К содержанию
РецензированоRU2024

HARBIY-PEDAGOGIK TA’LIM JARAYONIDA BO‘LAJAK OFITSERLARDA “SOFT SKILLS” KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI.

SOXIBOYEV Z.E.

Журнал универсальных научных исследований · 2024

Аннотация

В данной статье рассмотрены особенности и значение развития “Soft Skills” у будещих молодых офицеров в высших военных учебных заведениях, их цель и роль в подготовке будещих офицеров, а также основные принципы формирования, выделены “Soft Skills” будещих офицеров, обучающихся в вузах. Ключевые слова: навыка, способности, знания, компетентность, подготовка, оброзование, офицер, “Soft Skills”, черта характера, психологическое состояние, эмоция, анализ. Annotation. This article discusses the features and significance of the development of “Soft Skills” among future young officers in higher military educational institutions, their purpose and role in the training of feature officers, as well as the basic principles of formation, “Soft Skills” of feature officers studying at universities are highlighted. Keywords. skill, ability, knowledge, swimmer competence, education, officers, “Soft Skills”, character trait, psychological characters. 42 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3 Oliy harbiy ta’lim muassasalarida harbiy-pedagogik ta’lim jarayonida ta’lim tizimi shaxsni shakllantirishi va rivojlantirishi uchun, davlat standarti talablari asosida hamda jahon ta’lim tizimi darajasida kadrlar yetishtirish uchun avvalo pedagog shaxsining har tomonlama mukammal bo‘lishini talab qiladi. Pedagogika fanining hozirgi zamon yutuqlariga asoslanib, davr talabiga mos keladigan yosh bo‘lajak ofitserlarga ta’lim va tarbiya berishda ularning boshqaruvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirishda “Soft Skills” yumshoq ko‘nikmalarini va mahoratini shakllanish yo‘llari va uning ayrim nazariy asoslarini yaratish juda muhimdir. Barkamol avlodni rivojlantirish va shakllantirish vazifalarining serqirraligi va murakkabligi, ta’lim- tarbiya nazariyasi va amaliyoti uchun o‘ta zarurligini hisobga olganda eng dolzarb masaladir. O‘zbekiston Respublikamiz Qurolli kuchlariga har tomonlama yetuk, mustahkam bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan o‘z bo‘ysunuvidagi shaxsiy tarkibni mohirona boshqara oladigan komandirlar nihoyatda zarur.1 Shu jihatdan oliy harbiy ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiyani optimallashtirishning kasbiy ko‘nikma va malakalari tizimi hisoblanib, asosan, yosh avlodni maqsadga muvofiq yo‘naltirish, ularning ma’naviy e’tiqodini, dunyoqarashini, qobiliyatini ijtimoiy ehtiyoj nuqtai nazardan har tomonlama rivojlantirish va takomillashtirishdan iborat. Ushbu maqolani dolzarbligi shundaki va undan ko‘zlangan asosiy maqsad bo‘lajak yosh komandirlarning madaniy tafakkuri, o‘z bo‘ysunuvidagi shaxsiy tarkib bilan muomala qila olish ko‘nikmasi, o‘z xulqini o‘zi boshqara olish qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha faoliyat tizimini ishlab chiqishdan iborat2. Maqolaning dolzarbligi shundaki oliy harbiy ta’lim muassasalarida bo‘lajak yosh ofitserlarda “Soft Skills” ko‘nikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot obyekti va predmeti: va uning oldiga qo‘yilgan asosiy maqsad oliy harbiy ta’lim muassasalarida “Soft Skills” ko‘nikmalarini rivojlantirish, shakllantirish jarayonini o‘rganish va uning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash. 1 O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida” Qonuni 23.09.2020 y. 2 O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi. 2018-yil 9-yanvar. 43 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3 “Soft Skills” (yumshoq) ko‘nikmalar tushunchasi bu muomala, yetakchilik, qaror qabul qilish va boshqa ko‘nikmalar ofitser faoliyatida muhim jihatlar hisoblanadi.3 Oliy harbiy ta’lim muassasalarida bo‘lajak yosh ofitserlarda “Soft Skills” ko‘nikmalarini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari shundaki bugungi kunda qo‘mondonlik va yetakchilikning zamonaviy talablari asosida harbiy faoliyatda rahbarlar, boshliqlar, komandirlar nafaqat qo‘mondonlik qiladi yoki boshqaradi balki jamoani birlashtirish, rag‘batlantirish va o‘zgaruvchan sharoitlarda tezkor qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishi kerak. “Soft Skills” ko‘nikmalarga ega bo‘lgan rahbar, boshliq o‘z qo‘l ostidagilar bilan samarali muloqot qilib, ularning ishchanligini oshirish mumkin. Shu asosda bir qator ko‘nikmalarni shakllantirish joiz. Kuchli muloqot ko‘nikmalari- Globallashuv davom etayotgan va xalqaro munosabatlarning butun tizimi o‘zgarib borayotgan sharoitlarda jahondagi harbiy-siyosiy vaziyat xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka xavf-xatar hamda tahdidlar ko‘lami kengayib borayotganligi-geosiyosiy qarama-qarshilikning kuchayishi, mojarolar va tang vaziyatlarni kuch ishlatib hal etishga bo‘lgan yondashuvning ustunlik qilishi, kuch ishlatish, shu jumladan taktik harakatlarning yangi ko‘rinishlari ehtimoli oshganligi, harbiylashtirish, xalqaro terrorizm va ekstremizm faollashganligi, axborot makoni va 3 Anderson, P. “Leadership and “Soft Skills” for Military officers, A Strategic Guide”. Military press. Bo‘lajak ofitserlarda rahbardik va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv qo‘llanma. (2018). 44

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассмотрены особенности и значение развития “Soft Skills” у будещих молодых офицеров в высших военных учебных заведениях, их цель и роль в подготовке будещих офицеров, а также основные принципы формиро…»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассмотрены особенности и значение развития “Soft Skills” у будещих молодых офицеров в высших военных учебных заведениях, их цель и роль в подготовке будещих офицеров, а также основные принципы формиро… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
skill, ability, knowledge, swimmer competence, education, tarbiya, xususiyat, ko‘nikma, Bilim, ta’lim, tahlillar., “Soft Skills”, psixologik holat, malaka, emotsiya, ofitser, qobiliyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники