К содержанию
РецензированоEN2024

KOGNITIV DISSONANS FENOMENINING BOSHQA FANLAR BILAN INTEGRATSIYASI.

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА · Tursunova Marxabo Raxmonovna

Медицина, педагогика и технологии: теория и практика · 3 · 5-9 · 2024

Аннотация

This article explores the concept of cognitive dissonance and its integration with other disciplines such as psychology, sociology, education, economics, and marketing. Cognitive dissonance is a conflict between people's existing thoughts and behaviors, which plays a significant role in the perception of information, decision-making, and behavior change. The article explores the interdisciplinary impact of this concept and shows how cognitive dissonance is used in practice through research and examples. 107 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 13.14/2024 SJIF 2024 = 5.444 Том 3, Выпуск 03, Март Keywords: cognitive dissonance, psychology, sociology, education, economics, marketing, behavior, decision-making. Kognitiv dissonans tushunchasi 1957 yilda Leon Festinger tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, u inson psixologiyasining muhim bir qismidir. Ushbu konsept, odamlarning bir-biriga zid bo'lgan fikr va xulq-atvorlari orasidagi muammolarni qanday hal qilishlarini o'rganadi. Kognitiv dissonans, so'nggi yillarda turli fanlar doirasida katta e'tibor qaratiladigan mavzu bo'lgan. Bu tushuncha, psixologik nazariyalar, xulq-atvor bilimlari, shuningdek, iqtisodiyot va marketing sohasida ham qiziqarli natijalar beradi. Maqola davomida biz kognitiv dissonansning boshqa fanlarga ta'sirini o'rganamiz va ulardan qanday foydalanganligimizni ko'rib chiqamiz. Zamonaviy tilshunoslikda kognitiv dissonans fenomenini o'rganish nisbatan yaqinda boshlangan hisoblanadi. Bu borada birinchi ishlar bir necha o'n yillar oldin paydo bo'lgan. Ayni paytda zamonaviy tilshunoslikda bag'ishlangan kognitiv dissonans hodisasi va uning individual jihatlariga lingvistik nuqtai nazardan qaraydigan bir qator ishlar mavjud bo’lib hisoblanadi. Oxirgi yillarda tilni kognitiv aspektda tadqiq etish va badiiy tarjimaga kognitiv jihatdan yondashib olib borilgan ishlar salmog‘i ancha oshib bormoqda. Kognitologiya ko‘p aspektlik fanlardan biri bo‘lib, uning tadqiqot ob’ektiga olamni bilish, anglash, idrok etish kabi masalalar kiradi. Ona tilini mukammal bilish va yana boshqa bir xorijiy tilni “zabt etish” - yangi bir olamni idrok qilish, anglash demakdir. Tarjimonlar tarjima bilan shug‘ullanish barobarida yangi bir olamni kashf etguvchi mutaxassilar hisoblanadilar.1 Kognitiv dissonans tushunchasi cognitio—«anglash» va dissonantia — “nomuvofiqlik, mos kelmaslik, ohangdorlikning yo’qligi” degan ma’nolarni anglatadi. Ushbu nazariyaning asoschisi amerikalik ruhshunos L. Frestinger [1919-1989] bo’lib, bu nazariyaning asosini bilim tizimidagi nomuqobillik tashkil etadi. Bu nomuqobillik ruhiy qoniqishga olib kelmaydi va bu hodisa ruhshunoslikda dissonans atamasini olgan. Dissonans lotincha dissonans “dissonantia” ohangdorligi bir -biriga muvofiq kelmaydigan tovushlar so’zlar yoki bo’g’inlarning to’qnashuvi, kesishuvi degan ma’noni anglatadi Kognitiv dissonans terminining lug‘aviy ma'nosini tahlil qilish maqsadida bir nechta manbalarga murojaat qilingan. Kognitiv dissonans so'zining o'zida lotin tilida "cognitio" - "anglash" va "dissonantia" - "nomuvofiqlik", "nomutanosiblik", 1 Shirinova R.X “KOGNITIV DISSONANS FENOMENI VA UNING TARJIMADA TUTGAN O‘RNI” ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2016-yil, 6-son 108 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 13.14/2024 SJIF 2024 = 5.444 Том 3, Выпуск 03, Март "ohangsizlik" kabi ma'nolarni ifodalaydi. V.I. Dalning lug‘atida bu atama "dissonans" sifatida quyidagi tavsif bilan keltirilgan: "Dissonans - musiqa sohasida notekis va nomutanosib tovushlarning birlashishi" deb belgilangan. S.I. Ojegov izohli lug‘atida keltirilishicha, dissonans - bu bir vaqtning o'zida turlicha ohanglarning notekis va g’alis eshitilishi demakdir. Yana bir tomondan, konsonans atamasi musiqada tovushlar orasidagi uyg'unlik va ohangdorlikni anglatadi va bu tasniflarga ko'ra, dissonans konsonansning aksidir. A.N. Chudinovning lug‘atida esa "dissonans" - "notekis va quloqqa yomon tuyuladigan tovushlar kombinatsiyasi" deb ta'riflanadi. Ensiklopedik manbalarda esa dissonans "musiqada turli tonlarning bir vaqtning o'zida notekis ovoz chiqarishi" deb belgilangan va konsonansning qarama-qarshisi sifatida ko'rsatilgan. Yuqoridagi barcha manbalar dissonans atamasini konsonansning aksini, shu bilan birga noqulaylik, uyg'unlikdagi nomuvofiqlik sifatida tushuntiradi. Kognitiv dissonans – bu insonlarning xulq-atvorini va fikrlarini o'zgartirishga ta'sir qiluvchi kuchli omildir. Maqolamizda ko'rsatilganidek, kognitiv dissonans psixologiya, sotsiologiya, ta'lim, iqtisod va marketingga ta'sir etadi. Har bir sohada dissonansni hal qilish usullari va strategiyalari o'zgaradi, lekin umumiy tamoyil – odamlarning maqsad va qarorlarini o'zgartirish orqali bir-biriga zid bo'lgan fikrlarni muvofiqlashtirishdir. Kognitiv dissonans har doim o'zgaruvchan sharoitlarda o'rganilishi zarur bo'lgan murakkab fenomen bo'lib, u fanning rivojlanishida

Доказательный фрагмент

«This article explores the concept of cognitive dissonance and its integration with other disciplines such as psychology, sociology, education, economics, and marketing.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the concept of cognitive dissonance and its integration with other disciplines such as psychology, sociology, education, economics, and marketing. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
cognitive dissonance, psychology, sociology, education, economics, sotsiologiya, marketing, iqtisod, xulq-atvor, qaror qabul qilish., psixologiya, ta'lim, kognitiv dissonans
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[4]МедицинаRUРецензированоОткрытый доступ
Лечебные свойства меда

Научные работы одарённой молодёжи и медицина XXI векаМ Болтаева, М Хамрокулова2023

4