К содержанию
РецензированоRU2026

ТЕМА СООБЩЕНИЯ И СООБЩИКА В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ МАЛЫХ ЛИРИЧЕСКИХ ЖАНРОВ

Mardanov Raxim Gaybulla ugli · ЛИРИЧЕСКИХ ЖАНРОВ (Jizzax politexnika institut. O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi) · Марданов Рахим Гайбулла угли (Jizzax politexnika institut. O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi)

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

В данной статье рассматриваются темы вести и вестника в произведениях малых лирических жанров, адресах и рубаи Хазрата Навои. Результаты исследований, проведенных по теме вести и вестника в произведениях малых жанров, представленных в диванах Алишера Навои, вошедших в сборники "Бадоеъ ул-бидоя," "Наводир ун-нихоя" и "Хазойин ул-маоний," показывают, что эта тематика проявляется только в жанре рубаи. Ключевые слова: Хабар, хабарчи, косид, рубаи, жанры, ташбех, гипербола, диван, макатуб, малые жанры. THE THEME OF MESSAGE AND MESSENGER IN WORKS OF SMALL LYRICAL GENRES Mardanov Rakhim Gaybulla son Jizzakh Polytechnic Institute. Teacher of the Uzbek language and literature department Gmail: rahimmardanov42@gmail.com Annotation: This article also addresses the theme of news and messenger in Hazrat Navoi's works in small lyrical genres, particularly in his rubaiyat. The results of research on the topic of news and messenger in the works of Alisher Navoi in the small genre found in the divans included in the collections "Badoye' ul-bidoya," "Navodir un- nihoya," and "Khazoyin ul-maoniy" showed that it is found only in the rubai genre. Keywords: Khabar, khabarchi, qasid, rubai, genres, tashbeh, mubolağa, divan, makatab, small genres. Albatta, Hazrat Navoiy o‘z g‘azallari qatori kichik lirik janrlardagi asarlarida, xususan, ruboiy janrida ham xabar va xabarchi mavzusiga murojaat qilgan. Jumladan, ulug‘ shoirning dastlabki rasmiy devoni “Badoye’ ul-bidoya”ga 7-raqam bilan kiritilgan quyidagi ruboiyda xabar mavzusi qalamga olingan: 69 Nomangki, tirikligimdin uldur matlub, Ochib o‘qug‘och bir necha lafzi marg‘ub, Ko‘p to‘lg‘onib, ashk ichra o‘zumdin bordim, Ul nav’ki, suv ichiga tushgay maktub. Ruboiyni shunday tabdil qilish mumkin: nomang tirikligimdan ko‘ra ko‘proq xoxlangandir, uni ochib bir necha dilga yoqadigan so‘zni o‘qigach, ko‘p to‘lg‘anib, xuddi suv ichiga tushgan maktubday qonli ko‘zyoshi ichida o‘zimdan ketdim. Ko‘rinadiki, ruboiyda ma’shuqasidan orziqib kutilgan javob maktubini olgan oshiqning ruhiy holati badiiy tasvirlangan. Lirik qahramon mashuqasining maktubini o‘z tirikligidan ustun qo‘ygan. Bir qarashda bunday iqror erish tuyulishi mumkin, lekin chuqurroq o‘ylab ko‘rilsa, ilojsizlik ortidan keladigan bexabarlikning o‘zi o‘limdan og‘irroqdir. Shu sabab yordan kelgan xabar oshiq uchun o‘z tirikligidan a’loroqdir. Xatni ochib, undan bir necha dilga xush yoqadigan so‘zlarni o‘qigach, oshiq ko‘p to‘lg‘anib, ko‘zidan og‘gan qonli yoshi ichida hushidan ayrilganini ifodalash uchun o‘zini suvga tushgan maktubday his qilishini bayon qiladi. She’rda shoir mubolag‘a (ashk ichra o‘zumdin bordim) va tashbeh (ul nav’ki, suv ichiga tushgay maktub) badiiy san’atlaridan ustalik bilan foydalangan. Qofiyalanish tartibiga ko‘ra, ruboiyi xosa hisoblanadi, chunki ruboiyning uchinchi misrasi ochiq, qolganlari o‘zaro qofiyadosh (matlub-marg‘ub-maktub) hisoblanadi: a- a-b-a Mazkur devonga 8-raqam bilan kiritilgan quyidagi ruboiyda ham xabar mavzusi bayon qilingan: Nomangkim, erur boisi iqbol-u tarab, Yetkursa tarab meni hazing‘a, ne ajab, Yolg‘uz mendin ketarmadi ranj-u taab, Kim bo‘ldi base xalq hayotig‘a sabab. Mazmuni: maktubing baxtiyorlik va shodlik sababchisi bo‘ldi, bu shodlik meni qayg‘uga yetkazsa, ajabmas. Faqat myendan hargiz xalq hayotiga sabab bo‘lgan ranj va qiyinchilikni ketkazmadi. Ruboiyning lirik qahramoni nafaqat oshiq, balki xalq dardi bilan yongan inson hamdir. U yor maktubini olganidan o‘zini baxtiyor va shodlikka to‘lgan, lekin bu xursandchilik uzoqqa cho‘zilmasligidan xavotirda. Chunki yor maktubi uning o‘z dardini aritgan bo‘lsa-da, yuragini to‘ldirgan xalq ranji va qiyinchiligini ketkazolmadi. Baytda qo‘llangan iqbol-u tarab ‒ ranj-u taab, tarab ‒ hazin so‘zlari vositasida qo‘llangan tazod san’ati uning badiiy qimmatini oshirgan. Qofiyalanishiga diqqat qaratsak, uning har to‘rtala misrasi o‘zaro qofiyadosh: tarab- ajab-taab-sabab. Shunga ko‘ra bu ruboiy taroniyi ruboiy yoki musarra’ sanaladi. “Badoye’ ul-bidoya” devonidagi 26-raqamli ruboiy ham bevosita xabar mavzusida bitilgan: Gul zikrin eshiturmenu, yo‘q guldin asar, Bu bog‘ eshigidin istaram oncha guzar, Kim topmasa gul jamolidin bahra nazar, Bori isidin yetsa dimog‘img‘a xabar, Ruboiyda keltirilishicha, lirik qahramon gul tavsifini ko‘p eshitsa ham, lekin haligacha uni ko‘rishga muyassar bo‘lmaganligidan o‘kinadi. U gul o‘sgan bog‘ eshigidan ichkariga o‘tish(kirish)ni xohlaydi, biroq buning imkoni yo‘q, shu bois oshiq gul jamoliga nazar 70 solishdyek halovatni topmasa ham, dimog‘iga uning hididan xabar yetishidan umidvor. Ushbu ruboiy qofiyalanishiga ko‘ra musarra’ yoki taronayi ruboiy turiga mansub. Chunki uning har bir misrasi asar-guzar-nazar-xabar so‘zlari yordamida o‘zaro qofiyalangan. Shoir ruboiyda gul, bog‘, jamol, is, dimog‘ so‘zlari vositasida tanosib san’atini qo‘llagan. Mazkur devonga 29-raqam bilan kiritilgan ruboiyda ham xabar mavzusi xalqona usulda tasvirlanganki, bunda shoirning xalqona urf-odat va bashoratlardan mukammal darajada

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматриваются темы вести и вестника в произведениях малых лирических жанров, адресах и рубаи Хазрата Навои.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматриваются темы вести и вестника в произведениях малых лирических жанров, адресах и рубаи Хазрата Навои. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Khabar, khabarchi, qasid, rubai, genres, tashbeh, mubolağa, divan, makatab, devon, рубаи, kichik janarlar., ташбех, janrlar, qosid, small genres., ruboiy, косид, макатуб, хабарчи, гипербола, диван, Хабар, mubolag‘a, xabarchi, Xabar, жанры, малые жанры., makatub
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники