Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YOSHLAR ORASIDA OYBEK IJODINI KENG TARG‘IB QILISH
NEW RENAISSANCE · Tolmasbek Tillayev · Muxlisa Sayfiyeva
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Every nation has its own language, its own religion, national values, great personalities, scholars, and eras that have brought the nation to the level of a people. Thanks to them, nationality, native language, great history, great literature, and art have been refined and developed over the centuries. Keywords: Writer, brilliant creativity, accomplished leader, orator, Kutluk' kon. XX asrning eng yetuk shaxslaridan biri, o‘zbek adabiyotining nodir durdonasi bo‘lgan ulug‘ adib, shoir, olim, jamoat arbobi O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekdir. Ushbu insonning buyuk hayot yo‘li, porloq ijodi haqida juda ko‘plab olimu ziyolilar, yosh tadqiqotchilar yillar davomida izlanishlar va tadqiqotlar olib borishmoqda, ommaviy axborot vositalarida, nufuzli gazeta va jurnallarda ilmiy-tahliliy maqolalar berib borishmoqda. Lekin, biz yoshlar asosiy e’tiborimizni adibning barchaga o‘rnak bo‘laoladigan, sabr va qanoatni, o‘tkir zehn va shijoatni, kamtarlik ila turmush tarzini, mehr va sadoqatni tarannum etgan asarlarini mukammal o‘qib, nafaqat o‘zimiz balki tengdoshlarimizga ham targ‘ib etishimiz shart deb o‘ylayman.[1] Hozirgi kunda dunyo shiddatli rivojlanish bosqichiga o‘tgani, global internet davri ekanligini hisobga olgan holda, uning ham ijobiy, ham salbiy jihatlarini ongli ravishda tasavvur 100 NEW RENAISSANCE 2025 MARCH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 3 eta olsakgina biz albatta kitobga qayta olamiz hamda biz butun dunyo havas qilib kelgan mehr- muruvvatli va mehmondo‘st xalq bo‘laolamiz, kattalarga hurmat va kichiklarga izzat qilaolamiz. Hayot insonni jismonan ko‘p narsaga tayyorlashi mumkin, lekin kitob insonning ruhiyatini, odobi va axloqini kamol toptiradigan, unga chinakam sodiq bo‘lgan eng yaqin do‘stidir. Avvalo shularni hisobga olmog‘imiz lozim, qolaversa ko‘p kitob o‘qigan insonlar, uzoqni ko‘raoladigan, yetuk rahbar va notiq bo‘lishiga ham sabab bo‘laoladigan kuch ham aynan kitobning o‘zidir. Bejizga buyuk adib, shoir Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekni tilga olmadik. U insonning og‘ir yillarda bosib o‘tgan ibratli hayot yo‘li, turfa qiyinchiliklarni engan metin irodasi, dilbar asarlari ila bugungi kunda kitobxonlarning suyukli adibiga aylangan. Uning umr yo‘ldoshi, suyukli ayoli, vafoli yori Zarifa Saidnosirovaning ham hayot yo‘li barcha opa-singillarimizga chinakam o‘rnak bo‘lsa arziydi deb hisoblayman. Negaki Oybekka chinakam suyanch bo‘lgan, vafo va sadoqatda, ilmu ziyoda qo‘sh yulduz bo‘lgan ham aynan shu insondir. [2] Bugungi kunda Respublikamizda turfa xil ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-adabiy tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda, ushbu tadbirlarning aksariyatida mavzusi bevosita Oybek domlaning hayoti va ijodini o‘z ichiga olgan holda, keng ommaga yoritilib berilmoqda. Keling Oybek ustozning qisqacha hayoti bilan tanishtirib o‘taman. Buyuk adib 1905-yil 10-yanvarda Toshkent shahrining Gavkush mahallasida dunyoga keldi. Sovet davrida hali u mahalladan rus mafkurasi to‘quvchi va ularning mollarini siqib chiqarmagan paytlarda, bu malallada istiqomat qiluvchilarning aksariyati bo‘zchilik bilan shug‘ullanishar edi. Bo‘lajak yozuvchining otasi Toshmuhammad aka ham dastlab bo‘zchilik bilan, so‘ngra qishloqlarga qatnab, baqqolchilik qilgan. Oddiy oilaning farzandi bo‘lgan Oybek dastlab ta`limni maktabda oladi. Ushbu maktabda tarix, matematika, geografiya singari fanlar o‘tilmagan bo‘lsada, Oybek u yerda So‘fi Olloyor, Navoiy, Xo‘ja Hofiz, Bedil singari o‘zbek va fors-tojik shoirlar hayoti bilan tanishadi. 1919-yilda esa “Na`muna” deb atalgan boshlang‘ich sovet maktabida o‘qishni davom ettiradi. Bo‘lajak adib tor va ilonizi yanglig‘ egri-bugri mahalladagi pastak bir uyda tug‘ilganligi uchun 1921 yil maktabni tamomlab Navoiy nomidagi ta`lim tarbiya texnikumining yotoqxonasida yashaydi. Shu yerda adib rafiqasi Zarifa Saidnosirova bilan tanishadi va u yerda Navoiy, Fuzuliy, Pushkin, Lermontov, Tolstoy va boshqa ko‘plab muntoz adiblar ijodi bilan oshno bo‘ladi.[3] Oybek o‘sha vaqtlardan boshlab ijodga qiziqib, ilhomlanib ilk she’rini texnikumning “Tong yulduzi” devoriy gazetasida chiqaradi. 101 NEW RENAISSANCE 2025 MARCH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 3 Uning aytishicha she’ri chiqqandan so‘ng manashu gazetaga mas’ul muharrir qilib tayinlanadi. Sekin sekin Respublika gazetasida she’rlari bosilib chiqa boshlaydi. Bu vaqtlarni Oybekning o‘zi kulib xotiralab ko‘p takidlab o‘tgan. 1925- yil o‘qishni tamomlab, O‘rta Osiyo davlat unversitetining iqtisodiyot fakultetida o‘qish bilan bir paytda maktabda til va adabiyotdan dars beradi. Ulug‘ adib Oybekning juda ko‘plab mashhur jahon va o‘zbek adabiyotidan joy olgan “Qutluq qon”, “Navoiy”, “Sayyohi hindi”, “Quyosh qoraymas”, “Oltin vodiydan shabadalar”, “Ulug‘ yo‘l”, “ Bolalik xotiralarim” kabi nomdagi boy ijodiy merosi mavjud. Xulosa Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki aynan bugungi o‘zgarishlarga boy dunyoda, har birimiz yetuk bilimli, ilmu-marifatli yurtimiz rivojiga munosinb hissamizni
Доказательный фрагмент
«Every nation has its own language, its own religion, national values, great personalities, scholars, and eras that have brought the nation to the level of a people.»
Образец извлечения
Демо-превьюEvery nation has its own language, its own religion, national values, great personalities, scholars, and eras that have brought the nation to the level of a people. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Writer, brilliant creativity, accomplished leader, orator, Kutluk' kon, porloq ijod, yetuk rahbar, Qutluq‘ qon., notiq, Adib
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024