Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BXSR VA AFG’ONISTON O’RTASIDAGI SAVDO-SOTIQ ALOQALARI XUSUSIDA
Ahmadov Ahmadjon Asror o’g’li
Современная наука и исследования · 2 · 1918
Аннотация
This article scientifically analyzes trade relations with neighboring Afghanistan during the last years of the Bukhara Emirate and the Bukhara People's Soviet Republic. Keywords: Afghanistan, Bukhara, trade, diplomatic relations, market, border, product, karakul, textile goods, trade turnover. О ТОРГОВЫХ ОТНОШЕНИЯХ МЕЖДУ РЕСПУБЛИКОЙ КОРЕЯ И АФГАНИСТАНОМ Аннотация. В статье научно анализируются торговые отношения с соседним Афганистаном в последние годы существования Бухарского эмирата и Бухарской Народной Советской Республики. Ключевые слова: Афганистан, Бухара, торговля, дипломатические отношения, рынок, граница, товар, каракуль, текстильные изделия, товарооборот. Buxoro amirligining tugatilishi yillarida ham qo’shni davlat Afg’oniston savdo-sotiq aloqalari to’xtab qolmagan. BXSR hukumati yillarida ham bu jarayon davom etib savdo-sotiq aloqalari almashinib turganligini ko’rishimiz mumkin. Tarixiy adabiyotlardagi ma’lumotlarga qaraganda 1918-yilda Buxoro amirligi omborlarida million pud paxta, 1 mln dona qorako‘lteri, 200 ming pud jun, 80 ming dona oshlangan qo‘y terisi, 80 ming pud quruq mevalar, yana turli- tuman mahsulotlardan 300 ming pudi yig‘ilib qolgan bo‘lib, ularni tashqi bozorga olib chiqib sota olmayotgandi. Afg‘oniston bilan yaqin aloqalar o‘rnatish orqali Buxoro amiri bu mahsulotlarni jahon bozoriga olib chiqib sotmoqchi edi[1]. 1920-yilning ikkinchi yarmida Afg‘oniston chegaralari bo‘ylab 663.000 pud g‘alla, 12.234 pud gurunch, 63 pud choy, 17.798 pud go‘sht, 108.014 pud beda, 103 dyuj. Ip, 141 arshin manifaktura, 230 pud jut (tola beradigan o‘simlik) va boshqa mahsulotlar xarid qilingan[2]. 380 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 1922-yil kuzida faqat Janubiy O‘zbekiston BXSRning janubiy viloyatlaridan 120 tuya yuk Afg‘onistonga o‘tkazilgan. BXSR ichki ishlar nozirligining axborotiga ko‘ra savdo-sotiq ishlarini keng yo‘lga qo‘yish va Afg‘onistonga Buxoro tovarlarini yetkazib berish maqsadida Sherobod-Termiz-Darband-Yurchi yo‘nalishlarida 220 ta, Qarshi-G‘uzor-60 ta, G‘uzor- Darband-60 ta, Sherobod-Darband-60 ta, Sherabod-Termiz-Beshkent-40 ta, Qarshi-Termiz-40 ta, ja’mi: 480 ta yuk ko‘taradigan tuya zarurligi ko‘rsatilgan[3]. O‘rta Osiyo bozorlaridan qo‘shni Sharq mamlakatlariga 1914-yilgacha olib chiqilgan asosiy tovalarning 80 foizi to‘qimachilik mahsulotlari hisobiga to‘g‘ri keladi. Afg‘onistonga chiqarilgan tovarlarning umumiy bahosi 5 mln 946 ming rubl bo‘lsa, shundan 5 mln 137 ming rublni to‘qimachilik mahsulotlari tashkil etgan. Biroq 1923-1925-yillarda Afg‘onistonga 116.800 rubllik tovar olib chiqilgan bo‘lsa, 9 000 ming rubl, ya’ni 7 foiz to‘qimachilik mahsulotlarini tashkil etgan[4]. Chet eldan BXSRga keltirilgan tovarlar taqsimoti ham okruglardagi aholi soniga qarab taqsimlanib, Zarafshonga – 40 foiz, Sharqiy Buxoroga -20 foiz, Qashqadaryoga -17 foiz, Turkman okrugiga -12 foiz, Surxondaryoga -11 foiz miqdorida bo‘lingan[5]. 1914-yilga nisbatan 1920-yillarda savdo aylanmasining keskin tushib ketganligi bunga sabab sifatida litsenziyasiz savdo qilish muammosining hal etilmaganligi, to‘qimachilik tovarlariga 2 foiz litsenziya to‘lovi mavjudligi, bu tovarlar Afg‘oniston bozorlarida qimmatlashganligi kabilar bunga sabab bo‘lgan. Bundan tashqari to‘qimachilik tovarlari afg‘on bozorlariga xususiy savdogarlar orqali yetkazilganligi, davlat tashkilotlarining bunda ulushi kamligi hisobga olinsa, 2 foiz litsenziya to‘lovi mahsulotlar narxini haqiqatdan ko‘tarib yuborganligiga sabab bo‘ldi. O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining 1924-yil oxirlaridagi qaroriga ko‘ra ayrim tovarlarga litsenziya tartibi bekor qilindi. Lekin, ayrim tovarlar shakar, non va un, neft va metal mahsulotlari litsenziya tartibida amalga oshirilgan. Afg‘onistondan SSSR ga paxta va paxta mahsulotlari, kunjut va zig‘ir urug‘lari, quruq mevalar, turli yong‘oqlar, bo‘yoqlar, ba’zi qishloq xo‘jalik mahsulotlari litsenziyasiz o‘tkazilishiga ruxsat berilgan[6]. Markaziy Osiyo mintaqasida ya’ni yagona makonda joylashgan Afg‘oniston va Buxoro amirligi o‘rtasidagi savdo-sotiq aloqalari muttasil davom etib turgan. Lekin, bu savdo aloqalarining turli davrlarda turlicha bo‘lganligini, bu siyosiy munosabatlar bilan ham bog‘liqligini ko‘rish mumkin. Ba’zi vaqtlarda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarning chigallashib ketganligini ko‘rsak, ba’zi hollarda bu jihatlar do‘stona tus olganligini kuzatiladi. Aslida bu jihatlar mamlakat tepasiga kelgan hukumdorlarning siyosati bilan ham bevosida bog‘liq bo‘lgan. 381 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3 1900-1913-yillarda Buxoro amirligi orqali Afg‘onistonga nafis movut, surp, qalin surp, ipak matolar, oltin va kumushdan to‘qilgan jiyak, ip, zar kalava, temir va mis simlar, charm, qog‘oz, chinni idishlar pichoqlar, qand, bronza, simob, qizil va turli rangli bo‘yoqlar, choy, mis, oq va sariq mum, lampa shishalari, baxmal, chit, paxta va ipak iplari, quyma cho‘yan, quyma po‘lat, qalayi quymasi, mis quymasi, gugurt, kerosin, sham va shamdonlar, golanteriya mahs
Доказательный фрагмент
«This article scientifically analyzes trade relations with neighboring Afghanistan during the last years of the Bukhara Emirate and the Bukhara People's Soviet Republic.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article scientifically analyzes trade relations with neighboring Afghanistan during the last years of the Bukhara Emirate and the Bukhara People's Soviet Republic. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Afghanistan, Bukhara, trade, diplomatic relations, market, border, product, Buxoro, to’qimachilik tovarlari, Afg’oniston, bozor, mahsulot, diplomatik aloqa, qorako’lteri, chegara, savdo aylanmasi., savdo-sotiq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026