The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
TIZIMLI FIKRLASH KO’NIKMASI KOMPETENSIYA SIFATIDA
Samatova Shohsanam Xolmuhammad qizi
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Maqolada tizimli fikrlash ko‘nikmasining kompetensiya sifatidagi ahamiyati tahlil etilgan. O‘zbekistonda ta’lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuvni rivojlantirish, o‘qituvchilarning tayanch kompetensiyalarini shakllantirish va baholash masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, tizimli fikrlash kompetensiyasining asosiy xususiyatlari, uning ta’lim jarayonidagi o‘rni va zamonaviy metodologik yondashuvlar bilan bog‘liqligi yoritilgan. Maqolada kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha tadqiqotlar tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: tizimli fikrlash, kompetensiya, tayanch kompetensiyalar, pedagogik kompetensiya, ta’lim sifati, baholash mezonlari, innovatsion ta’lim. O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, barkamol shaxsni tarbiyalashga yo‘naltirilganligidan kelib chiqqan holda, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida o‘qitiladigan umuta’lim fanlari mazmunining izchilligini ta’minlash maqsadida tayanch kompetensiyalar hamda har bir o‘quv fani mazmunidan kelib chiqqanholda xususiy kompetensiyalar belgilab olindi. Zamonaviy o‘qituvchining tayanch kompetensiyalarga egaligini yoki uni ta’limtarbiya jarayoniga qanchalar tadbiq etayotganligini aniqlash bizga dars sifatini va samaradorligini oshirish uchun muximdir. Biz bunda o‘qituvchining oqsayotgan jihatlarini ya’ni o‘rganishimiz natijasida sust bo‘gan tayanch kompetensiyarni aniqla Shu o‘rinda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’limga va uni baholash mezonlari bu – o‘quvchilarda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’limdir. Buni bartaraf etish uchun metodik yordam berishimiz zarurligini bildiradi. O‘qituvchining tayanch kompetensiyalarga egaligini baholash odatta talim muassasi rahbariyati, metodistlariyoki boshqa pedagog tomonidan o‘tkazilishi mumkin. Bu mavzuni ochib berishda bir qancha o‘zbek olimlar izlanishlar olib borishga, hususan “Malaka va kompetesiralarni baholash” Yusupova A.A. va Kamolova S.R. [2], “Pedagogik kompetentlik ta’im jarayoni muhim omili sifatida” Rahimov Zokir ilmiy maqolasi [3], “Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlarini joriy etish – zamonaviy ta’lim paradigmasi sifatida” Vaxobov M.M [4], Usarov Jabbor Eshbekovichning “Tayanch va fanga oid kompetensiyalar asosida ta’lim mazmunini takomillashtirish va o‘quvchilar kompetentligini rivojlantirish (fizika fanini o‘qitish misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasi [5]. Shu o‘rinda kompetensiya va tayanch kompetensiya atamasga to‘xtalib ketsak. Kompetentsiya – bu (lotincha, “erishaman, to‘g‘ri kelaman” ma’nolarini bildiradi) subyektning maqsadni qo‘yish hamda unga erishish uchun tashqi va ichki zaxiralarni samarali amalga oshirishga tayyorgarligi, boshqacha qilib aytganda, bu subyektning muayyan faoliyat obyekti bilan bog‘liq muammolarni muvaffaqiyatli hal etishga doir shaxsiy qobiliyatidir. Kompetentsiya – ma’lum bir sohada samarali ijodiy faoliyat uchun zarurbo‘lgan o‘quvchining avvaldan belgilangan ta’limiy tayyorgarligiga qo‘yiladigan ijtimoiy talablar (me’yorlar)dan ham o‘zib ketishidir [8]. Tayanch kompetensiyalarning dunyo bo‘yicha yagona ro‘yxati yo‘q. 62 Chunki har bir mamlakatning yoki regionning o‘z an’analari, mentaliteti va o‘ziga xos talablari bor. Kompetensiya – bu jamiyatning o‘z fuqarolariga qo‘ygan ijtimoiy buyurtmasi bo‘lib, ularning ro‘yxati ma’lum bir mamlakatdagi yoki regiondagi ijtimoiy muhit bilan belgilanadi. Bunday kelishuvga har doim ham erishib bo‘lmaydi. Masalan Shveytsariyaning va Amerika Qo‘shma Shtatlarining iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti hamda ta’lim statistikasi Milliy institutining “Tayanch kompetensiyalarni tanlash va aniqlash” nomli loyihasida tayanch kompetensiyalarni qat’iy ravishda aniqlab olishning imkoniyati bo‘lmagan. Biz tizimli fikrlashni kompetentsiya deb bilamiz, chunki u kompetensiya belgilariga ega. U muayyan ish vazifalarini qo'yadi va aniq natijalarni nazarda tutadi, ushbu natijalar muayyan faoliyat va xulq-atvor turini hosil qiladi [12]. G.S. Altshullerning ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasida biz tizimli fikrlash tamoyillariga o‘xshash tamoyillar asosida ishlaydigan texnologiyani ko‘ramiz. Biroq, bu texnologiyani bilish foydalanuvchini muvaffaqiyatli ixtirochiga aylantirmaydi, balki TRIZ texnologiyasini amalda qo‘llash orqali o‘zida buning uchun zarur bo‘lgan fazilatlarni rivojlantirishga yordam beradi [1]. Orit Ben-Tsvi Assarafning tadqiqotida o‘quvchilarning tizimli fikrlashni talab qiladigan masalalarni yechish qobiliyatiga ta’sir qiluvchi ikkita omil ajratib ko‘rsatilgan. Birinchi omil - "o‘quvchilarning individual bilish qobiliyatlari," ikkinchisi esa - "bilimlarni integratsiyalashda ishtirok etish darajasi" [14]. Bu shuni anglatadiki, tizimli fikrlash ko‘nikmalari shaxsning individual kognitiv qobiliyatlari bilan cheklanmaydi, balki ularga asoslanadi va maxsus kognitiv hamda kasbiy kompetensiyalar bilan to‘ldirilishi mumkin [
Доказательный фрагмент
«Maqolada tizimli fikrlash ko‘nikmasining kompetensiya sifatidagi ahamiyati tahlil etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada tizimli fikrlash ko‘nikmasining kompetensiya sifatidagi ahamiyati tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- pedagogik kompetensiya, innovatsion ta’lim., baholash mezonlari, ta’lim sifati, kompetensiya, tayanch kompetensiyalar, tizimli fikrlash
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsScientific Project For Humanities Students, Rakhimov Adham Barat Oglu +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsTorayeva Sayyora Sattorovna2020
American Journal Of Social Sciences And Humanity ResearchBakirova Umida Bakhtiyor Kizi2021