Журнал вестник врача3 Бахриева, М Абдухамитова +12022
GEОDEZIYА VА KАRTОGRАFIYАDА ZАMОNАVIY TАDQIQОTLАR
(PhD),. Gulistоn. О’zbekistоn. · Gulistоn. О’zbekistоn.
Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
This thesis discusses the methodology of teaching the Information Systems Security section. It covers key teaching methods, tools, and ways to enhance the efficiency of the educational process. The methodology aims to prepare highly qualified specialists in the field of cybersecurity. Kalit so‘zlar: axborot, maxfiy axborot Axborot xavfsizligi, axborotni muhofaza qilish, kiberxavfsizlik, xavfsizlik, axborot xavfsizligiga tahdid. Ключевые слова: Информация, Конфиденциальная информация, Информационная безопасность, Защита информации, Кибербезопасность, Безопасность, Угроза информационной безопасности. Keywords: Information, Confidential information, Information security, Information protection, Cybersecurity, Security, Information security threat. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasi qanchalik rivoj topgani sari, uning afzalligi va qulayliklaridan foydalanish bilan bir qatorda, butun mamlakatimizda axborot xavfsizligini ta’minlash eng dolzarb masalaga aylanib bormoqda, Ushbu soha albatta rivojlanishi kerak va buni qilamiz... Sh.M.Mirziyoyev Zamonaviy axborot texnologiyalarining taraqqiyoti sanoat rivojlanishi, kompyuter jinoyatchiligi, konfedensial ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish, o‘zgartirish, yo‘qotish kabi salbiy hodisalar bilan birgalikda kuzatilmoqda. Shuning uchun axborotni muhofaza qilish har qanday mamlakatda muhim davlat vazifasi hisoblanadi. O‘zbekistonda axborotni muhofaza qilishning zaruriyati axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi yaratilishida va axborot xavfsizligining huquqiy bazasini rivojlantirishda o‘z ifodasini topmoqda. «Axborotlashtirish to‘g‘risida», «Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida», «Elektron hisoblash mashinalari dasturlari va ma’lumotlar bazalarini huquqiy himoya qilish to‘g‘risida» va boshqa qonunlar hamda bir qator hukumat qarorlari qabul qilindi va amalga tatbiq etildi. Axborotni muhofaza qilish axborotni ixtiyoriy ko‘rinishda yo‘qotishda (o‘g‘irlash, buzish, qalbakilashtirish) ko‘riladigan zararning oldini olishni ta’minlashi lozim. Axborotni muhofaza qilish choralari axborot xavfsizligiga oid amaldagi qonun va me‘yoriy hujjatlar asosida va axborotdan 23 foydalanuvchilarning manfaatlariga ko‘ra tashkil etilishi zarur. Yuqori darajada axborotni muhofaza qilishni kafolatlash uchun muntazam ravishda murakkab ilmiy-texnik vazifalarni hal etish va himoya vositalarini takomillashtirish talab etiladi. Axborot – manbalari va taqdim etilish shaklidan qat‘iy nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; axborotni muhofaza etish – axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish choratadbirlari; Maxfiy axborot – O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish cheklangan, davlat sirlariga mansub axborot mavjud bo‗lmagan hujjatlashtirilgan axborot. Axborot xavfsizligi – tasodifiy va atayin qilingan hujumlardan himoyalanish. Axborot xavfsizligi ko‘p qirrali faoliyat sohasi bo‘lib, unga faqat tizimli va kompleks yondashuv muvaffaqiyat keltirishi mumkin. Axborot xavfsizligi – ko‘p qirrali faoliyat sohasi bo‘lib, unga faqat tizimli, kompleks yondashuv muvaffaqiyat keltirishi mumkin. Ushbu muammoni hal etishda huquqiy, ma’muriy, protsedurali va dasturiy-texnik choralarni qo‘llaniladi. Bugungi kunda axborot xavfsizligini ta’minlaydigan uchta asosiy tamoyil mavjud: Ma’lumotlar butunligi – axborotni yo‘qotilishiga olib keluvchi buzilishlardan, shuningdek ma’lumotlarni mualliflik huquqi bo‘lmagan holda hosil qilish yoki yo‘q qilishdan himoya qilish; Axborotning konfedensialligi - axborot va uning tashuvchisining holatini belgilaydi va unda axborot bilan ruxsatsiz tanishishning yoki uni ruxsatsiz hujjatlashtirishning (nusxa ko‘chirishning) oldini olish ta’minlangan bo‘ladi; Foydalanish huquqlariga (mualliflikka) ega barcha foydalanuvchilar axborotdan foydalana olishliklari. Axborot xavfsizligi tizimi davlatning axborot sohasidagi siyosatini mamlakatda milliy xavfsizlikni ta’minlash davlat siyosati bilan chambarchas bog‘laydi. Bunda axborot xavfsizligi tizimi davlat siyosatining asosiy tashkil etuvchilarini yaxlit bir butunlikka biriktiradi. Bu esa axborot xavfsizligining roli va uning mamlakat milliy xavfsizligi tizimidagi mavqeini belgilaydi. Axborot sohasidagi O‘zbekistonning milliy manfaatlarini, ularga erishishning strategik yo‘nalishlarini va ularni amalga oshirish tizimlarini o‘zida aks ettiruvchi maqsadlar yaxlitligi davlat axborot siyosatini anglatadi. Shu bilan birga davlat axborot siyosati mamlakatning tashqi va ichki siyosatining asosiy tashkil etuvchisi hisoblanadi hamda jamiyatning barcha jabhalarini qamrab oladi. Axborotni muhofaza qilish – axborot xavfsizligining (ma’lumotlarning butunligi, foydalana olish va zarur bo‗lganda, ma’lumotlarni kiritish, saqlash, qayta ishlash va uzatishda foydalaniluvchi axborot va uning zaxiralari konfedensialligi) muhim jihatlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlar majmuidir. Kiberjinoyat - 1960 yildan buyon kompyuter
Доказательный фрагмент
«This thesis discusses the methodology of teaching the Information Systems Security section.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis discusses the methodology of teaching the Information Systems Security section. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Information, Confidential information, Information security, Information, axborotni muhofaza qilish, xavfsizlik, axborot, kiberxavfsizlik, axborot xavfsizligiga tahdid., maxfiy axborot Axborot xavfsizligi
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026