Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PEDAGOGIK VOQE’LIKNI TIZIMLI TUSHUNISH G’OYALARINING BO’LAJAK O’QITUVCHILARDA TIZIMLI FIKRLASH KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI · Samatova Shohsanam Xolmuhammad qizi
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada pedagogik voqelikni tizimli tushunish g‘oyalari va ularning bo‘lajak o‘qituvchilarda tizimli fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil etilgan. Tizimli yondashuvning nazariy asoslari, uning pedagogika va tarbiya jarayonidagi o‘rni, shuningdek, ushbu metodologiyaning rivojlanish bosqichlari G‘arbiy Yevropa, rus va o‘zbek pedagogikasi kontekstida ko‘rib chiqilgan. Tizimli yondashuvning metodologik tamoyillari va uning ta’lim jarayonida qo‘llanilish imkoniyatlari ilmiy tahlil asosida yoritilgan. Kalit so‘zlar: pedagogik voqelik, tizimli yondashuv, tizimli fikrlash, pedagogika, metodologiya, tarbiya jarayoni, ta’lim tizimi, innovatsion pedagogika. Pedagogik voqelikni tizimli tushunish g‘oyalarining shakllanishi Ya.A. Komenskiy, D. Lokk, I.F. Gerbart, A. Disterveg kabi G‘arbiy Yevropa olimlarining nomlari bilan bog‘liq. Rus pedagogika fanida tizimli yondashuv g‘oyalarining rivojlanishi K.D. Ushinskiy, N.I. Pirogov, V.G. Belinskiy, P.F. Kapterev, N.F. Bunakov, V.P. Vaxterov va boshqa pedagoglarning ismlari bilan aloqador. Ko‘plab ilmiy tadqiqotlar uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladigan umumiy tizimlar nazariyasi asrlar davomida shakllangan bo‘lib, u Platon, Aristotel, Ch. Darvin, G. Gegel, I. Kant, D.I. Mendeleyev, I. Prigojin, L. Bertalanfi va boshqalarning asarlarida o‘z aksini topgan. V.G. Afanasev, A.N. Averyanov, I.V. Blauberg, V.P. Kuzmin, V.A. Lektorskiy, V.N. Sadovskiy, B.G. Yudin, E.G. Yudin va boshqa mutaxassislarning sa’y-harakatlari bilan tizimli yondashuvning metodologiya bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan, shuningdek, undan turli xil tabiiy va ijtimoiy hodisalarni tahlil qilishda foydalanish mumkinligi isbotlangan. Umumilmiy metodologik qoidalar so‘nggi paytlarda maxsus bilim sohasida - sinergetika yoki o‘z-o‘zini tashkil etish nazariyalarida ishlab chiqilmoqda. Pedagogik obyektlar va jarayonlarni tizimli yondashuv metodologiyasi nuqtayi nazaridan murakkab o‘z-o‘zini tashkil etuvchi tizimlar sifatida ko‘rib chiqish V.I. Andreev, L.Ya. Zorina, N.M. Talanchuk, V.I. Redyuxin va boshqalarning ishlarida o‘z aksini topgan. 53 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Tarbiya jarayonini tashkil etish amaliyotida va uni nazariy umumlashtirishda tizimli yondashuv g‘oyalari A.S. Makarenko, S.T. Shatskiy, V.N. Soroka-Rosinskiy, N.K. Krupskaya, V.A. Suxomlinskiy va ularning izdoshlari amaliy faoliyati hamda nazariy ishlarida rivojlantirilgan. Ijtimoiy va psixologik hodisalarni tahlil qilishda, tarbiya jarayonini tashkil etishda, shaxsning rivojlanishi va shakllanishi jarayonida tizimli yondashuvdan foydalanish g‘oyalari P.P. Blonskiy, L.S. Vigotskiy, M.M. Rubinshteyn, V.P. Ananev, L.I. Bojovich, V.V. Davidov, A.N. Leontev, A.V. Petrovskiy va boshqalarning tadqiqotlarida o‘rganilgan. O'zbekistonda tizimli fikrlash va pedagogikada tizimli yondashuv masalalarida bir qator olimlar ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Masalan, U.H. Axrorova pedagogikada tizimli tahlil metodologiyasi haqida tadqiqotlar olib bormoqda. Shuningdek, B.L. Farberman pedagogik texnologiyaga yangicha yondashuvni taklif etib, uni "pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga solib, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog‘liq ijtimoiy hodisa" deb ta'riflagan. Bundan tashqari, "Ta’limda tizimli yondashuv" mavzusida olib borilgan tadqiqotlar pedagogik jarayonning yaxlitligini ta'minlashda tizimli yondashuvning ahamiyatini ta'kidlaydi. Pedagogik jarayonni tashkil etishga tizimli yondashuvning nazariy muammolarini ko‘rib chiqishda biz V.I. Andreev, Yu.K. Babanskiy, V.P. Bespalko, L.Yu. Gordin, V.V. Guzeev, M.A. Danilov, V.I. Zvyaginskiy, L.Ya. Zorin, B.C. Ilin, V.M. Korotov, V.V. Kumarin, M.I. Maxmutov, B.T. Lixachev, L.I. Mishchenko, P.T. Frolov, V.V. Krayevskiy, N.A. Plotnikov, M.N. Skatkin, V.A. Slastenin, G.N. Filonov, N.D. Xmel va boshqalarning tadqiqotlariga tayanamiz. Ilmiy adabiyotlarda tizimli yondashuv ilmiy bilish metodologiyasining yo‘nalishi sifatida qaraladi, uning asosida obyektni tizim sifatida ko‘rib chiqish yotadi: o‘zaro bog‘liq elementlarning yaxlit majmui (I.V. Blauberg, V.N. Sadovskiy, E.G. Yudin); o‘zaro ta’sir qiluvchi obyektlar majmui (L. Bertalanfi); mohiyat va munosabatlar majmui (Xoll A.D., Feyjin R.I., keyingi Bertalanfi); faoliyatning har qanday turini qamrab oladigan, qonuniyatlar va o‘zaro bog‘liqliklarni aniqlash orqali ulardan yanada samarali foydalanishga yo‘naltirilgan harakatlarni tashkil etish usuli va hokazo. Tizimli yondashuv tizimlarga xos bo‘lgan qonuniy bog‘lanishlarni bilish va amaliy faoliyat jarayonida doimiy hisobga olish va foydalanishni nazarda tutadi. 54 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Tizimlilikning eng umumiy asosi dunyoning moddiy birligi, voqelikka xos bo‘lgan o‘zaro aloqadorlik va harakatning dialektik tamoyillaridir, biroq ular voqelikning turli sohalarida o‘zgaradi va
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada pedagogik voqelikni tizimli tushunish g‘oyalari va ularning bo‘lajak o‘qituvchilarda tizimli fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada pedagogik voqelikni tizimli tushunish g‘oyalari va ularning bo‘lajak o‘qituvchilarda tizimli fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- metodologiya, tarbiya jarayoni, tizimli yondashuv, innovatsion pedagogika., pedagogika, ta’lim tizimi, pedagogik voqelik, tizimli fikrlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024