К содержанию
РецензированоUZ2026

WEB ILOVALARNI LOYIHALASH: TAMOYILLAR, MUAMMOLAR VA ILG‘OR TAJRIBALAR

VA ILG‘OR TAJRIBALAR · Sadritdinova Dinora A'zamjon qizi

Исследования в области технических наук в Узбекистане · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada zamonaviy web ilovalarni loyihalash tamoyillari, duch kelinadigan muammolar va ilg‘or tajribalar tahlil qilinadi. Web ilovalar bugungi kunda biznes, ta’lim, sog‘liqni saqlash, elektron tijorat, davlat xizmatlari va boshqa ko‘plab sohalarda asosiy axborot va xizmatlarni taqdim etish vositasiga aylangan. Ularning samarali ishlashi uchun to‘g‘ri arxitektura, xavfsizlik choralarini ko‘rish va foydalanuvchi tajribasini (UX/UI) optimallashtirish muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada web ilovalarni yaratishda qo‘llaniladigan asosiy tamoyillar, uchraydigan texnik va dizayn muammolari hamda ilg‘or tajribalar haqida batafsil ma’lumot beriladi. Tadqiqot natijalariga asoslanib, eng samarali yondashuvlar va ilg‘or texnologiyalar ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: web ilovalar, UX/UI dizayn, xavfsizlik, responsiv dizayn, server arxitekturasi, ilg‘or texnologiyalar, foydalanuvchi tajribasi, front-end, back-end, API, SEO optimizatsiya Mavzuning dolzarbligi Axborot texnologiyalari va internet tarmog‘ining rivojlanishi bilan web ilovalar hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Hozirda deyarli barcha sohalarda web ilovalar biznes jarayonlarini optimallashtirish, mijozlarga tezkor xizmat ko‘rsatish va axborot almashinuvini samarali tashkil etish uchun qo‘llaniladi. Web ilovalarning ahamiyati 1. Elektron tijorat: Online do‘konlar, to‘lov tizimlari va yetkazib berish xizmatlari uchun qulay interfeys va xavfsizlik talab etiladi. 2. Ta’lim: Masofaviy ta’lim platformalari (Coursera, Udemy, Moodle) talabalar va o‘qituvchilarga zamonaviy ta’lim olish imkoniyatini beradi. 3. Sog‘liqni saqlash: Tibbiy kartalar, onlayn qabul va maslahat xizmatlari ko‘plab muassasalar tomonidan yo‘lga qo‘yilgan. 4. Davlat xizmatlari: Raqamli davlat portallari aholi uchun turli xizmatlarni onlayn ko‘rsatish imkonini beradi. 31 Muammolar va talablar Web ilovalarning tezkor va ishonchli ishlashini ta’minlash muhimdir. Xavfsizlik muammolari (hacker hujumlari, ma’lumotlar buzilishi) kuchaymoqda. Foydalanuvchilarning talablariga mos keladigan interfeys va qulaylik yaratish muhim hisoblanadi. Web ilovalarni loyihalash zamonaviy biznes va ijtimoiy hayotning muhim jihatlaridan biri bo‘lib, ularning samaradorligi foydalanuvchi ehtiyojlarini to‘liq qondirishga bog‘liqdir. Tadqiqot maqsadi Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi web ilovalarni yaratish jarayonida qo‘llaniladigan tamoyillar, duch kelinadigan muammolar va ilg‘or tajribalarni o‘rganishdan iborat. Tadqiqotning asosiy yo‘nalishlari: 1. Web ilovalarni loyihalash tamoyillari – to‘g‘ri arxitektura, UI/UX dizayn, responsivlik. 2. Texnik muammolar va ularning yechimlari – xavfsizlik, server yuklamalari, optimizatsiya. 3. Ilg‘or tajribalar va texnologiyalar – mikroservis arxitektura, bulutli texnologiyalar, sun’iy intellekt. 4. Amaliy tavsiyalar – web ilovalarni samarali ishlab chiqish va boshqarish strategiyalari. Tadqiqot natijalari web dasturchilar, dizaynerlar va biznes egalari uchun foydali qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqot materiallari Web ilovalarni loyihalash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar va amaliy ishlanmalar bir necha asosiy yo‘nalishlarga bo‘linadi. Quyida ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha muhim tadqiqotlar, muammolar va ilg‘or tajribalar keltiriladi. 1. Web ilovalarni loyihalash tamoyillari bo‘yicha tadqiqotlar Web ilovalar foydalanuvchilar uchun qulay, samarali va xavfsiz bo‘lishi kerak. Bunda asosiy tamoyillar quyidagilar: 32 Foydalanuvchi interfeysi va UX dizayn: Nielsen va Norman tomonidan ilgari surilgan "Usability Heuristics" tamoyillari web ilovalarning foydalanish qulayligini oshirish uchun qo‘llaniladi. Google Material Design va Apple Human Interface Guidelines interfeys dizayni bo‘yicha ilg‘or tajribalar sifatida qabul qilinadi. Jacob Nielsen (1994) tomonidan UX dizayn bo‘yicha tadqiqotlar va Steve Krug (2000) ning "Don't Make Me Think" kitobi web dizayn tamoyillarini chuqur o‘rganishga yordam beradi. Moslashuvchan (Responsive) dizayn: Ethan Marcotte (2010) tomonidan taqdim etilgan "Responsive Web Design" konsepsiyasi mobil va desktop foydalanuvchilar uchun moslashuvchan interfeys yaratishga asos bo‘ldi. CSS Media Queries va Bootstrap framework kabi texnologiyalar bu tamoyilni amalga oshirishda qo‘llaniladi. Ma’lumotlar arxitekturasi va navigatsiya: Web saytlar va ilovalarning ma’lumotlar tuzilishi Peter Morville tomonidan ishlab chiqilgan "Information Architecture for the Web and Beyond" tamoyillariga asoslanadi. Web ilovalarning axborot oqimi (User Flow) Donald Norman tamoyillariga asoslanib tuziladi. 2. Web ilovalarning xavfsizligi va muammolar bo‘yicha tadqiqotlar Web ilovalar xavfsizligi muhim masala bo‘lib, bir qancha tahdidlar mavjud: Xavfsizlik muammolari: OWASP (Open Web Application Security Project) tomonidan muntazam ravishda e’lon qilinadigan "Top 10 Security Risks" web ilovalarning eng muhim xavfsizlik muammolarini ta’kidlaydi. SQL Injection, XSS (Cross-Site Scripting), CSRF (Cross-Site Request Forgery) kabi hujum turlari bo‘yicha Web Application Security by Bryan Sulliva

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada zamonaviy web ilovalarni loyihalash tamoyillari, duch kelinadigan muammolar va ilg‘or tajribalar tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada zamonaviy web ilovalarni loyihalash tamoyillari, duch kelinadigan muammolar va ilg‘or tajribalar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
front-end, server arxitekturasi, xavfsizlik, foydalanuvchi tajribasi, web ilovalar, API, UI dizayn, SEO optimizatsiya, UX, back-end, ilg‘or texnologiyalar, responsiv dizayn
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники