К содержанию
РецензированоUZ2026

JAHON ADABIYOTIDA AMIR TEMUR OBRAZINING OʻRGANILISHI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Orazbaeva Asal (in-academy.uz/index.php/yo) · Yazdiyning “Zafarnoma” (in-academy.uz/index.php/yo) · Fasiq Ahmad Havafiyning “Mujmali Fasiqiy” (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 20 · 2510-2513 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada tariximiz maydonida oʻchmas iz qoldirgan sohibqiron Amir Temur siymosi tasvirlangan asarlar haqida fikr yuritilgan. Tadqiqot obyekti sifatida rus yozuvchi S.Borodinning “Samarqand osmonida yulduzlar” trilogiyasi va ingliz yozuvchisi K.Morloning “Buyuk Temur” tragediyasi olingan. Kalit soʻzlar: timsol, tahlil, trilogiya, tragediya, afsonaviy qahramon, epizod. Tariximiz sahnasida mustahkam oʻrin ilgan siymolardan biri Amir Temur hayoti haqidagi asarlarning oʻzi anchagina. Bu an’ana sohibqiron tirikligidayoq boshlangan boʻlib, Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma”, Hofiz Abruning “Zubdat at Tavorix”, Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Fasiq Ahmad Havafiyning “Mujmali Fasiqiy”, Abdurazzoq Samarqandiyning “Matla’ as Sa’diy” Ibn Arabshohning “Ajoyib almaqdur” kabi asarlarini atab oʻtish joiz. Rus yozuvchisi S.Borodinning “Samarqand osmonida yulduzlar” trilogiyasi ham Temur siymosini aks ettirgan nasriy asarlar sirasiga kiradi. “Samarqand osmonida yulduzlar” asari uch kitobdan; 1.”Oqsoq Temur” 2. “Safar gulxanlari” 3. “Yildirim Boyazid” romanlaridan iborat. Biz asosan asarning uchinchi “Yildirim Boyazid” kitobi asosida soʻz yuritamiz. “Yildirim Boyazid” romanining annotatsiyasida quyidagilarni oʻqiymiz: “Yildirim Boyazid” romani “Samarqand osmonida yulduzlar” epopeyasining uchinchi kitobidir. Bunda yozuvchi S.Borodin Temurning Sharqiy Turkiya va Suriyaga qilgan yurishini, Halab, Damashq shaharlarini qarshilik koʻrsatgan shahar va qal’alarini yer bilan yakson qilib, xalqlarni talaganini, ularni qilichdan oʻtkazganligini, boʻysundirilgan xalqlarning istilochilarga qarshi kurashini haqqoniy ravishda koʻrsatadi”. [1] Roman voqealarini va asar markazida turgan Temur timsolini tahlil qilish orqali “haqqoniyat”ni anglaymiz. “Samarqand osmonida yulduzlar”da Temur mohir lashkarboshi, harbiy taktika va strategiyaning yangi-yangi turlarini oʻylab topuvchi va qoʻllovchi sifatida namoyon boʻladi. Demak, adib Temurning lashkarboshilik qobiliyatini tan oladi. Masalan: - Boyazidning askarlari koʻpligidan qoʻrqdingizmi? Ajabo, men aqlim bilan emas, askarlarim koʻp boʻlgani uchungina zafar qozonarmidim? Eng kuchli dushmanlar bilan jang qilib gʻalaba qilgan sizlar emasmidingiz? Qani oʻsha mardligingiz, matonatingiz? Axir dushmandan oldin hujum qilmoq uchun biz haftalab uxlamas edik-ku! Shu bilan biz yengardik… Odam oʻz kuchiga ishonmasa har vaqt halokatga uchraydi. Agar oxirgi soatgacha lashkar oʻz kuchiga ishonsa, oxirgi soatda zafar qozonadi, - degan Temurning faqat haqiqiy lashkarboshilargagina xos nutqi fikrimiz dalilidir. “Yildirim Boyazid” romanining markazida Temur bilan yonma-yon yana bir timsoli yaratildi. Bu Turk hukmronligi tarixida qaysar nomi bilan atalgan Sulton Yildirim Boyazid timsolidir. Asarda tasvirlangan voqea-hodisalardan yozuvchining xuddi shu timsolga nisbatan qandaydir xayrixohlik ya’ni simpatiya bilan munosabat bildirganligini ilgʻaysiz. 89 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Masalan:”Temur Sivasni buzib tashlagan yili Sulton Boyazid koʻp shaharlarda imorat qurdirdi, deb yozuvchi Boyazid bunyod qildirgan bir necha imoratlarni sanab oʻtadi. Ingliz adabiyotiga ilk bor Amir Temur obrazini olib kirgan shaxs “University wits” (Universitet donolari)ga mansub Kristafor Marlo “Tamburlaine the great” (Buyuk Temur) tragediyasi orqali “Ingliz teatrining otasi” (father of English theatre) degan sharafli nomga sazovor bo’lib, ingliz dramaturgiyasida “dahshatli (qudratli) fojea” (powerful tragedy) janriga ham asos soldi. Uning bosh qahramoni Tamburlaine inglizlarda qirollar saroyidagi yuksak lavozim egasiga nisbatan aytilgan “Chamberlain” so‘zining talaffuz etilishiga qulay shakli ham bo’lishi mumkin degan qarashlar mavjud. Ikki qismdan iborat ushbu tragediyani Salohiddin Toshkandiyning “Temurnoma” qissasi bilan qiyosiy o’rgangan adabiyotshunos Olimjon Dadaboyevning qo‘yidagi qarashlari ahamiyatli: K.Marlo Amir Temurni afsonaviy qahramon tarzida tasvirlab, uni baland bo‘yli, tik qomatli deb tasvirlaydi: uning yelkalari keng bo‘lib, go’yo butun dunyoni ko’tarib tura oladiganday. Uning uzun qo‘llari va kuchli mushaklari uning qudratidan darak berib, ko‘zlari esa o‘tkir va sehrli. Bularning hammasi uning qudratidan va dunyo hukmdori bo’lishidan darak beradi. Ushbu asardagi Temurning uch yuz kishilik askari bilan mingdan ortiq qo‘shinga “dars” berib qo‘yishi va dushmanni qochishga majbur qilish epizodi o‘zbek yozuvchilaridan Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat” teralogiyasi hamda tarixchi adiblar Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Ali Yazdiy asarlaridagi tarixiy qaydlar bilan mushtarak [2]. Ingliz adabiyotida yozilgan ushbu Temur haqidagi K.Marloning ilk asari bosh qahramonining Amir Temur shaxsidan va dramadagi sarguzasht voqeliklarning turkiy manbalar orasida eng ishonchli deb tan olingan N.Shomiyning “Zafarnoma”, “Temur Tuzuklari”, G’iyosiddin Alining “Hindistonga yurish kundaligi” kabi tarixiy asarlardan farqli jihatlari ham ahamiyatlidir. Bu asarlarning Evropa tillariga, jumlada

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada tariximiz maydonida oʻchmas iz qoldirgan sohibqiron Amir Temur siymosi tasvirlangan asarlar haqida fikr yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada tariximiz maydonida oʻchmas iz qoldirgan sohibqiron Amir Temur siymosi tasvirlangan asarlar haqida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
timsol, tragediya, afsonaviy qahramon, trilogiya, tahlil, epizod.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники