Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RAQAMLI SHARTNOMALAR VA SMART-KONTRAKTLAR TUSHUNCHASI VA ULARNING YURIDIK TABIATI
Insights Across the · Muallif: Pardayev Akmal
SYNAPSES: Понимание различных дисциплин · 2 · 269–300 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada raqamli shartnomalar va smart-kontraktlar tushunchasi, ularning huquqiy tabiati va amaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Zamonaviy raqamli iqtisodiyotda ushbu tushunchalar tobora dolzarb bo‘lib, shartnoma munosabatlarini avtomatlashtirish va ishonchli tarzda amalga oshirishga xizmat qiladi. Maqolada smart-kontraktlarning an’anaviy shartnomalardan farqlari, ularning yuridik kuchi, milliy va xalqaro huquqiy tartibga solish masalalari yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekiston qonunchiligida raqamli shartnomalarning o‘rni va istiqbollari hamda ularni amalga oshirishdagi huquqiy muammolar tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: raqamli shartnomalar, smart-kontraktlar, blokcheyn, huquqiy tartibga solish, shartnoma huquqi. Zamonaviy axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyat hayotining barcha sohalarida, shu jumladan, huquqiy munosabatlar sohasida ham tub o'zgarishlarga olib kelmoqda. Bugungi kunda iqtisodiy munosabatlarning globallashuvi, elektron tijoratning keng tarqalishi va raqamli iqtisodiyotga o'tish jarayonlari shartnomaviy munosabatlarning ham transformatsiyasiga sabab bo'lmoqda. Ushbu shart-sharoitlarda an'anaviy shartnomalar bilan bir qatorda raqamli shartnomalar va smart-kontraktlar kabi yangi huquqiy institutlar paydo bo'lib, faol qo'llanilmoqda. Raqamli shartnomalar va ayniqsa smart-kontraktlar — bu nafaqat texnologik yangilik, balki shartnomaviy huquqning evolyutsiyasi hamdir. Smart-kontraktlar blokchein texnologiyasiga asoslangan bo'lib, ularda shartnoma shartlari dasturiy kod ko'rinishida yoziladi va ma'lum shartlar bajarilganda avtomatik ravishda ijro etiladi. Bu esa uchinchi taraf ishtirokisiz, tezkor va shaffof tarzda shartnomaviy majburiyatlarni bajarish imkonini beradi. Biroq, raqamli shartnomalar va smart-kontraktlarning keng qo'llanilishi bir qator huquqiy masalalarni ham keltirib chiqarmoqda: ularning yuridik maqomi, huquqiy tartibga solish mexanizmlari, ushbu shartnomalarni tuzish va ijro etish jarayonida yuzaga keladigan nizolarni hal qilish masalalari dolzarb bo'lib qolmoqda. 9 Synapses: Insights Across the Disciplines SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 2, Issue 3 Shartnomalarning bu yangi shakllari qay darajada an'anaviy shartnomalar bilan o'xshashlikka ega, qanday o'ziga xos xususiyatlarga ega, qanday yuridik kuchga ega — bu savollar zamonaviy yuridik fan va amaliyot oldida turgan muhim muammolardir1. Ushbu maqolada raqamli shartnomalar va smart-kontraktlarning tushunchasi, tasnifi, ularning asosiy xususiyatlari va yuridik tabiatini o'rganishga harakat qilamiz. Shuningdek, ushbu shartnomalarni huquqiy tartibga solishning xalqaro va milliy tajribasi, mavjud huquqiy muammolar va ularni hal qilish yo'llari tahlil qilinadi. Ko'pchilik mamlakatlar qonunchiligida raqamli shartnomalar an'anaviy qog'oz shartnomalar bilan bir xil huquqiy kuchga ega deb tan olingan. Masalan: AQShda "Elektron imzolar va xalqaro va ichki savdoda elektron hujjatlar to'g'risida"gi Federal qonun (ESIGN Act) va "Elektron tranzaksiyalar to'g'risida Yagona qonun" (UETA) elektron shartnomalarning huquqiy maqomini belgilaydi. Yevropa Ittifoqida "Elektron identifikatsiya va ishonch xizmatlari to'g'risida"gi Nizom (eIDAS) elektron shartnomalarning huquqiy kuchini tartibga soladi. O'zbekistonda "Elektron hujjat aylanishi to'g'risida"gi, "Elektron raqamli imzo to'g'risida"gi qonunlar raqamli shartnomalarning huquqiy maqomini belgilaydi. Turli mamlakatlar smart-kontraktlarning yuridik tabiatiga turli xil yondashuvlar qo'llamoqda. AQShda, ayrim shtatlar, masalan, Arizona, Nevada, Tenessi smart- kontraktlarni qonunchilik darajasida tan olgan. Arizona shtati qonunchiligida smart- kontrakt "hodisalar yuzaga kelganda harakatlarni bajaradigan yoki ma'lumotlarni boshqaradigan dastur sifatida yozilgan shartnoma" deb belgilangan2. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari smart-kontraktlarga mavjud shartnomalar huquqi doirasida yondashmoqda, ammo ularga oid maxsus qonunchilik hali rivojlanmagan. Dubai xalqaro moliyaviy markazi (DIFC) smart-kontraktlarni "shartnomaviy kelishuvlarning sun'iy shakli" sifatida tan olib, ularni tartibga solish bo'yicha maxsus huquqiy asoslar yaratmoqda. Malta smart-kontraktlarga maxsus qonunchilik asoslarini yaratgan birinchi mamlakatlardan biri bo'lib, "Raqamli innovatsiyalar organi to'g'risida"gi qonunda smart-kontraktlarning huquqiy maqomini belgilaydi3. Bugungi kunda O'zbekiston raqamli shartnomalar va smart-kontraktlar bo'yicha qonunchilik bazasini rivojlantirish bosqichida. 2020-2022 yillarda "Elektron tijorat to'g'risida"gi qonuniga o'zgartirishlar kiritildi va bu raqamli shartnomalarning huquqiy 1 Mik, Eliza. (2017). Smart Contracts: Terminology, Technical Limitations, and Legal Implications. Law, Innovation and Technology, Vol. 9, pp. 269–300. 2 Werbach, Kevin & Cornell, Nicolas. (2017). Contracts Ex Machina. Duke Law Journal, Vol. 67, pp. 313–382. 3 Savelyev, Alexander. (2018). Contract Law 2.0: ‘Smart’ Contracts as the Beginning of the End of Classic Contract Law. Information & Co
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada raqamli shartnomalar va smart-kontraktlar tushunchasi, ularning huquqiy tabiati va amaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada raqamli shartnomalar va smart-kontraktlar tushunchasi, ularning huquqiy tabiati va amaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- huquqiy tartibga solish, raqamli shartnomalar, smart-kontraktlar, blokcheyn, shartnoma huquqi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014