К содержанию
РецензированоUZ2024

HIKOYADA DAVR VA INSON MUNOSABATLARI TASVIRI

yangilanish Shukur Xolmirzayev · Erkin A’zam · Nazar Eshonqulning hikoyachilik · Yozuvchi Erkin A’zamning “Stupka”, “Aralashqo‘rg‘on” · Nazar Eshonqulning

Журнал универсальных научных исследований · 2024

Аннотация

Adabiy-badiiy jarayon taraqqiyoti, so‘z san’atining yangi davrga qadam qo‘yishi hikoya strukturasida shakl va mazmun jihatdan muayyan o‘zgarishlar yuz berayotganini ko‘rsatadi. Bunday hodisa, shu jumladan, o‘zbek nasrida namoyon bo‘lmoqda. Bunday evrilishlar, nafaqat hikoya, shuningdek, yirik epik shakl sanalgan roman badiiy qurilmasida ham ko‘rinyapti. Zamonaviy o‘zbek hikoyachiligining keyingi bosqichlari, xususan, milliy Mustaqillik yillarida badiiy matn hududida tasvir obyektivligiga e’tiborning birmuncha oshganligini ko‘rsa bo‘ladi. Bunday ijodiy-poetik yangilanish Shukur Xolmirzayev, Erkin A’zam, Nazar Eshonqulning hikoyachilik borasidagi izlanish va tajribalarida ham ko‘rinadi. Maqolada ayrim hikoyalar tadqiqi orqali kichik epik janr namunalarida inson obrazidagi asosiy xususiyatlar – uning shaxsiyati, ichki dunyosi, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi faoliyati kabi ko‘pgina omillar bilan bog‘liqligi haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: hikoya strukturasi, tasvir obyektivligi, badiiy matn, Erkin A’zam, Nazar Eshonqul “Stupka”, “Aralashqo‘rg‘on”, “Maymun yetaklagan odam”. Ma’lumki, so‘z san’atining barcha janrlarida inson hamisha markaziy o‘rinda turgan, hozir ham shunday tamoyil davom etmoqda. Badiiy adabiyotda, xususan, kichik epik janr namunalarida inson obrazidagi asosiy xususiyatlar – uning shaxsiyati, ichki dunyosi, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi faoliyati kabi ko‘pgina omillar bilan bog‘liq. Zamonaviy o‘zbek hikoyachiligining keyingi bosqichlari, xususan, milliy Mustaqillik yillarida badiiy matn hududida tasvir obyektivligiga e’tiborning birmuncha oshganligini ko‘rsa bo‘ladi. Bunday ijodiy-poetik yangilanish Erkin A’zam, Nazar Eshonqulning hikoyachilik borasidagi izlanish va tajribalarida ham ko‘rinadi. Yozuvchi Erkin A’zamning “Stupka”, “Aralashqo‘rg‘on”, Nazar Eshonqulning “Maymun yetaklagan odam” kichik epik asarlaridagi inson tasvirida bunday yangicha harakat ko‘zga tashlanadi. Bu o‘rinda ko‘rilayotgan muammoni “Stupka” hikoyasi misolida ko‘rib chiqishga harakat qilamiz. 36 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3 Bu hikoyaning asosiy personaji – Marina ismli sovet davrida Voronejdan o‘zbek yurtiga “baynalminal” tilni o‘rgatish uchun muallim sifatida yuborilgan ayol. U Arslon degan “arslondek devqomat, ko‘kragi baland, errayim, chapani” yigitga turmushga chiqadi. Yigit aslida ammasining qiziga ko‘ngil qo‘ygan, amma nima uchundir unga bu qizni turmushga bermaydilar. Shu sabab keyin ham baxti chopmay, ancha vaqt bo‘ydoq yashab yuradi. Oxir-oqibat, o‘qituvchilik qilib yurgan va o‘ziga “royishroq” tuyulgan rus qizi (Marina)ga to‘ysiz uylanib, yashay boshlaydi. Hikoyada yozilganidek, “nomusga qolgan ota bir tovoq osh bilan ularni musulmonchasiga nikohlab qo‘yadi”1. Bu sovet mafkurasi muttasil targ‘ib etib doimo rag‘batlanib turgan “millatlararo oila” edi. Bunday munosabat yoxud oila Oybekning “Qutlug‘ qon”, Sharof Rashidovning “Bo‘rondan kuchli”. Asqad Muxtorning “ Po‘lat quyuvchi “ poemasida tasvirlangan. Aslida bunday aloqa-bog‘lanishlar nafaqat siyosiy-mafkuraviy, shuningdek, axloqiy-ma’naviy nuqtayi nazardan inkor etilmagan. Bag‘rikeng va olijanob xalqimiz o‘zga yurtlardan kelib, milliy xonadonlarga kelin bo‘lib tushgan o‘zga tilli xotin-qizlarni o‘z davrasiga qo‘shgan, ularga kamsitish va begonalik bilan qaralmagan. Bunday ayollarning ko‘pchiligi sharqona turmushga ko‘nikib, o‘zbeklashib ketishgan, ulardan iste’dodli va millatimiz koriga yaraydigan azamat yigitlar, dilbar va sarishtali qizlar tug‘ilgan. Biroq, yuqorida bayon etilgan hollarga qaramay, soxta mafkura targ‘iboti va siyosiy maqsadlar asosida tashkillashtirilgan bunday nikohlar bevosita yoxud bilvosita shaxs fojialarini ham yuzaga keltirgan. Erkin A’zam hikoyasida mana shunday fojialardan quyidagilar tasvirlangan: 1.Milliy muhitdan uzilish fojiasi. Asar bosh qahramoni Marina bir guruh tengdoshlari qatorida davr siyosati targ‘ibi va da’vati tufayli O‘zbekistonning chekka tumanlaridan biriga “baynalminal” tilni mahalliy aholi orasida yoyish maqsadida yuborilgan. Tabiiyki, u shu joyning shart-sharoitlari, imkoniyatlari doirasida yashay boshlaydi. O‘zbek yigitiga turmushga chiqadi, “sariq atlasdan ko‘ylag-u lozim kiyib, binoyidek yanga bo‘lib ketdi”2. Bunday qaraganda, uni o‘z baxtini topdi, deb hisoblash mumkin. Maktabda muallima, qishloqdoshlar orasida hurmat-e’tiborga ega. Ammo eri dunyodan o‘tib, nafaqaga chiqqach, o‘zini yolg‘iz-notаvon seza boshlaydi. Ba’zan tushlariga bolaligi, yoshligi o‘tgan vatanini, unda o‘tgan umri, yurtdoshlarini eslay 1 Эркин Аъзам. Шовқин.Роман, қисса, ҳикоялар. – Тошкент:Ўзбекистон, 2011. – Б.262. 2 Эркин Аъзам. Шовқин.Роман, қисса, ҳикоялар. – Тошкент:Ўзбекистон, 2011. – Б.262 37 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3 boshlaydi. Garchi yangi muhiti unga, u esa bu joylarga ko‘nikkan bo‘lsa-da, ona yurt sog‘inchi keksa ayolga azob berayotganini kitobxon sezib turadi. Asarda bu tuyg‘uning sabablari va

Доказательный фрагмент

«Adabiy-badiiy jarayon taraqqiyoti, so‘z san’atining yangi davrga qadam qo‘yishi hikoya strukturasida shakl va mazmun jihatdan muayyan o‘zgarishlar yuz berayotganini ko‘rsatadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Adabiy-badiiy jarayon taraqqiyoti, so‘z san’atining yangi davrga qadam qo‘yishi hikoya strukturasida shakl va mazmun jihatdan muayyan o‘zgarishlar yuz berayotganini ko‘rsatadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“Maymun yetaklagan odam”., Erkin A’zam, Nazar Eshonqul “Stupka”, badiiy matn, “Aralashqo‘rg‘on”, hikoya strukturasi, tasvir obyektivligi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники