К содержанию
РецензированоUZ2025

Qandli diabetning kelib chiqish va davolash usullari

UZBEKISTAN” JURNALI · Murodova Farida Shuhrat qizi · Kenjayev Yodgor Mamatqulovich

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 3 · 2025

Аннотация

Qandli diabet, qand kasalligi –organizmga insulin tanqisligi va moddalar almashinuvi buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik hisoblanadi. Qand kasalligi sharq xalq tabobat tarixida juda qadimdan ma’lum. Abu Ali ibn Sino bu dardga alohida e’tibor bergan. “suv qanday ichilgan bo’lsa , shu holatda chiqadi” , deb yozadi. Bemorning ko’p suv ichishi boshqa kasalliklarni ham keltirib chiqaradi va bemor juda ozib ketadi. Davolarga to’xtab: “bemorga sovuq mijozli suyuqlik ichir, mevalar ber, yalpiz damlab ichir, ya’ni bemorni ho’lla sovut, deydi. Bu kasallik odam organizmiga issiqlikning oshib ketishi tufayli paydo bo’lishini bildiradi. Qand kasalligi tarixi manbalarga ko’ra, nasliy bo’lishi ham mumkin. Qandli diabetda qonda qand miqdori keskin ko’payib siydik bilan chiqib turadi( tarkibida qand moddasi bo’ladi) tashnalik, og’iz qurishi, ozib ketish,quvvatsizlik, badan qichishishi va boshqalar alomatlar kuzatiladi. Kalit so’zlar: qandli diabet, qandli diabetlarni turlari, insulin, glukoza, giperglikemik, qand miqdori, gepatosit, Muammoning dolzabrligi: o’zbekiston sog’liqni saqlash vazirligi 2019 yili mamlakatda 245 mingdan bemor qandli diabetga chalingani,ularni 2300 nafari bolalar, mingga yaqin o’smirlar ekani ma’lum qilgan. Keying yillarda bemorlar soni necha nafarga yetgani ochiqlanmagan. Qandli diabet- tobora yasharib borayotgan kasallik. Hozir dunyoda yarim milliarddan ortiq kishi ushbu darddan aziyat chekmoqda. Ulardan katta qismi xastalik 2-turiga chalingan. Buyuk Britaniyaning nufuzli The Lancet tibbiy jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijalariga ko’ra, 2021 yilda dunyoda qandli diabet bilan kasallanganlar soni, 2050 yilga borib ularning soni 1,31 milliardga yetadi. Britaniyalik tadqiqotchilarning yozishicha, qandli diabet Yer yuzi aholisining 6,1 foizida uchraydi. Bu esa ushbu kasallikdan nogironlik holatlari ortishiga sabab 23 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 bo’lmoqda. Dunyo miqyosida diabetga chalinganlar soni bo’yicha eng yuqori ko’rsatgich Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlari hissasiga to’g’ri keladi. Kasallik asoratlari: Qandli diabetning asoratlari tez ( o’tkir) yoki vaqt o’tishi bilan (surunkali) rivojlanadigan va ko’plab organ tizimlariga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan muammolarni o’z ichiga oladi. Qandli diabetning asoratlari hayot sifatini serilarli darajada yomonlashishi va uzoq davom etadigan nogironlikka olib kelishi mumkin. Umuman olganda qonddagi qand miqdori yaxshi nazoratda ushlab turiladigan bemorlarda asoratlar juda kam uchraydi va unchalik jiddiy emas. Qandli diabetning boshlanish Yoshi diabet turi jinsi va genetikasi kabi ba’zi xavfli omillari xavfga ta’sir qilishi mumkin. Boshqa sog’liq muammolari chekish, semizlik, yuqori qon bosimi, yuqori xolesterin darajasi va muntazam jismoniy mashqlar etishmasligi kabi diabetning surunkali asoratlarini kuchaytiradi. Kasallikning irsiy yoki hayotda orttirilgan, shuningdek, insulinga bog’liq (diabetning 1 turi) va insulinga bog’liq bo’lmagan (diabetga 2 turi) turi farq qiladi. Diabetning 1 turi ko’pincha o’smirlik yoshiga uchraydi. Bunda bemor organizmida me’da osti bezi hujayralari insulin ishlab chiqara olmaydi va ularni davolashda qand miqdorini pasaytirish maqsadida insulin preparatlari qo’llanadi. Qandli diabetning 2 turida meda osti bezi orolcha hujayralaridan insulin ishlab chiqarish saqlanib qoladi, bunda qon tarkibidagi insulin miqdori me’yorida yoki undan sal yuqoriroq bo’ladi. To’qimalarning insulinga nisbatan sezgirligi keskin pasayishi tufayli to’qimalar tomonidan glyukozani o’zlashtirish hamda foydalanish kamayadi va u qon tarkibiga to’planib qoladi, natijada qondda qand miqdori kamayib, siydik bilan chiqib turadi, bemor juda semirib ketadi. Diabetning bu turi bilan asosan o’rta va keksa yoshdagilar kasallanadilar. Kasallik asta-sekin zimdan rivojlanadi, u boshlanishida og’iz qurishi, chanqash, ozish kabi alomatlari yaqqol bilinmaydi. Bemorni ko’proq holsizlanish, toliqish, tashnalik bezovta qiladi. Qon tarkibidagi glukoza miqdori yuqori bo’lishiga qaramay, diabetning 2 turida qon tarkibidagi atseton moddasining ortishi va uning siydikda paydo bo’lishi juda kam kuzatiladi. Bunday bemorlarda insulin qabul qilmay yashashlari mumkin. Ularning parxez, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish, qand miqdorini kamaytiruvchi dorilar qabul qilish yaxshi naf beradi. Qandli diabet- bir umrlik kasallik uni butun hayot davomida davolash lozim. To’lato’kis davolanmaydigan va qon tarkibidadagi glukoza miqdori uzoq vaqt yuqori saqlanadigan bemorlarda qandli diabetning tomir asoratlari- diabetga hos angiopatiya (makro va mikroangiopatiyalar) namoyon 24 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 bo’ladi. Bu barcha a’zolarning ( teri, muskullar, nerv va hakazo) kapillyarlarni shikastlaydi. Diabetga hos mikroangiopatiyalar b

Доказательный фрагмент

«Qandli diabet, qand kasalligi –organizmga insulin tanqisligi va moddalar almashinuvi buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Qandli diabet, qand kasalligi –organizmga insulin tanqisligi va moddalar almashinuvi buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
giperglikemik, glukoza, qandli diabet, qandli diabetlarni turlari, qand miqdori, insulin, gepatosit
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники