К содержанию
РецензированоRU2026

OʻZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI PAREMIOLOGIK BIRLIKLAR

Kadirov Maqsudbek Uktamovich · Xorazm Ma'mun Akademiyasi ijtimoiy–gumanitar

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

В данной статье анализируются паремиологические единицы узбекского и английского языков – пословицы, поговорки и фразеологизмы, их структура, семантические аспекты и культурные особенности. Изучается роль пословиц в народном сознании, их лингвистическое построение и проводится сравнительный анализ. В ходе исследования выявляются сходства и различия между узбекскими и английскими пословицами, а также их культурные и исторические корни. Результаты показывают, что одни пословицы отражают общие моральные понятия, в то время как другие связаны с национальными ценностями и историческими событиями. Ключевые слова: паремиология, пословицы, поговорки, фразеологизмы, узбекский язык, английский язык, сравнительное языкознание, культурные различия. Annotation: This article analyzes the paremiological units of Uzbek and English languages - proverbs, sayings, and idioms - their structure, semantic aspects, and cultural characteristics. The role of proverbs in folk consciousness and their linguistic composition are studied, followed by a comparative analysis. The research identifies similarities and differences between Uzbek and English proverbs, as well as their cultural and historical origins. The results indicate that while some proverbs reflect universal moral concepts, others are closely related to national values and historical events. 141 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Keywords: paremiology, proverbs, sayings, idioms, Uzbek language, English language, comparative linguistics, cultural differences. Til – xalq ma’naviyati va madaniyatining aks etishi bo‘lib, u jamiyatning tarixiy taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydi. Har bir til o‘ziga xos frazeologik va paremiologik birliklarga ega bo‘lib, ular xalqning dunyoqarashi, tafakkuri va hayotiy tajribalarini aks ettiradi. Paremiologik birliklar, jumladan, maqollar, matallar va iboralar, xalq donishmandligi, ijtimoiy hayotga bo‘lgan munosabatini ifodalovchi muhim til birliklaridir. Tadqiqotda o‘zbek va ingliz tillaridagi paremiologik birliklar o‘rganilib, ularning tuzilishi, semantik jihatlari va madaniy xususiyatlari tahlil qilinadi. O‘zbek va ingliz maqollari o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlash orqali ularning qaysi jihatlari umumiy ekanligi va milliy xususiyatlarini belgilovchi omillar tadqiq etiladi. Tadqiqotning dolzarbligi shundan iboratki, paremiologik birliklar millatlararo muloqotda, tarjima jarayonlarida va til o‘qitish metodikalarida muhim ahamiyat kasb etadi. Xalq maqollarining mazmunini chuqur tushunish ularning mantiqiy asoslarini, tarixiy ildizlarini hamda madaniy xususiyatlarini ochib berishga yordam beradi. Tadqiqot ana shu jihatlarni qamrab olgan holda o‘zbek va ingliz tillaridagi paremiologik birliklarni qiyosiy tahlil qilishga yo‘naltirilgan [1;78-b]. Adabiyotlar sharhi. O‘zbek va ingliz tillaridagi paremiyologik birliklarni o‘rganish bo‘yicha turli ilmiy manbalarda lingvistik, semantik va madaniy jihatlar ko‘rib chiqilgan. Ushbu mavzu xalq og‘zaki ijodi, tilshunoslik va tarjima nazariyasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, maqollar va matallarning kelib chiqishi, qo‘llanilishi hamda madaniyatlararo farqlari haqida qimmatli ma’lumotlarni taqdim etadi. Birinchi navbatda, O‘zbekistonda maqollar va matallarni o‘rganishga bag‘ishlangan asarlar orasida A. Madvaliyev va M. Jo‘rayevning “O‘zbek maqollari va ularning lingvistik xususiyatlari” (2020) nomli kitobi alohida o‘rin tutadi [3; 34-b]. Ushbu asarda o‘zbek tilidagi maqollar morfologik va semantik jihatdan tahlil qilinib, ularning xalq turmush tarzi va mentaliteti bilan bog‘liqligi yoritilgan. Shuningdek, G. Rahimovning “O‘zbek maqollarining tarjima muammolari” (2018) monografiyasi o‘zbek maqollarining ingliz tiliga tarjima qilinishidagi qiyinchiliklarni ko‘rib chiqadi. Muallif bevosita tarjima qilingan maqollar ko‘pincha o‘z semantik yukini yo‘qotishini ta’kidlab, ekvivalent yoki mos ifodalar topish muhimligini asoslaydi [9; 48-b]. 142 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Ingliz tilidagi paremiyologik birliklar bo‘yicha R. Webster tomonidan yozilgan “English Proverbs and Their Origins” (2015) asari katta ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqot ingliz maqollari va matallari tarixiy rivojlanishi, ularning qo‘llanish doirasi va zamonaviy ingliz tilida ishlatilish xususiyatlarini yoritadi. Muallif maqollarni madaniy kontekst bilan bog‘lab, ularning hayotiy tajribalar orqali shakllanganini tushuntiradi [10;78-b]. Bundan tashqari, Xalqaro maqollar jamiyati (International Proverb Society) tomonidan chop etilgan ilmiy maqolalar to‘plamida ingliz va boshqa tillardagi maqollar qiyosiy tahlil qilingan. Ushbu manbalar ichida Mieder W. “Proverbs: A Handbook” (2004) kitobi maqollarning umumiy xususiyatlarini, ularning lingvistik va sotsiokultural ahamiyatini chuqur o‘rganishga bag‘ishlangan [3;78- b]. Qiyosiy tahlil bo‘yicha yana bir muhim manba – M. Karimovaning “O‘zbek va ingliz maqollari: qiyosiy tahlil” (2021) nomli tadqiqotidir.

Доказательный фрагмент

«В данной статье анализируются паремиологические единицы узбекского и английского языков – пословицы, поговорки и фразеологизмы, их структура, семантические аспекты и культурные особенности.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье анализируются паремиологические единицы узбекского и английского языков – пословицы, поговорки и фразеологизмы, их структура, семантические аспекты и культурные особенности. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
paremiology, proverbs, sayings, idioms, Uzbek language, madaniy tafovutlar., paremiologiya, qiyosiy tilshunoslik, maqollar, matallar, iboralar, ingliz tili, o‘zbek tili
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники