Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JISMONIY TARBIYA DARSLARI JARAYONIDA TALABALARNING JISMONIY RIVOJLANISH KO‘RSATKICHLARI (TAJRIBA BOSHIDAGI NATIJALAR)
UZBEKISTAN” JURNALI · JISMONIY RIVOJLANISH KO‘RSATKICHLARI · (TAJRIBA BOSHIDAGI NATIJALAR) · Ne’matjon Mamadjanov · Tolametov Abdujalil Abdujaparovich · AKBAROV AXMATJON (va malakasini oshirish instituti “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-)
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 3 · 2025
Аннотация
Maqolada talabalarni jismoniy rivojlanish darajasini oshirishda jismoniy tarbiya dasturlarining samaradorligi o‘rganish bo‘yicha pedagogik tajribaning boshlang‘ich bosqichida qayd etilgan natijalar, ularning asosiy statistika xarakteristikalar hamda nazorat va tajriba guruhlari sinaluvchilarining ko‘rsatkichlari statistik xarakteristikalarini solishtirish va ularning muhokamasi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqot natijalari, antropologik ko‘rsatkichlarining tahlili asosida jismoniy tarbiya dasturini ahamiyatligi haqidagi tadqiqot ishlarida yoritilgan. Kalit so‘zlar:: jismoniy rivojlanganlik, antropologik ko‘rsatkich, o‘rtacha arifmetik qiymat, Styudent taqsimoti. Dolzarbligi. Respublikamizda jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash sifatini tubdan oshirish, o‘quv jarayonini zamonaviy talablar va xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etish kabi ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Barcha sohalarda olib borilgan chuqur islohotlar qatorida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda [1, 2]. Respublikamiz aholisining moddiy va ma’naviy hayot darajasi oshib bormoqda, jismoniy tarbiya va sport sohasining moddiy–texnik bazasini mustahkamlash borasidagi sa’y harakatlari amalga oshirilmoqda va yuqori malakali 28 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 pedagog va murabbiy kadrlar mavjud. Ayniqsa, bolalar va ayollar sportini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari asosida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz aholisi uchun, jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug‘ullanishlari uchun yoshi, jinsi, kasbi, tayyorgarlik darajasi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar barcha imkoniyatlar mavjud [3]. Organizmning morfologik va funksional holati, shuningdek, jismoniy rivojlanishi inson salomatligi uchun muhim ob’ektiv ko‘rsatkichlardir. Talabalik yoshida tananing o‘sish va kamolot jarayonlari o‘z nihoyasiga yetadi, bu esa jismoniy rivojlanishning eng yuqori darajasiga muvofiq keladi. Tana uzunligi va vazni insonning umumiy salomatligini, oziq-ovqat ta’minotini, jismoniy faolligini va genetik xususiyatlarini aks ettiradi. Ushbu ko‘rsatkichlar faqat shaxsiy rivojlanishni emas, balki jamiyatdagi salomatlik tendensiyalarni ham aks ettiradi [2, 3, 5]. Talabalar jismoniy tarbiyasining maqsadi jismoniy sog‘lomlikni ta’minlash, jismoniy faollikni oshirish, sportga qiziqishni uyg‘otish va jismoniy tarbiya orqali sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda tana tuzulishining antropometrik ko‘rsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, talabalarning psixologik va emotsional holatini yaxshilash, jamoa bilan ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish va ularning ijtimoiy faolligini oshirishda tana tuzulishida bo‘yi, tana vazni qo‘l oyoq uzunligi, ko‘krak qafas kengligi, juda muhim omillardan sanaladi. Ishning dolzarbligi shundan iborat-ki, talabalarni jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini oshirish dolzarb vazifalardan sanaladi. Tadqiqotning maqsadi. Talabalarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari darajasini oshirishda jismoniy tarbiya dasturlari samaradorligini aniqlash va ularning talabalarning jismoniy holatlariga ta’sirini o‘rganishdan iborat. Tadqiqot vazifalari: – talabalarni jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini oshirish uslublarini o‘rganib chiqish va ilmiy uslubiy adabiyotlarni tahlil etish. – talabalarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini oshiruvchi maxsus mashqlar samaradorligini aniqlash. Tadqiqot usullari. Olib borilgan ilmiy izlanishlarimiz davomida quyidagi tadqiqot usullaridan foydalandik: – Ilmiy-uslubiy adabiyotlar materiallarini umumlashtirish va tahlil etish; – Pedagogik kuzatuv; 29 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 – Pedagogik tajriba; – Matematik-statistik tahlil. Tadqiqot natijalari va uning muhokamasi. Mavjud ilmiy uslubiy adabiyotlar materiallarini va tadqiqod natijalarini tahlili shuni ko‘rsatdi-ki, insonlarning 16-17 yoshda jismoniy kamolotga erishish davri va ijtimoiy kamolot bosqichiga to‘g‘ri keladi, bu davrda inson bolalikdan balog‘atga o‘tadi. Kelajakdagi kasbni tanlash, oliy o‘quv yurtiga yoki ishga kirishga tayyorlanish jarayoni boshlanadi. Ushbu davrni jismoniy, psixologik va intellektual stressning yuqori darajada bo‘lishi bilan belgilash mumkin. Insonning jismoniy o‘sishi, ijtimoiy talablar va yangi mas’uliyatlarning paydo bo‘lishi, uning emotsional holatiga va rivojlanish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, talabalarning organizmi yosh bo‘lganligi sababli o‘sish va rivojlanish jarayonida tana a’zolarini o‘sish suratining bir maromda kechadi. Shu munosabat bilan gavda tuzilishidagi organizmning rivojlanish va jinsiy inndividual farqlanishi ham aniq nomoyon bo‘ladi. Ma’lum vaqt o‘tgani bilan yosh tananing bo‘yi o‘sishi sekinlashadi va uning hajmi eniga qarab o‘sish davomida antropometrik ko‘rsatkichlar ham r
Доказательный фрагмент
«Maqolada talabalarni jismoniy rivojlanish darajasini oshirishda jismoniy tarbiya dasturlarining samaradorligi o‘rganish bo‘yicha pedagogik tajribaning boshlang‘ich bosqichida qayd etilgan natijalar, ularning asosiy st…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada talabalarni jismoniy rivojlanish darajasini oshirishda jismoniy tarbiya dasturlarining samaradorligi o‘rganish bo‘yicha pedagogik tajribaning boshlang‘ich bosqichida qayd etilgan natijalar, ularning asosiy st… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- o‘rtacha arifmetik qiymat, Styudent taqsimoti., antropologik ko‘rsatkich, jismoniy rivojlanganlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024