Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Boshlang‘ich sinf o’quvchilari qobiliyatlarini rivojlantirishda qiziqarli matematikadan foydalanishning maqsad va vazifalari
UZBEKISTAN” JURNALI · Jo`lanov Doniyor Qulmurodovich · Qulmurodova Sevinch Doniyor qizi
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 3 · 2025
Аннотация
В данной статье обсуждается важность использования математики для стимулирования мыслительных навыков учащихся начальной школы. Ключевые слова: математическое образование, математические знания, творческая деятельность, математические способности, технология, ученик, информация, умения, компетенции Annotation This article discusses the importance of interesting mathematics in activating the thinking skills of primary school students. Keywords: mathematical education, mathematical knowledge, creative activity, mathematical abilities, technology, student, information, skills, competence Respublikamizda Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi, yoshlar ta’lim – tarbiyasi uchun qo’shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora – tadbirlarni o’z ichiga olgan beshta tashabbus amaliyotga tatbiq etildi, umumiy o’rta ta’limda qiziqarli masalalar yechish orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarining matematik qobiliyatlarini rivojlantirishga asoslangan davlat ta’lim standartlari hamda fan o’quv dasturlari ishlab chiqildi, ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishning me’yoriy asoslari yaratildi. 388 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 O‘quvchiga bilim berish, har bir dars mazmunini boyitish, qiziqarli mashg‘ulotlarni dars jarayoniga singdirishni talab qiladi. Psixologlarning aniqlashicha bolalar o‘qituvchining oddiy tushuntirishi orqali egallab olgan ma’lumotlarga qaraganda turli xil ruhiy kechinmalar orqali o‘zlari mulohaza yuritib mustaqil bajargan ishlari vositasida o‘zlashtirilgan bilimlarini uzoq esda saqlab qoladilar. Chunki, o‘quvchi mustaqil mashqlarni bajarishda faoliyat ko‘rsatib, ilgari olgan bilimlariga tayangan holda ko‘plab o‘quv materiallarini hayolidan o‘tkazadi. O‘xshash hodisalarni taqqoslaydi. O‘zicha mulohaza yuritib mustaqil hukm chiqaradi. O‘qituvchilarning tayyor holda bergan ma’lumotida esa o‘quvchi fikrlash faoliyati to‘la ishga kirishmasdan to‘g‘ri javobni o‘zlashtirib oladi. O‘xshash hodisalarga duch kelishi bilan o‘qituvchi bergan bilimni amaliyotga taqbiq qilishda qiynalib qoladi. Davlat ta’lim standarti va amaldagi maktab dasturlarida o‘quvchi egallashi lozim bo‘lgan materiallar ancha murakkab bo‘lib, bolalarning bu bilimlarni bosqichma-bosqich egallab olishlarini, kengaytirib va rivojlantirib borishlarini taqozo etadi. Bugungi Davlat ta’lim standarti va ta’lim tizimi o‘qituvchilar oldiga o‘ta mas’uliyatli vazifalar yuklamoqda. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi matematika darslarida o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini faollashtirish jarayonida unga ijodiy yondashishi, mashg‘ulotlarni ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida qurishi, darsning har bir minutidan unumli foydalanishi zarur. Mashg‘ulotlarni shunday tashkil etish kerakki, o‘quvchi har bir dars davomida egallashi lozim bo‘lgan bilimlar hajmini, o‘zida hosil qiladigan ko‘nikma va malakalarni oldindan belgilab olishi lozim. Bu o‘z navbatida o‘quvchining mashg‘ulotlarga aniq maqsad bilan qatnashishini taqozo qiladi. Chunki o‘quvchi darsning oxirida belgilangan maqsadga erishganligini bilish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarur. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining qiziqarli matematika fanini muvaffaqiyatli o’rganishida ta’lim qaysi metodlar va vositalar bilan olib borilishiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Tajribaning ko’rsatishicha amaldagi dasturda va darsliklarda asos qilib olingan g’oyalar, qiziqarli matematikani o’qitish jarayonida o’quvchilarning bilish faolligini uyg’otish asosida emas, balki eskicha, ya’ni o’qituvchining hatto juda faol faoliyatida bo’lsa ham, lekin o’quvchilarning passiv faoliyatida olib boriladigan bo’lsa, o’quvchilar tomonidan keraklicha chuqurlikda o’zlashtirilmasligini ko’rsatmoqda. 389 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Matematik ta’limni jadallashtirishning juda muhim vositalaridan biri turli matematik masalalarni yechish va mashqlarni bajarish jarayonida maktab o’quvchilarining izlanish faoliyatini samarali tashkil etish va boshqarishdan iborat. Matematikani o’qitish jarayonida masalalarni yechishda matematik ta’limning asosiy maqsadlaridan biri- matematika dasturida nazarda tutilgan va matematika darsliklarida aks etgan matematik bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishni amalga oshirish bilan bir qatorda maktab o’quvchilarida ijodiy faollikni eng tabiiy ravishda shakllantirishi mumkinligi ham muhim. Darhaqiqat matematika darslarida qiiziqarli masalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Quyida shunday masalalardan ba’zilarini keltiramiz. 1. Uch qishloq. Bir mamlakatda Rostgo’ylar, yolg’onchilar hamda rostgo’y va yolg’onchilar aralash yashaydigan aralash qishloqlari bor ekan. Mos ravishda birinchi qishloqda faqat rostgo’ylar, ikkinchi qishloqda faqat yolg’onchilar, uchunchi qishloqda esa har ikki toifa ar
Доказательный фрагмент
«В данной статье обсуждается важность использования математики для стимулирования мыслительных навыков учащихся начальной школы.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье обсуждается важность использования математики для стимулирования мыслительных навыков учащихся начальной школы. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mathematical education, mathematical knowledge, creative, o’quvchi, matematik bilim, axborot, texnologiya, matematik qobiliyat, malaka, ko’nikma, matematik ta’lim, ijodiy faoliyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024