К содержанию
РецензированоUZ2025

Ayollar jinsiy a’zolarining o’sma kasalliklari .

UZBEKISTAN” JURNALI · Kenjayev Yodgor Mamatqulovich · Berdiyeva Sevinch Abdulloyeva

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 3 · 2025

Аннотация

Jinsiy a’zolar xavfli o’smalarining keng tarqalganligi va ayollar onkologik kasalliklari tizimida yetakchi o’rin egallaganligi bachadon tanasi , bo’ynining fon va rak oldi kasalliklari muoammolarining dolzarbligidan darak beradi . Reproduktiv yoshdagi ayollar onkologik kasalliklari orasida bachadon bo’yni o’sma jarayonlari ulushi 10% dan 15,7% gacha tashkil qiladi Ma’lumki , ayollar onkologik kasalliklari tizimida bachadon bo’yin raki birinchi o’rinlardan birini egallab kelmoqda , u noqulay fonda rivojlanib rak oldi kasalliklarining so’nggi bosqichi bo’lib hisoblanadi . Kalit so’zlari: O’sma , bachadon bo’yni eroziyasi , polip, vaksinasiya , displaziya , atipizm , Shiller sinamasi kolposkopiya rak-cancer, ektropion. Muommoning dolzarbligi: Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlarig a ko’ra , har yili dunyo miqyosida 370 mingdan ziyod ayolda bachadon bo’yni saratoni birinchi bor qayd etiladi , shulardan 190 ming nafari ushbu kasallik oqibatida vafot etadi . Bachadon bo’yni saratoni O’zbekistonda eng ko’p uchraydigan saraton kasalliklari orasida ikkinchi o’rindadir. Kasalliklar orasida xavflilik ko’rsatkichi bo’yicha esa bachadon bo’yni saratoni barcha yoshdagi ayollar o’rtasida ko’krak bezi va oshqozon saratoni xastaliklaridan keyin uchinchi o’rinda va tug’ish yoshidagi ayollar orasida bachadon bo’yni saratonidan o’lim ko’rsatkichi ikkinchi o’rinda turadi . Shunday qilib , papilloma virusi kasalliklarining salmog’I yuqori bo’lib , uning oldini olish uchun samaradorligi yuqori va xavfsiz bo’lgan odam papillomasi virusli vaksinasi bilan emlash orqali bachadon bo’yni saratoni bilan kasallanishning kamayishiga erishish mumkin . Chin o’smalar a’zo va organlarning xususiy to’qimalaridan iborat tuzilmalardir. Shishsimon o’smalar esa biron bir bezlarning secret chiqarish yo’li bekilib qolishi hisobiga suyuqlik to’planib kattalashuvi ular tovuq tuxumidan ayol 18 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 kishi mushtidek o’lchamda bo’ladi. O’smalar morfologik tuzilishi va klinik jixatdan o’tishiga qarab xavfsiz va xavfli o’smaga bo’linadi. Xavfsiz o’smalar qaysi a’zoga yuzaga keladigan bo’lsa o’sha a’zo doirasidan tashqariga chiqmaydi. Xavfli o’smalar quyidagi xususiyatga ega bo’ladi. 1. Taraqqiy etish jarayonida tevarak atrofdagi to’qimalarni o’rab o’sadi, ularni yemirib boradi. 2. Birlamchi o’sma olib tashlangandan keyin retsidiv va metastaz beradi. 3. Bemorning umumiy ahvoliga va modda almashinuvida yomon ta’sir qilib ko’pincha kaxeksiyaga olib keladi. Xavfsiz o’smalar esa shu organning to’qimalaridan tashqariga qo’shni a’zolarga tarqalmaydi, ularning qisqarishi, funksiyasiga ta’sir etish mumkin. Bazi sifatli o’smalar ham bemorni umumiy axvoliga ta’sir qilishi mumkin. Masalan, fibromiomalarda uzoq vaqt qon ketish tufayli anemiyaga olib keladi. Yaxshi sifatli o’smaga o’zgarib yomon sifatli o’smaga aylanishi malignizatsiya deyiladi. O’smaga o’xshaydigan tuzilmalarga retsion kistalar kiradi. Ular biron bir bez sekretini to’xtalib qolishi yoki patalogik produktlarning bo’shliqlarida saqlanib qolishidan hosil bo’ladi. Retension kistalar tevarak atrofga tomon o’sib bormaydi, ichidagi suyuqlik ko’payib borishi hisobidan kattalashadi oyoqchali bo’lishi mumkin. Bunday o’smalarga follikulyar kista, sariq tanacha kistalari paraovariol, intraligamentar kistalar va qindagi Gartner, Folli yo’li kiradi. Bachadon miomasi; deb, mushak to’qimasidan fibrimioma deb, biriktiruvchi to’qimalardan tashkil topgan gormonlarga moyil bo’lgan xavfsiz o’smaga aytiladi. Mioma keng tarqalgan kasallik bo’lib, genikologik bemorlarning 10-27% dan, 30 yoshga yetgan bemorlarning 20% da, 40 yoshdan katta bemorlarning esa 40% da uchraydi. Ayollar organizmda bachadon miomasining kelib chiqishi asosan gormonal o’zgarishlar tufayli ya’ni gipotalamus gipofiz buyrak usti bezi, tuxumdonlar orasidagi munosabatning biron bir qismining shikastlanishi hamda bachadondagi o’zgarishlar natijasida xuxusan miometriyning giperplaziyasi tufayli vujudga kelishi mumkin. Gipofizning gonadatrop gormoni tekshirilganda, hayz sikli davomida organizmga progestron gormoning miqdori kamligi be esa, o’z navbatida, hayz siklining ikkinch davri yetishmovchiligiga olib kelishi aniqlangan. 70-80% hollarda bachadon miomasi bemorlarda patologik hayz sikli mavjudligini ko’rsatadi. 19 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Klinik va ekspremental tadqiqotlarga tayanib ayollar organizmida ro’y beradigan gormonlar o’zgarishi, xususan, estrogen gormonlarning ko’p ishlashi bachadon miomalari paydo bo’lishida muhim rol o’ynaydi, deb taxmin qilinadi. Ayrim hollarda bachadon miomasi hech qanday belgilarsiz kechadi , ayollarda shikoyatlar bo’lmaydi , ammo profilaktika maqsadida ayol tekshirilganda aniqlanadi .60-80% hollarda asosiy belgilardan biri bemorda qon ketishi hisobl

Доказательный фрагмент

«Jinsiy a’zolar xavfli o’smalarining keng tarqalganligi va ayollar onkologik kasalliklari tizimida yetakchi o’rin egallaganligi bachadon tanasi , bo’ynining fon va rak oldi kasalliklari muoammolarining dolzarbligidan d…»

Образец извлечения

Демо-превью

Jinsiy a’zolar xavfli o’smalarining keng tarqalganligi va ayollar onkologik kasalliklari tizimida yetakchi o’rin egallaganligi bachadon tanasi , bo’ynining fon va rak oldi kasalliklari muoammolarining dolzarbligidan d… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ektropion, Shiller sinamasi kolposkopiya rak-cancer, displaziya, polip, bachadon bo’yni eroziyasi, vaksinasiya, O’sma, atipizm
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники