К содержанию
РецензированоUZ2025

TERMIN VA TERMINOLOGIYA: NAZARIY ASOSLAR VA YONDASHUVLAR

Mahmudova Marjona Nosir qizi

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article explores the theoretical foundations of the concepts of terms and terminology, as well as the methods of their study. It analyzes the emergence of the term “termin” and its interpretation in scientific literature. Additionally, various scholars’ views, approaches, and theoretical perspectives on terms are examined. The formation, development, and role of terms in different branches of science are discussed. The research findings contribute to the scientific improvement of term creation and standardization processes. Keywords: Term, terminology, nomenclature, standardization, terminography, denotation, emotional and expressive features, commonly used words. ТЕРМИН И ТЕРМИНОЛОГИЯ: ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ И ПОДХОДЫ. Аннотация. В данной статье рассматриваются теоретические основы понятий термина и терминологии, а также методы их изучения. Анализируется возникновение термина «термин» и процесс его интерпретации в научной литературе. Кроме того, рассматриваются мнения различных ученых о терминах, их подходы и теоретические взгляды. Обсуждаются формирование, развитие терминов и их роль в различных отраслях науки. Результаты исследования способствуют научному совершенствованию процессов создания и стандартизации терминов. 1 71 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ключевые слова: Термин, терминология, номенклатура, стандартизация, терминоведение, денотация, эмоциональность и экспрессивность, общеупотребительные слова. Har bir til shu tilga mansub xalqning moddiy va ma’naviy dunyosini butun borligʻicha oʻzida aks ettiruvchi yorqin koʻzgu boʻlib, insonning mehnat va ijtimoiy faoliyati bilan uzviy bogʻliqdir. Shu bois, jamiyatda sodir boʻlayotgan har qanday voqelik yoki oʻzgarish birinchi navbatda, tilda oʻzini namoyon etadi. Tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot davomida tilning lugʻat tarkibi tadrijiy ravishda doimiy rivojlanib, boyib boradi. Bu boyish jamiyat rivojlanishi natijasida paydo boʻlgan yangi tushunchalarni ifodalovchi yangi soʻzlar, nomlarning vujudga kelishi hisobiga sodir boʻladi. Yangi soʻzlarning asosiy qismini terminlar tashkil qiladi. Fan va texnika taraqqiyoti yangi terminlarni vujudga keltiradi, ayni zamonda, terminlar fan va texnika taraqqiyotiga zamin yaratadi. Zotan, terminologik jihatdan ilmiy ishlanmagan fan yoki ishlab chiqarish sohasi kutilganidek rivojlana olmaydi. Termin lotincha “terminus” soʻzidan olingan boʻlib, chegara, chegara belgisi, chek ma’nolarini anglatadi. Fan, texnika va boshqa sohaga oid narsa haqidagi tushunchani aniq ifodalaydigan, ishlatish doirasi shu sohalar bilan chegaralangan soʻz yoki soʻz birikmasi termin deb ataladi. Terminlar umumiste’moldagi soʻzlardan farqlanadi. Masalan, lingvistik terminlar: gap, ega, ot, son, tovush; geometriyaga oid terminlar: aylana, uchburchak; fizikaga oid terminlar: jism, bosim, harakat, maydon; kimyoga oid terminlar: suv, kumush, ishqor, tuzlar va boshqalar. Terminologiya – ilmiy yoki texnik tildagi atamalar tizimi. Axmanova (1966) terminologiyaga “leksikaning maxsus sektorini (maxsus qatlamini) tashkil etuvchi, ishlab chiqarishning ma’lum bir sohasi, faoliyat sohasi yoki ilmiy sohaga oid atamalar yigʻindisi” deb ta’riflaydi. Bu oʻziga xoslik tufayli ongli ravishda leksika tartibga solinishi, atamalar maxsus turdagi belgilar turini ifodalashi mumkin, chunki ular tarixiy jihatdan asta-sekin oʻsib bormagan va ularning ma’nolari kundalik bilimlarga oʻxshamaydi, lekin ta’rif bilan belgilanadi. Terminshunoslikni ilmiy fan sifatida paydo boʻlishi taxminan oʻtgan asrning yigirmanchi asrlariga borib taqaladi. Avvaliga olimlar terminshunoslikni leksikologiyaning bir qismi sifatida tan olishgan. Mazkur fanni avstriyalik olim O.Vyuster 1931-yilda oʻzining doktorlik dissertatsini texnik tildagi leksik birliklarga bagʻishlaganidan soʻng alohida fan sifatida tan olingan. 1 72 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ U birinchi terminshunoslik maktabiga asos solgan boʻlib, undan soʻng ishni shogirdi H.Felber davom ettirgan. H.Felber dunyodagi birinchi terminologiya boʻyicha xalqaro oʻquv qoʻllanma – “Terminology Manual”ning muallifidir. Oʻzbek tili leksikasida atama soʻzi va termin soʻzi yonma-yon tarzda foydalaniladi.Baʼzi oʻrinlarda esa istiloh soʻzi ham ularga sinonim tarzda qoʻllaniladi. Lekin bu tushunchalar bir- biridan farq qiladi. “Atama” soʻzini Abdurauf Fitrat 1927-yilda nashr etilgan “ Nahf ” kitobida birinchi boʻlib qoʻllagan boʻlsa-da, bu soʻz XX asrning 90-yillariga kelibgina keng ishlatila boshlandi. Ilmiy adabiyotlarga asosan termin soʻzi qoʻllanishda boʻldi. A.Hojiyevning “Lingvistik terminlarning izohli lugʻati”da terminga shunday ta’rif beriladi:” Termin – lotincha terminus – chek, chegara, chegara belgisi degan ma’noni anglatib, fan-texnika va boshqa sohalarga oid narsa haqidagi tushunchani aniq ifodalaydigan ishlatish doirasi shu sohalar

Доказательный фрагмент

«This article explores the theoretical foundations of the concepts of terms and terminology, as well as the methods of their study.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the theoretical foundations of the concepts of terms and terminology, as well as the methods of their study. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Term, terminology, nomenclature, standardization, terminography, denotation, atama, denotatsiya, terminologiya, emotsional va ekspressivlik, terminshunoslik, standartlashtirish, umumisteʼmoldagi soʻz., Termin
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники