К содержанию
РецензированоUZ2025

JADIDCHILIK VA JADIDLARNING ILM-MA’RIFAT YO’LIDAGI HARAKATLARI

Akbaraliyev Jamshidbek

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article discusses the content, essence of the Jadidism movement and its role in raising the spirituality of the people, as well as the activities, scientific and educational views and fate of the representatives of the Jadidism movement. The article presents well-founded ideas and considerations. Keywords: science and enlightenment, the content of the Jadidism movement, Jadidism movement, enlightenment. ДЖАДИДИЗМ И УСИЛИЯ ДЖАДИДОВ НА ПУТИ ЗНАНИЯ И ПРОСВЕЩЕНИЯ Аннотация. В статье рассматриваются содержание, сущность движения джадидов и его роль в повышении духовности народа, а также деятельность, научно- просветительские взгляды и судьба представителей движения джадидов. В статье представлены обоснованные мнения и соображения. Ключевые слова: наука и просвещение, содержание джадидского движения, джадидское движение, просвещение. Avvalo, shuni ta’kidlash joizki, ma’rifatparvarlik maf-kurasi, bir tomondan, kapitalistik munosabatlarning O’rta Osiyoga kirib kelishi natijasida yuz bera boshlagan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy o’zgarishlarni o’zida aks ettirsa, ikkinchi tomondan, uni rivojlantirdi, ma’naviy mazmunini boyitib bordi. Uning oldida turgan vazifa feodal qoloqlikdan chiqish, o’lkaning ilg’or taraqqiyoti uchun choralar topishdan ibo-rat bo’lsa-da, hayot taqozosi bilan qo’yilgan masalalar va ularni hal qilish choralari turli bosqichda turlicha bo’l-ganligini bilib olish mumkin: 1 96 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1. Ma’rifatparvarlikning ilk namoyandalari: Ahmad Do-nish (1827-1897) (Buxoro xonligini Rossiya bilan taqqos-laydi). Berdimurod Berdax (1827-1900) (Xiva xonligi ha-qida yozadi), Sattorxon (1830-1902) (Turkiston haqida yo-zadi), Furqat (1858-1909) (ma’rifatparvarlikka doir she’rlar bitadi). 2. Ma’rifatparvarlik harakatining demokratik namoyandalari: Muqimiy (1850-1903), Zavqiy (1853-1921), Anbar Otin (1870-1914), Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929) lardir. 3. Jadidchilik harakati namoyandalari: Mahmudxo’ja Behbudiy (1875-1919), Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1931), Abdulla Avloniy (1878-1934), Abdurauf Fitrat (1884-1938) va boshqalar. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkistonda chor mus-tamlakachiligining ildiz otishi natijasida Markaziy Osiyoning ko’p joylarida jadidchilik harakati yuzaga keldi. Bu harakat mavjud jamiyatning ijtimoiy-madaniy asos-larini qayta qurishga qaratilganligi sababli eski tuzum tarafdorlarining kuchli qarshiligiga duch keldi. Ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy islohotlar yo’li bilan xalq va jamiyat hayotini yaxshilashga, madaniy yuksaklikka olib chiqishga qaratilgan dasturlarni bajarishga kirishildi. Jadidchilik jamiyatni to’ntarish yo’li bilan emas, islo-hotlar yo’li bilan rivojlantirishni o’zining asosiy vazifasi deb belgiladi. Jadidlar Turkiston hududida uzoq davr mobaynida yuz bergan ijtimoiy-madaniy inqirozga barham berishga harakat qilganlar. Shu maqsadda san’at, din, matbuot, maorif, adabiyot sohalarida islohot o’tkazish g’oyalarini ilgari surganlar. Ular axloq-odob, e’tiqod, adliya, sog’liqni saqlash muammolarini qayta ko’rib chiqish, ijtimoiy-ma’naviy hayotning barcha sohalarini shakllantirishni maqsad qilib olgan edilar. Istilo qilingandan so’ng ta’lim-tarbiya sohasidagi tanazzul yanada chuqurlashdi. Endilikda Turkistondagi maktab va madrasalar maxsus yollangan ba’zi bir ayg’oqchilar tomonidan taftish qilinib, ularning faoliyati noto’g’ri talqin etilar, ta’hm maskanlarida turli bid’atlar rasm qihnardi. Vaqf mulklarini qisqartirish yo’li bilan bir qancha madrasalar yopib qo’yildi. Umuman, chor hukumati ma’muriyati o’lkadagi eski maktab va madrasalarga nisbatan turli xil kurash usullarini qo’llay boshladi. 1890-yildan boshlab idoraviy yo’l bilan nazorat qilib turish uchun maxsus inspektor (muboshir) lavozimi joriy etildi. 1896- yildan boshlab maktab va madrasalar shahar va uyezd hokimlari orqali nazorat qilinadigan bo’ldi. Ta’kidlanganidek, bu davrda Turkiston maktab va madrasalaridagi tarbiyaviy ishlarni general gubernatorlik boshqarardi. Mustamlakachilar 1875-yildan boshlab eski usuldagi musulmon 1 97 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ maktablari qatorida awal o’z bolalarini o’qitish uchun Turkiston o’lka-sida ibtidoiy va o’rta maktablarni joriy qilishga kirishdilar. Toshkentning ilg’or kishilari o’lkada tub o’zgarish qihshning bosh yo’li maorifni isloh qilish, deb bildilar. Shu boisdan ular maktablar ocha boshladilar, unda dunyoviy ilmlar va ras tili o’rgatila boshlandi. 1884-yil 19-dekabrda o’z qarashlari bilan tanilgan Toshkent savdogari Saidazim-boyning uyida mahalliy xalq vakillari uchun rus-tuzem maktabi ochildi. Oradan bir yarim yil o’tgach, rus-tuzem maktablari rasmiy tarzda ma’qullandi va 1886-yili yana shunday 14 ta maktab ochildi. Har bir rus-tuzem maktabiga «Faxriy mutavalli» tayin-langan bo’lib, u maktab joylashgan shahar va qishloqda yashaydigan boy

Доказательный фрагмент

«This article discusses the content, essence of the Jadidism movement and its role in raising the spirituality of the people, as well as the activities, scientific and educational views and fate of the representatives…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the content, essence of the Jadidism movement and its role in raising the spirituality of the people, as well as the activities, scientific and educational views and fate of the representatives… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
science and enlightenment, the content of the Jadidism movement, Jadidism, jadidchilik harakatining mazmuni, jadidchilik oqimi, ma\rifatparvarlik., ilm-ma’rifat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники