Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH TA’LIM TARBIYA FANIDA O’YINLI TEXNOLOGILARDAN FOYDALANISH
Farsaxonova Dilafruz Rizaxonovna
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada tarbiya fanini o‘qitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarining mazmun- mohiyati, o‘yinli texnologiyalardan, interfaol metodlardan samarali foydalanish metodlari xususida fikr yuritiladi. В данной статье рассматривается сущность современных образовательных технологий в преподавании дисциплины воспитание, методы эффективного использования игровых технологий, интерактивных методов. This article will focus on the content and essence of modern educational technologies in teaching education, methods of effective use of Game technologies, interactive methods. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti istiqbolini belgilash, jahon hamjamiyati mamlakatlari safidan munosib o‘rin egallashga intilish yo‘lidagi keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalarini o‘rganish, mahalliy shart-sharoit, iqtisodiy va intellektual resurslarni inobatga olgan holda, jamiyat hayotining barcha sohalarida tub islohotlarning amalga oshirilayotganligi yangidan yangi yutuqlarga erishishni ta’minlamoqda. So‘nggi yillarda respublikamizning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy hayotida tub o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Respublika rahbariyati boshchiligida mamlakat taraqqiyotining barcha sohalarida chuqur islohotlar amalga oshirildi va bu jarayon davom etmoqda. Jumladan, zamon talabiga va jahon standartlariga javob beradigan yetuk kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim sohasida ham islohotlar olib borilmoqda. Shu asnoda, mustaqillik sharoitida mamlakatimizda buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish maqsadida, yetuk kadrlar tayyorlash ishini jahon andozalari darajasiga chiqarish masalalariga alohida ahamiyat berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining Oliy Majlisga Murojaatnomasida “...intellektual va madaniy salohiyatning qanday noyob boylik ekani, nodir talant egalarini tarbiyalab kamolga yetkazish hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini unutishga haqqimiz yo‘q”1, – deya ta’kidlagan edi. Zero, ta’lim tizimini ilg‘or tajribalar, zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida samarali tashkil etish orqali yoshlarni mustaqil fikrlovchi, tafakkuri keng, zukko, bilimli qilib tarbiyalash imkonoyati kengayadi. Innovatsion ta’lim muhitida boshlang‘ich sinf tarbiya darslarini o‘yinli, muammoli, hamkorlik ta’lim texnologiyalari asosida olib boorish o‘quvchilarning o‘quv motivini shakllantirish, darsga qiziqishini oshirish orqali ularda bilim, ko‘nikma, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishamiz. “Innovatsiya” tushunchasi lotin tilidan olingan bo‘lib (in-ga, novus-yangi), ya’ni tarjimasi “yangilanish”, “o‘zlashtirish”, “qandaydir yangilikni kiritish”, “yangini joriy qilish”, “yangilik kiritish”. O‘z navbatida “yangi” so‘zi ushbu tushunchaning asosiy yadrosini tashkil etadi. 1O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. // Xalq so‘zi. 2017-yil 23-dekabr. 64 Innovatsion ta’lim – ta’lim oluvchida yangi g‘oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o‘zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg‘or g‘oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim. Innovatsion ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta’lim texnologiyalari yoki ta’lim innovatsiyalari deb nomlanadi. Innovatsion texnologiyalar – bu zamonaviy ta’limni rivojlantirish uchun qo‘llaniladigan uslub va vositalar tizimi bo‘lib, o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishga, ular ongida milliy qadriyatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda interaktiv metodlar, raqamli platformalar va multimedia vositalari ta’lim-tarbiya jarayonining ajralmas qismiga aylanmoqda. Innovatsion yondashuvlarning asosiy maqsadi – o‘quv jarayonini o‘quvchilar uchun qiziqarli, mazmunli va samarali qilishdir. Zamonaviy ta’lim taraqqiyotida paydo bo‘layotgan “Innovatsion yondashuv”, “Innovatsion faoliyat”, “Innovatsion pedagogika” tarzidagi tushunchalar ehtiyojlar asosida kelib chiqqan bo‘lib, ularning pirovard maqsadi ta’lim sohasida o‘quv-tarbiya jarayoni natijasini kafolatlaydi-gan o‘zgarish, yangilanishlar kiritishdan iborat. Innovatsion taʻlim texnologiyasi oʻquv jarayonining samaradorligini oshirish va taʻlim faoliyati uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish uchun mavjud usullar va vositalarni yangilash yoki sifat jihatidan yaxshilashni oʻz ichiga olgan oʻquv va taʻlim faoliyatini tashkil etish metodologiyasidir. Boshlang’ich maktabda ta’lim keyingi ta’lim jarayonining asosi hisoblanadi. Agar bola eng oddiy tushunchalarni o'rgansa, yuqori sinflarda unga murakkab mavzular osongina beriladi. Har bir o‘qituvchi o‘quvchilarning bilim olishda yaxshi natijalar ko‘rsatayotganidan manfaatdor. 6-9 yoshli bolalar quruq nazariyani o'rganishga qiziqishmaydi. Shuning uchun, ko'plab o'qituvchilar boshlang'ich maktabda darslarni yorqin va
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada tarbiya fanini o‘qitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarining mazmun- mohiyati, o‘yinli texnologiyalardan, interfaol metodlardan samarali foydalanish metodlari xususida fikr yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada tarbiya fanini o‘qitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarining mazmun- mohiyati, o‘yinli texnologiyalardan, interfaol metodlardan samarali foydalanish metodlari xususida fikr yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- innovatsion lim, zamonaviy lim, zbekiston respublikasi, lim texnologiyalari, boshlang ich, bugungi kunda, yetuk kadrlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025