qilinadi. Bu tarzda rassomlar tarixiy shaxslarning obrazini allegorik uslubda yaratadilar. Shuningdek, o‘zbek grafikasida tarixiy shaxslarning tasviri faqat ularning tashqi ko‘rinishini emas, balki ulug‘vor g‘oyalarini, siyosiy va ma’naviy ta’sirini ham o‘z ichiga oladi. Bu esa san’atning rivojlanishida yuksak ahamiyatga ega. O‘zbek rassomlarining tarixiy janrga bo‘lgan munosabati va tarixiy shaxslar oblazlarining xarakterini ranglar va tasvirlar orqali ochib berilishi masalalari ko‘rib chiqilib, mashxur rassomlar ijodi orqali taxlil qilindi. Mustaqillik yillarida realistik yo‘nalishda tarixiy shaxslarni va xalq qahramonlarini yaratish keksa va o‘rta avlod rassomlarining sermaxsul ijodida namoyon bo‘ldi. Q.Vasharov, X.Ziyaxanov, E.Ishoqov, V.Apuxtin, M.Kagarov, M.Sodiqov, L.Zufariy, D.To‘xtaqulov kabi ko‘plab rassomlar asarlarida bu yo‘nalish uchun anʼanaviy bo‘lgan tarixiy va janrli kartinalar o‘z ifodasini topdi. 2 79 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Qutlug‘ Basharov. Xurshid Ziyaxanov Dilbek To‘xtaqulov. Nodirabegim. Boburnoma. Alisher Navoiy va Husayn Boyqora. Qog‘oz, tempera Mato, moybo‘yoq Qog'oz, sangina, ko'mir Zamonaviy grafika san’atida tarixiy shaxslar obrazini talqin qilish deganda biz rassomning tarixiy va madaniy merosni o‘zlarining ijodiy uslubida qayta ifodalash jarayoni ekanligini tushunamiz. Bu jarayon, ayniqsa, qadimiy madaniyatlar, afsonalar yoki tarixiy shaxslar asosida yaratilgan tasvirlarni zamonaviy estetikaga moslashtirishni o‘z ichiga oladi. Tarixiy shaxslarning obrazini asarlarda talqin etish grafika san’atini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar yaratadi va tarixiy bilimlarni zamonaviy kontekstda jonlantiradi. Bu esa tomoshabinni yangi, qiziqarli va ko‘p o‘lchovli san’at asarlari bilan tanishtiradi. O‘zbekiston grafik san’atida, ayniqsa XX asrning birinchi yarmida, milliy tarixiy shaxslar va ulug‘lar ko‘pincha klassik uslublarda tasvirlangan. Rassomlar tarixiy o‘zbek hukmdorlari, ilm-fan va madaniyat arboblari, shuningdek, xalqqa xizmat qilgan shaxslarni tasvirlashda an’anaviy uskuna va uslublarga murojaat qilgan. Masalan, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muxammad Bobur, Nodirabegim, To‘maris kabi buyuk shaxslar, o‘sha davr uslubiga mos holda, o‘zbek xalqi uchun ahamiyatli yuksak maqomda tasvirlanadi. O‘zbekiston grafikasida tarixiy shaxslar tasvirini yaratishda zamonaviy texnologiyalar va uslublar ham qo‘llanila boshlagan. Masalan, 1990-yillardan keyin, o‘zbek grafik san’ati milliy tarixga yangicha yondashuvni o‘z ichiga olgan. Qad
Доказательный фрагмент
«The article was aimed at studying the specific artistic aspects of the works depicting the image of historical figures in modern graphic art of Uzbekistan, and studied the significance of the works created by great fi…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article was aimed at studying the specific artistic aspects of the works depicting the image of historical figures in modern graphic art of Uzbekistan, and studied the significance of the works created by great fi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- modern graphics, the image of historical figures, tarixiy shaxslar obrazi., zamonaviy grafika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025