К содержанию
РецензированоUZ2026

IJTIMOIY TARMOQLARDAGI MATNLARNI KONSTRUKTIV TUSUHUNISHNING PSIXOLOGIK TAHLILI

PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI · Jabbor Alisher Musirmon o’g’li

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni to’g’ri qabul qilishning psixologik xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarning shaxs psixikasiga ta’siri hamda konstruktiv idrok etishning psixologik o’ziga xosliklari ochib berilgan. Kalit so’zlar: ijtimoiy tarmoq, ma’lumot, qabul qilish, tushunish, psixologik xususiyat. Umuman olganda, jamiyatni axborotlashtirishni zamonaviy axborot–texnika vositalari yordamida ijtimoiy tuzilmalar va jarayonlarni takomillashtirish deb talqin qilish lozim. Axborotlashtirish ijtimoiy intellektuallashuv jarayonlari bilan uyg`un bog`liq bo`lishi kerak. Zotan, bu shaxsning va u yashayotgan axborot muhitining ijodiy salohiyatini oshirishga imkoniyat yaratadi. Shu bois, globallashuv jarayonida shaxs ijtimoiy faolligini oshirishda axborotlashgan jamiyat oldingi jamiyatlardan sifat jihatidan farq qiladi. Bu erda moddiy omillar emas, balki ideal omillar – bilim va axborot birinchi o`rinda turadi. Shuningdek, olingan axborot va bilim olish, ularga ishlov berish, ularni saqlash va berish jarayonida jamiyat a`zolarining aksariyati band bo`ladi. Axborotlashgan jamiyatda axborot ishlab chiqarish moddiy ishlab chiqarishni siqib chiqarmaydi, balki uning ustida quriladi va moddiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga turtki beradi. Tabiiyki, bu jarayon shaxsning ong-shuuriga ta`sir etish barobarida unga o`zining axborotning mazmun-mohiyatiga bo`lgan munosabatni ham o`zgartiradi. Shunday qilib, globallashuv sharoitida yoshlarimizning yot g’oyalarga ergashib ketishi, ularga qing’ir ishlarning jiddiy oqibatlari, javobgarligi va huquqiy asoslari haqida mukammal tushunchalar berish, bu borada targ’ibot ishlarini yanada kengroq olib borishimiz lozim. Buning uchu yoshlarda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish zarur. Shunda turli ma’lumotlarga ko’r-ko’rona ergashish, ular noto’g’ri talqin etishning oldi olinadi. Axborot sohasida axborot xuruji qizg’in avj olgan bir paytda ayni ana shu xurujlar mohiyatini, uning manbalarini, rivojlanish omillarini, ilmiy til bilan aytganda, konfliktogen jihatlarini chuqur o’rganish lozim. Buzg’unchi va hujumkor axborotlar maqsadi, iddaosi, ularning tagida yotgan manfaatlar qanchalik to’g’ri o’rganilsa, ularga shunchalik to’g’ri va ishonchli zarba berish mumkin bo’ladi. Yana shuni aytish lozimki, yoshlarga turli xildagi to’garaklar tashkil qilinsa, shunda ularning bo’sh vaqtlari har qanday yengil yelpi axborotlar qabul qilishga sarflanmaydi. A.E.Voyskunskiyning fikricha, dastlab atrof-muhit zamonaviy inson kundalik turmushida muhim rol o’ynaydi. Kompyuter tarmoqlari inson hayotining tizimli va funksional o’zgarishlariga olib keladi, xususan, psixika sohasida, ya’ni shaxsning bilish jarayonlari, kommunikativ va shaxslararo munosabatlariga ta’sir ko’rsatadi1. 1 Арестова О.Н., Бабанин Л.Н., Войскунский А.Е. Мотивация пользователей //Гуманитарные исследования в Интернете – под ред. А.Е.Войскунского М.: Терра-Можайск. 2000. – С.55-76 41 ` Xaydegger o‘z falsafasiga «Dasiyn» tushunchasini kiritadi. Bu tushuncha inson borlig‘i ma’nosini anglatadi. Borliqning boshqa turlaridan, Xaydegger fikricha, u tubdan farq qiladi. «Dasiyn» tushunchasi insonning moddiy borlig‘ini emas, aksincha, uning ongi borlig‘ini ifodalaydi.2 Xaydegger inson borlig‘ini ta’riflash uchun, «kategoriyalar» tushunchasini ham kiritdi. Buning sababi inson borlig‘ining negizi «ekzistensiya», ya’ni «ichki mohiyat» bo‘lgani uchun bu borliqni narsalari bo‘libgina qolmay, o‘tmishdagi davrni va o‘sha davrdagi egasining ta’sirini ham o‘zida saqlaydi. Hozirga qadar ya’ni kenja avlod germenevtlari nazdida matnga ikki xil yondashish mavjud edi: 1. Gadamer uchun tadqiqotchi matnni tushunishda an’ana va tilni bilsa yetarlidir. Uningcha, tarixiy hodisa bilan bog’liq barcha aktual munosabatlarini uzish uning asl qimmatini aniqlash imkonini beradi. 2. Betti italyan germenevti fikriga ko’ra, tushunish uchun tadqiqotchining subyekti kuchli bo’lishi kerak, shunda subyektning maksimal darajada faollashuvi mumkin bo’ladi. Retsipentning o’zida tarixiy o’tmishni qayta jonlantirishi tushunishga olib keladi. Ya’ni, tadqiqotchi individining kuchi tushunishda muhim ahamiyatga ega deyiladi3. Shu o’rinda misol keltirish mumkinki, Freydning psixoanalitik ta’limoti ham germenevtikadir. R. Tagor asarlaridagi matn ma’nolari ham ko’p qirrali bo’lib, zamon o’zgarsa ham mazmun eskirmaydi. Bu esa ijodning ilohiy hodisa ekanligidan dalolat beradi. Shuning uchun filologik germenevtika ham samaralidir. Germenevtika-ma’no, mazmun, ishoralar, belgilar, xususan, inson nutqidagi so’zlar ostidagi fikrlarni ochish vositalarini izlaydi. Interpretatsiya-matn mazmunini yaxlit holda qabul qilishdan avvalgi holatda kechadi. Tushunish butunning bo’laklarini anglashdan boshlanadi. Matn talqin etishdan avval retsipent uni tushunishi, ham til, ham muayyan ma’no yo’nalishi to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi shart. Ochiq axborot xurujlari vaziyatida shaxsning o’zini o’zi himoya qilishni boshqarishda ayrim jihatlarga

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni to’g’ri qabul qilishning psixologik xususiyatlari tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni to’g’ri qabul qilishning psixologik xususiyatlari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
konstruktiv tushunish, psixologik ta’sir., Ijtimoiy tarmoqlar, axborot savodxonligi, matn
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники